1-tajriba. Kaliy dixromatni qayta kristallash
Kerakli jixozlar: texno-kimyoviy tarozi, termometr, o’lchov silindri, voronka, issiq filtr,
stakanlar, probirkalar, shisha tayoqcha, spirt lampasi, Byuxner voronkasi, quritish shkafi,
Byunzen kolbasi, shtativ.
Kerakli reaktivlar: K
2
Cr
2
O
7
, distillangan suv, HCl, Ba(NO
3
)
2
.
Kaliy dixromat K
2
Cr
2
O
7
ko‘pincha kaliy sulfat aralashmasini tutadi, uni qayta kristallash
orqali tozalash mumkin. Texnik kimyoviy tarozida 9 gramm kaliy dixromat tortib oling va
kimyoviy stakanga soling. 80
0
S da to‘yinadigan eritma hosil qilish uchun qo‘shiladigan suv
hajmini hisoblab toping. O‘lchov silindri bilan suvni o‘lchab oling va uni tortib olingan tuz
solingan stakanga quying. Tayyorlangan stakandagi eritmani shisha tayyoqcha yordamida
aralashtirgan holda qaynaguncha qizdiring.
Agar hosil bo‘lgan eritmada erimay qolgan qo‘shimchalar bo‘lsa, unda eritmani issiq
holda filtrlash voronkasidan foydalanib filtrlash kerak. (4-rasm). Issiq eritmali stakanni sovuq
suv solingan idishda sovuting. Sovutilgan eritmaning temperaturasini o‘lchang. Hosil bo‘lgan
kristallarni Byuxner voronkasida filtrlab oling (5-rasm), filtr qog‘oz bilan quriting va
100
0
Sgacha qizdirilgan quritish shkafiga 30-40 daqiqaga qo‘ying. Sovutilgandan so‘ng hosil
bo‘lgan dixromatni torting. Unumini nazariyga nisbatan foizda hisoblang.
Tozalangan tuz va eritmasida ulardagi kaliy sulfatni bor yoki yo‘qligini tekshiring.
Bunda hosil bo‘lgan eritmalarga SO
2-
ioniga mos reaktivdan tashqari 1-2 tomchi xlorid kislota
qo‘shing. (Xlorid kislota bariy sulfat bilan birga bariy xromat cho‘kmaga tushmasligi uchun
solinadi).
Qayta kristallash usuli bilan kaliy dixromatning tozalik darajasi haqida xulosa chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |