Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet102/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

RUS MUSIQA TARIXI
MA’RUZA№1 XIX asr yarmidagi rus musiqa madaniyati

1. XIX asr yarmida Rossiyadagi siyosiy-ijtimoiy holat


2. Teatr musiqasi.
3. Evropa va rus romantizmi orasidagi farqlilik.
4. Rus romanslari lirikasining yuksalishi.
5. A.A. Alyabev hayoti va ijodi.
6. A.E. Varlamov hayoti va ijodi.
7. A.L. Gurilev hayoti va ijodi.


1- masalaning asosiy bayoni:
1. XIX asr yarmida Rossiyadagi siyosiy-ijtimoiy holat. XIX asr rus musiqa madaniyati tarixida har tomonlama “gullab-yashnash” va rivojlanish davri bo’ldi. Bu davr mobaynida rus xalqinig daho kompozitorlari M.I Glinka, A.S.Dargomo’jskiy, A.P.Borodin, M.P.Musorgskiy, N.A Rimskiy–Korsakov, M.A Balakirev, P.I.Chaykovskiy kabilar o’zlarinig jahon tarixida o’z o’rnini tutgan musiqali san’at durdona asarlarini yaratishdi. Rus klassika musiqa madaniyatining keyingi rivojlanish davrida A.K.Glazunov, A.K. Lyadov, S.I. Taneev, A.N Skryabin, S.V.Raxmaninov kabi kompozitorlar ijodining asosiy davri XX asrga kelib taqaladi. Rus musiqa madaniyatinig rivojlanishi va tan olinish jarayoni keskin va tez odimladi.Bir paytning o’zida bu ijodiy rivojlanish oqimi turli xil yo’nalishlarda va turli xil musiqali janrlarda yangi badiiy va musiqaning hali ochilmagan yangi qirralarini topish maqsadidagi izlanishlar va musiqali tanqid,estetik( biror kishining san’atga bo’lgan qarashlari) ifodaga ega bo’lgan musiqa asarlarini yaratish davri bo’ldi. XIX asr yarmidagi rus musiqa madaniyati yutuqlarida undan oldingi davrlardagi musiqa madaniyati va ijtimoiy-siyosiy holati ta’siri ifodalangan bo’lsada, baribir hayotning va ijtimoiy-siyosatning o’zgarib turishi yaratilayotgan asarlarda o’z ifodasini talqin etmay qolmaydi. Musiqa madaniyati, ya’ni yaratilayotgan asarlarda o’sha davrning ijtimoiy-siyosiy holati, ya’ni o’sha davrdagi Rossiya va janubiy Evropadagi ijtimoiy-siyosiy murakkab notinchliklar holati, hamda insoniyat ma’naviy dunyoqarashining o’zgaruvchanligi musiqiy asarlarda ya’ni opera,kantata musiqali drama, romans kabi musiqali shakllarda o’z ifodasini topadi. XVIII asr oxirlarida Frantsiyada bo’lib o’tgan frantsuz revolyutsiyasining tanazzulga uchraganidan so’ng, hokimiyat tepasida siyosatchi agressor Napoleon 1 Frantsiya imperatori deb e’lon qilindi. Napoleon Bonapartning siyosiy strategiyasi ko’plab Evropa xalqlarini iqtisodiy va ma’naviy tomondan qiyinchiliklarga olib keldi. Napoleonning Rossiyaga qilgan harbiy yurishi tanazzulga yuz tutdi.1812-yilda Rossiya zaminini butun rus xalqi himoya qildi. Bu urushdan so’ng Rossiyada ahvol yaxshilanmadi,dvoryan (katta mansabga ega bo’lgan amaldorlar) va krestyan( oddiy xalq) lar orasida noroziliklar kelib chiqa boshladi. Aynan mana shu munosabatlar dekabristlar qo’zg’oloni harakatiga sabab bo’ldi.1825-yilda dekabristlar hokimiyat tomonidan ayovsiz tor-mor qilindilar.Rus san’ati tarixida A.S. Pushkinning ijodiyoti mana shu dekabristlar qo’zg’oloni davriga to’g’ri keladi. Dekabristlar qo’zg’oloni arafasida Pushkin o’zining birinchi xalq realistik tragediyasi “Boris Godunov”asarini yaratadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling