3-tajriba. Suvni haydash (distillash).
Kerakli jixozlar: vyurts kolbas, sovutgich, allonj, termometr, konussimon kolba, soat
oynasi, asbest to’r, spirt lampasi, shtativ.
Kerakli reaktivlar: vodoprovod suvi, mis kuporosi.
Suyuqliklarni haydash uch turga bo‘linadi: normal bosimda, kamaytirilgan bosimda va
suv bug‘i bilan haydash.
Qizdirilganda hech
qanday o‘zgarishlarga uchramaydigan moddalar
yoki
tozalanayotganda yuqori qaynash temperaturasiga ega bo‘lmagan suyuqliklarni haydash uchun
normal bosimda haydash usullaridan foydalaniladi
rasmda ko‘rsatilgan suvni haydash asbobini yig‘ing.
qismiga vodoprovod suvidan quying va mis kuporosi eritmasidan oz miqdorda qo‘shing.
Tozalanayotgan suyuqlikning bir tekis qaynashi uchun kolbaga bir tomoni kavsharlangan shisha
kapilyarlaridan bir nechtasini soling. Kolbani lapka yordamida shtativga o‘rnating, kolbaning
tagiga asbestlangan setkali dumaloq tutqichni mahkamlang. Boshqa shtativga sovitgichni
o‘rnating. Kolbaning o‘tkazuvchi trubkasini sovitgichning ichiga 4-5 sm ga (probkani ham
hisoblaganda) mahkam holda birlashtiring. Sovitgichni suv bilan to‘ldiring. Kolbani termometr
tiqilgan probka bilan shunday yopingki, termometrning simobli sharchasi kolbaning o‘tkazuvchi
trubkasidan pastroqda bo‘lsin. Asbob yig‘ilgandan so‘ng termometr to‘g‘ri turganligini va
probkalar to‘g‘ri tanlanganligini tekshirib ko‘ring. Shundan so‘ng distillat uchun yig‘uvchi
kolbani qo‘ying va eritmani qaynaguncha qizdiring. 5-10 ml suvni haydab oling. Uning xossalari
bilan tanishing. Buning uchun soat shishasiga olingan distillangan suvning bir necha tomchisini
tomizing va gorelka bilan bug‘lating. Boshqa idishda shunday tajribani boshlang‘ich suyuqlik
bilan o‘tkazing.
Bug‘latish natijalarini solishtiring. Xulosa chiqaring
Do'stlaringiz bilan baham: |