Иоганн Себастьян Бах


--: Opera islohotining printsiplari


Download 0.91 Mb.
bet53/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2--:
Opera islohotining printsiplari. Glyuk o’zining opera islohotidagi asosiy tamoyillarini “Altsesta” operasi partiturasidagi bag’ishlovida namoyon etgan.
Glyuk, operasini xaqqoniylik va soddalikka tayanib yaratgan. Operada musiqa, qahramonlar tuyg’ularini, iztirob va kechinmalarini ochib berishi kerak.
Glyuk operasi musiqiy dramaturgiyasining asosiy maqsadi musiqaning organik sintezi va dramatik ta’siridan iborat edi. Glyuk musiqasi, qahramonlarining ichki kechinmalarini ochish vositasidir. Shuning uchun, u dramaga bo’ysundirilishi, barcha dramatik o’zgarishlarga hushyor javob berishi kerak deb hisoblardi. Glyukning islohotchilik operalarida musiqa, dramatik voqeliklar bilan uyg’unlikda rivojlantirilgan. Musiqa aynan dramatik harakatni ifodalash uchun asosiy vosita sifatida namoyish etilgan.
Ariya va rechitativlar talqini. Glyuk opera spektakllarining barcha elementlari asosiy maqsad --- musiqa va dramatik voqealarning bog’lanishiga bo’ysundirilgan.
Ariya dramatik voqea rivojiga uzviy ravishda qo’shiladi, qahramonning tuyg’u va kechinmalari holatida muvofiq quriladi. Ariya, xonandalarning vokal san’atini namoyish etuvchi kontsert nomeri sifatida gavdalanmaydi.
Rechitativlar. Glyuk operalarida rechitativlar musiqiy ifodaliligi bilan ajralib turadi. Ular an’anaviy seriya operasidagi kabi, kontsert nomerlari orasidagi bog’lovchilik vazifasini o’tashdan to’xtaydi. Shu tariqa musiqiy nomer va rechitativlar orasidagi keskin chegara mavjudligi yo’qola boradi. O’zining mustaqil vazifasini saqlab qolar ekan, ariyalar, rechitativlar va xorlar katta dramatik sahnalarga birlashadi. Misol sifatida “Orfey” operasi ikkinchi ko’rinishidagi birinchi ariya va birinchi manzarani keltirish mumkin.
Uvertyuralar. Glyuk operalarida uvertyura asardagi asosiy dramatik g’oyani gavdalantiradi. “Orfey” da uvertyura g’oyaviy va obrazli munosabatda opera bilan bog’lanmagan. “ Altsesta”, “ Ifigeniya Avlidda” operalarida uvertyuralar opera dramatik g’oyasining simfonik umumlashmasini mujassamlashtiradi. Glyuk, uvertyuralariga mustaqil yakun bermaydi va shu tariqa uvertyuraning opera bilan bevosita bog’liqligini ta’kidlagan holda, ularni darhol birinchi ko’rinishga olib o’tadi.
Balet. Glyuk operalarida balet, opera voqealari bilan bog’lanmagan, yasama divertisment holatida kiritilmaydi.U dramatik voqealar rivojiga asoslanadi va opera dramaturgiyasi bilan uyg’unlikda namoyish etiladi. Misol tariqasida, “ Orfey”ning ikinchi ko’rinishidagi furiyalar raqsi va “ Altsesta”dagi Admet sog’ayishiga bag’ishlangan balet sahnalarini keltirish mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling