Inyeksiyalar uchun dori vositalari
Enteral usul – dori moddalari oshqozon-ichak yo’li orqali yuboriladi. 2
Download 147.58 Kb.
|
dori
1. Enteral usul – dori moddalari oshqozon-ichak yo’li orqali yuboriladi.
2. Parenteral usul– dori moddalari oshqozon-ichakdan tashqari yo’llar orqali yuboriladi. Enteral yuborish usulida dori moddalari til ostiga, og’izga, o’n ikki barmoq ichakka, to’g’ri ichakka yuboriladi. Dori moddalari til ostiga yuborilishi sublingval yo’l deyiladi. Bu usul kichik yoshdagi bolalarni davolashda umuman qo’llanmaydi. Dori modda til ostiga qo’yilganda og’iz bo’shlig’ida fermentlar faoliyati sust bo’lganligi uchun dori moddalari deyarli parchalanmaydi, til ostidagi doriga me’da-ichak fermentlari ta’sir qilmaydi, jigarda o’zgarishlarga duch kelmaydi, qo’yilgan joyida so’rilib umumiy ta’sir ko’rsatadi. Bu yo’l orqali ayrim dorilar asosan nitroglitserin, metiltestosteron, pregnin kabilar qo’yiladi, ular qonga tez so’riladi (til ostida qon tomirlar juda ko’p), ta’siri tez boshlanadi. Og’iz orqali yuborish – peroral yo’l. Bu yo’l keng tarqalgan, qulay, oson va tabiiydir, bemor dori moddalarini yordamchisiz qabul qila oladi. O’n ikki barmoq ichak orqali yuborish usuli: ichakda dori moddalarining yuqori kontsentratsiyasining xosil qilish maqsadida moddalar o’n ikki barmoq ichakka zond orqali yuboriladi. To’gri ichak orqali yuborish usuli: dori moddalarini og’iz orqali yuborish mumkin bo’lmaganda, ruxiy bemorlarni davolashda, bemor bexush yotganda, qizilo’ngach yoki oshqozonda o’zgarishlar bo’lganda, oshqozon-ichak fermentlarini ta’sirida parchalanadigan dorilar ishlatilganda ushbu usul qo’llaniladi. Parenteral yuborish usuli. Nafas yo’llari orqali ingalyastion (ingalacion – nafas olish) yuborish usuli.Teri orqali yuborish usulda asosan dori moddalarning reflektor va qisman mahalliy ta’sir etishi ko’zda tutiladi, bu yo’l bilan malxamlar, pasta, linimentlar, shuningdek spirtli yoki suvli eritmalar, aralashmalar va bolalarga sepma dorilari qo’llaniladi. Shilliq qavatlar orqali yuborish usulda dori moddalarining burun, xalqum, ko’z, buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga ta’sir etishi uchun qo’llanadi. Seroz qavatlar orqali yuborish usuli qorin bo’shlig’i a’zolari jaroxatlanganda va o’pkaning ba’zi kasalliklarida dori yuborish uchun qo’llanadi. Seroz qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli so’ruvchi xususiyatga ega, plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq so’riladi. Teri ostiga yuborish yo’li bilan dori moddalarining asosan suvli eritmalari yuboriladi. Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek dori moddalarining suspenziyalari ham yuboriladi. Venalar ichiga yuborish usulida moddalar bevosita qon oqimiga tushadi, bunda qon bilan o’zaro aralashganda cho’kma xosil qilmaydigan, qonni ivitmaydigan yoki gemoliz xosil qilmaydigan dori moddalari eritmasi qo’llanadi. Dorini venaga asta-sekin yuborish kerak, aks xolda qonda ularni kontsentratsiyasi birdan oshib ketib, organizmga zaxarlovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Dorining ta’siri juda tez, ko’pincha in’ektsiya vaqtidayoq boshlanadi, ta’sir muddati teri ostiga va mushak orasiga yuborilgandan ko’ra kamroq bo’ladi. Dori moddalar to’gridan-to’gri yurakka, bo’gimlarga, suyaklarga yuboriladi. Moddalar elektr toki bilan, ionoforez orqali yuborilishi mumkin. Parenteral usullar juda ko’p , lekin dorilar parenteral yo’l bilan yuboriladi deganda ularni asosan teri ostiga, mushaklar orasiga va venalarga yuborilishi ko’zda tutiladi, chunki boshqa yuborish yo’llari nisbatan kam qo’llanadi. Download 147.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling