Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha berilgan xulosalar reyestri


Download 1.49 Mb.
bet27/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

8-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha berilgan xulosalar reyestri
52. Markaz shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha berilgan xulosalar reyestrini yuritadi.
53. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha berilgan xulosalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatiladi:
buyurtmachining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli;
shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha berilgan xulosa sanasi va raqami;
xulosa berilayotgan shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuvning detallari, tovarning nomlanishi, shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv loyihasining qiymati, mahsulot yetkazib beruvchining nomi va mamlakati;
shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha xulosaning amal qilishi to‘xtatilganligiga asos va uning sanasi;
shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha xulosa bekor qilinganligiga asos va uning sanasi;
shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha xulosa dublikati berilishiga asos va uning sanasi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Davlat buyurtmachisi xulosa berishning rad etilishi, shuningdek, Markaz mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan Markaz ta’sischisi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga shikoyat qilishga haqli.
55. Shartnomalar, import kontraktlari va qo‘shimcha kelishuv loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish sohasidagi nizolar, davlat buyurtmachisi va Markaz (shartnomalar, import kontraktlari va qo‘shimcha kelishuv loyihalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi taraflari) o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
Nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal etishning iloji bo‘lmasa, davlat buyurtmachisi yoki Markaz sudga murojaat qilishi mumkin.
56. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling