Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet63/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Motsartnng so’nggi — 41 C-dur simfoniyasi yuksak badiiy mahorati bilan ajralib turadi. Sub’ektiv-lirik g-moll simfoniyasidan farqli ravishda ushbu simfoniya nisbatan ob’ektiv va epik xarakter kasb etadi. Musiqa tarixida u «Yupiter» nomi bilan mashhurdir. Simfoniyaning o’ziga xos xususiyati shundaki, uning umumiy rivojlantirilishi monumental finalga olib boradi.
«Associated Press» agentligi ma’lumotlariga ko’ra, buyuk bastakor Volfgang Amadey Motsart o’limidan 200 yil o’tib, uning shu paytgacha ma’lum bo’lmagan ikkita yangi asari topilgan. Bu musiqiy asarlar bir asrdan ortiq vaqtdan beri Frantsiyaning Nant shaxridagi kutubxonada saqlab kelinayotgan edi.
Avstriyaning Zaltsburg shaxrida joylashgan Motsart xalqaro fondi tadqiqotchilari 2007-yilning sentabrida ushbu p’esalar Motsartga tegishli bo’lishi mumkinligini aytishgan. Uzoq izlanishlardan so’ng, asarlar xaqiqatan xam san’atkor ijodiga mansub ekanligi ma’lum bo’ldi.
Mazkur fondning ilmiy izlanishlar etakchisi Ulrich Leisinger «Motsart buni yoshlik chog’larida, aniqrog’i, 7—8 yoshlarida yozgan», degan to’xtamga kelgan. Uning aytishicha, Motsart bu yoshda musiqiy notalarni bilmagani uchun u chalayotgan kuylarni otasi Leopold qog’ozga tushirgan. Motsart jamg’armasi o’tkazgan bir qancha izlanishlar xam qo’lyozmalar uning otasiga tegishli ekanini tasdiqladi. Biroq mutaxassislar fikricha, Motsartning otasi musiqani uslub jihatdan puxta qilib yoza oladigan darajadagi bastakor bo’lmagan.
Topilgan asarlar noyob iste’dod birinchi musiqiy asarini o’z ichiga oluvchi «Nanner s Music Book» («Nannerlning musiqiy kitobi») qo’lyozmasining qismlari, deb xisoblanmoqda.
Mavzu: №5 . “Lyudvig van Betxoven ijodi. (1770-1827


Ko’riladigan masalalar
1. Betxoven ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi
ahamiyatini.
2. Betxovenning Bonn davri;Vena davri kechgan ijodiy yo’li.
3. Betxovenning etuk ijod davri .
4. Betxoven ijodining so’nggi davri .
5. Betxovenning fortepiano va simfonik ijodi

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling