Moddalarni tozalash usullari
Qayta kristallash usuli
Laboratoriya ishlari uchun qo‘llaniladigan moddalar yetarli darajada toza bo‘lishi kerak.
Chunki ayrim moddalarning asl xossalari ular qo‘shimchalardan, ifloslardan tozalanganda
namoyon bo‘ladi. Moddaning tozalik darajasini uning tarkibi va xossalaridan kelib chiqib
aniqlash mumkin.
Xar qanday toza modda ayrim fizik xossalarga, rang suyuqlanish temperaturasi, qaynash
temperaturasi zichlik va b. ega. Shuning uchun moddaning tozaligini uning xossalarini o‘rganib
aniqlash mumkin. Moddaning tozaligini baholashda eng mos keladigan xossalari ularni
miqdoriy baholash mumkinligidir. Tekshirilayotgan modda uchun olingan qiymat jadvaldagi
qiymatlar bilan solishtiriladi. Ko‘pincha amaliyotda suyuqlanish temperaturasi, qaynash
temperaturasi va zichlik aniqlanadi. Ko‘p xollarda qo‘shimchalar suyuqlanish temperaturasini
pasaytiradi va u suyuqlanishning boshidan oxirigacha o‘zgarmas bo‘lmaydi.
Aralashmalar bo‘lganda suyuqliklarning qaynash temperaturasi ortadi va qaynaganda
o‘zgarmas bo‘lib qolmaydi. Qo‘shimchalar bo‘lganda moddaning zichligi ham toza xolatidagiga
nisbatan farq qiladi.
Moddalarni aralashmalardan tozalashda turli usulllardan foydalaniladi. Bu usullarning
tanlanishi moddalarning xossalari va ishlatilish soxalaridan kelib chiqiladi.
Qattiq moddalarni tozalash usullaridan ko‘p ishlatiladiganlari - bu kristall xoldagi
moddani mos xoldagi erituvchida eritib, eritmadan ayni moddaning kristallarini olishdir.
Noorganik moddalar uchun erituvchi sifatida ko‘pincha suv ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: