Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va qo‘shimcha kelishuvlar loyihalariga qo‘yiladigan talablar


Download 1.49 Mb.
bet23/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

4-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va qo‘shimcha kelishuvlar loyihalariga qo‘yiladigan talablar
12. Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim.
13. Shartnomalar va import kontraktlari loyihalari quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
Muqaddima. Kirish qismi shartnoma va import kontraktining tuzilgan joyi va sanasi, yuridik shaxslarning to‘liq nomlanishi, shartnoma va import kontraktini tuzuvchi shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismini o‘z ichiga oladi. Agarda shaxs shartnoma va import kontraktini ishonchnoma asosida tuzayotgan bo‘lsa, bu muqaddimada ko‘rsatiladi.
Predmet. Ushbu bo‘limda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nomi, texnik tavsiflari, miqdori va sifati hamda butlanganligi ko‘rsatiladi.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) miqdori metrik o‘lchov tizimida qabul qilingan xalqaro birliklarda ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan o‘lchov va og‘irliklar tizimi miqdorlarini belgilash tartibiga muvofiq o‘lchov birliklarida belgilashga yo‘l qo‘yiladi.
Tovarning sifat tavsifi foydalanishga yaroqliligini aks ettiruvchi xususiyatlar yig‘indisidan iborat. Shuningdek, import kontraktlari loyihalarida tovarning TIF TN kodini ham ko‘rsatib o‘tish zarur.
Tovarga qo‘yiladigan talablar. Qoidaga ko‘ra, tovar yangi va ishlatilmagan bo‘lishi lozim.
14. Quyidagilar tovar sifatini belgilashning asosiy metodlari hisoblanadi:
standart bo‘yicha — barcha tomonidan qabul qilingan xalqaro standartlar, O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi davlat standartlari;
spetsifikatsiya bo‘yicha — texnik parametrlarni ko‘rsatish;
asosiy moddalarning mavjudligi bo‘yicha — minimum ko‘rsatkich, aralashmalar bo‘yicha — maksimum ko‘rsatkich;
tovarning o‘ziga tegishli xossalar bo‘yicha — shakl, model, marka, nav, tur.
Mashinalar, uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma, import kontrakti loyihalarida ularning yangiligiga, chiqarilgan yiliga nisbatan talab ko‘rsatiladi.
15. Mahsulot yetkazib berishning bazis shartlari xalqaro INKOTERMS qoidalariga muvofiq belgilanadi.
INKOTERMS qoidalaridan foydalanganda qisqartma nom bilan bir qatorda yetkazib berish joyi (temir yo‘l stansiyasi, port, aeroport va hokazolarning nomlari) ko‘rsatiladi.
16. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish muddati yoki sanasi.
Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish muddati yoki sanasi deganda ijrochi tomonidan o‘z majburiyatlarini tovar yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishning shartnoma va import kontraktlari loyihalarida ko‘rsatilgan bazis yetkazib berish shartlarga muvofiq bajarish sanasi tushuniladi.
17. Narx va umumiy summa. Shartnoma va import kontrakti loyihalarida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxini belgilashda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) o‘lchov birligi, narx bazisi, qayd etish usuli, bir dona tovar narxi hamda shartnoma va import kontrakti loyihasining umumiy summasi ko‘rsatiladi.
Qayd etish usuliga ko‘ra narx qat’iy (o‘zgarmas, bozor konyunkturasiga bog‘liq bo‘lmagan), sirg‘aluvchan (tomonlarning kelishuviga binoan o‘zgartiriladigan), o‘zgaruvchan (bozor konyunkturasiga, inflatsiya darajasiga bog‘liq) bo‘lishi mumkin.
Shartnoma va import kontrakti loyihasining umumiy summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) to‘liq qiymatini anglatadi.
Hadli shartnoma va import kontraktini tuzish va tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) aniq qiymatini belgilashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, shartnoma va import kontrakti loyihasining taxminiy cheklangan summasi ko‘rsatiladi.
Etkazib beruvchilar tomonidan montaj va/yoki ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilishi, xodimlarni o‘qitish va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, royalti to‘lash nazarda tutilgan uskunalar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar, mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha shartnoma va import kontraktlari loyihalarida (spetsifikatsiyada) royalti summasi, shuningdek, bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning summasi alohida-alohida ko‘rsatiladi.
18. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narx parametrlarini belgilashda quyidagilar hisobga olinadi:
yuk ortish va qadoqlashning alohida shart-sharoitlari, buyurtma miqdori, litsenziya yig‘imlari, bitimni sug‘urtalash, intellektual mulk bilan bog‘liq sarf-xarajatlar;
tovarlar haqini to‘lash shartlari va muddatlari, ularni tayyorlash (uzoq vaqt tayyorlanadigan tovarlar, standart tovarlar), ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishning xususiyatlari, yetkazib berish shartlari, qo‘shimcha shartlar va yetkazib beruvchilardan (sotuvchilar, ijrochilar va pudratchilardan) talab qilinadigan kafolatlar, mavsumiy o‘zgarishlarning ta’siridan kelib chiqib, narxlarning o‘zgaruvchanligi;
kafolat muddatidan keyingi xizmat va servis xizmati ko‘rsatish, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, uzel va agregatlarning bir-birini almashtira olishini e’tiborga olganda narx parametrlarining maqbulligi;
ishlab chiqariladigan mahsulotning unumdorligi, sifati, raqobatdoshligidan, xarid qilinayotgan tovarning energiya resurs tejamkorligi, ekologik sofligidan, umumiy egalik qilish qiymati hamda narx belgilashga ta’sir o‘tkazuvchi boshqa omillardan kelib chiqib, qiymatlarning xilma-xilligi.
19. To‘lov shartlari. Shartnoma va import kontrakti loyihalaridagi to‘lov shartlarida to‘lov valyutasi, shakli va muddati ko‘rsatiladi.
Agarda to‘lov valyutasi import kontrakti loyihasi valyutasidan farq qilsa, u holda valyuta kursini qayta hisoblash tartibi ko‘rsatiladi.
20. Tovar ishlab chiqarilgan, ishlar bajariladigan va xizmatlar ko‘rsatiladigan joy. Shartnoma va import kontrakti loyihasida tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hamda yetkazib berilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ishlab chiqaruvchisi nomi ko‘rsatiladi.
21. Tomonlarning javobgarligi. Tomonlar o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishini ta’minlaydigan shartlar sifatida import kontrakti loyihasida, qoida tariqasida, bir tomonning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun penya va/yoki jarima tarzidagi sanksiyalar nazarda tutiladi. Aybdor tomonga zarar ko‘rgan tomonning talabi bo‘yicha unga neustoyka to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Jarima sanksiyalarini to‘lash tomonlarni shartnomaviy majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
22. Kafolatlar. Muvofiqlik sertifikatini olish lozim bo‘lgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha import kontrakti loyihalarida import kontraktining ijrochisi tomonidan beriladigan kafolat muddatlari, hajmlari belgilanadi. Ijrochi zimmasiga muayyan kafolat muddati davomida tovar (ishlar, xizmatlar) sifati bo‘yicha javobgarlik yuklanadi va tegishli ravishda ijrochi tomonidan o‘zining kafolat majburiyatlarini amalga oshirish tartibi belgilanadi.
Shartnoma va import kontrakti loyihasi shartlariga binoan ijrochining kafolat majburiyati amal qila boshlaydigan vaqt belgilab qo‘yiladi.
23. Qo‘llaniladigan huquq. Tomonlar o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi huquqni belgilashi va ko‘rsatishi shart.
24. Nizolarni hal etish. Import kontrakti loyihasida tomonlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va muzokaralar yo‘li bilan bartaraf etib bo‘lmaydigan nizolarni hal etish tartibi belgilanadi. Bunda ushbu import kontrakti bo‘yicha nizolar ko‘rib chiqiladigan joy va organ ko‘rsatib o‘tiladi.
25. Tomonlarning rekvizitlari. Shartnoma va import kontrakti loyihasining matnida tomonlarning rekvizitlari keltiriladi. Pochta rekvizitlari, manzil, bank va yuk ortib jo‘natish rekvizitlari ko‘rsatiladi.
26. Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv sahifalariga buyurtmachining vakolatli shaxslari tomonidan viza qo‘yiladi (tasdiqlanadi).
27. Shartnoma, import kontrakti loyihasining matni davlat tili yoki rus tilida bayon etiladi. Agarda import kontrakti loyihasining matni boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa, import kontrakti loyihasi davlat tili yoki rus tiliga tarjima qilinishi hamda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishi lozim. Shartnoma, import kontrakti loyihasi ikki tilda tuzilgan hollarda, shartnoma va import kontrakti loyihasi sahifalarining o‘ng va chap tomonlarida parallel tarjima holida rasmiylashtiriladi va har bir tildagi matn bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Bunda shartnoma, import kontrakti loyihasi matnida farq yuzaga kelgan hollarda qaysi matn ustuvor bo‘lishi lozimligi nazarda tutiladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling