Inxonova a moddalarni tozalash usullari: fil’trlash, qayta kristallash, sublimatlanish, haydash usullari bilan tanishish
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-laboratoriya ishi
Qayta kristallash usuli moddalarning eruvchanligini temperatura o‘zgarishiga
bog‘liqligiga asoslangan. Agar moddaning eruvchanligi temperatura pasayishi bilan keskin kamaysa (KNO 3 , K 2 Cr 2 O 7 ), unda qayta kristallash konsentrlangan issiq eritmalarning sovitilishi bilan o‘tkaziladi. Temperatura o‘zgarishi bilan eruvchanlikning kam o‘zgarishi holatida (NaCl), eritma holida bug‘lantiriladi, so‘ngra sovitiladi. Ajratilayotgan kristallarda boshlang‘ich moddaga ko‘ra qo‘shimchalar kamroq bo‘ladi, chunki eritma sovitilganda asosiy moddaga to‘yingan bo‘lib, qo‘shimcha moddalarga to‘yinmagan bo‘ladi. Temperaturaning sekin pasaytirilishi natijasida katta kristallar hosil bo‘ladi. Ularning o‘sishi, boshqa moddalarning aralashmalari bo‘lgan eritmaning oz-oz miqdorini «qo‘shib olish» bilan boradi. Tez sovitilganda qo‘shimchalardan holi bo‘lgan mayda kristallar hosil bo‘ladi. Qayta kristallash usuli bilan moddalarni tozalash uchun hisoblash misollarini ko‘rib chiqamiz. Misol. Agar qayta kristallash 80 0 S va 20 0 S oralig‘ida olib borilsa, 50 gramm tuz olish uchun necha gramm kaliy nitrat olish kerak? Yeng kam miqdordagi tuzning yo‘qotishi uchun unga qancha hajmdagi suv kerak bo‘ladi? Yechish. Yeruvchanlik jadvalidan 80 0 S va 20 0 S dagi kaliy nitratning eruvchanlik qiymatlarini topamiz. U mos holda 168,8 va 31,6 grammga teng. Shunday qilib eritmani 80 0 S va 20 0 S gacha sovitilganda 100 gramm suvdagi 168,8 g kaliy nitratdan 168,8-31,6 q 137,2 (g) tuz ajraladi. 50 gramm tuzni olish uchun zarur bo‘lgan kaliy nitratning massasini quyidagi proporsiyadan topamiz: x ;
(g) To‘yingan eritma hosil bo‘lishi uchun tortib olingan tuz miqdorini eritish uchun zarur bo‘lgan suvning hajmini quyidagi proporsiyadan topamiz. x ;
(ml). Shunday qilib, 50 gramm toza kaliy nitrat olish uchun 62 gramm tuz va 36 ml suv kerak ekan
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling