Иоганн Себастьян Бах


Birinchi Vena davri (1792—1802)


Download 0.91 Mb.
bet66/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Birinchi Vena davri (1792—1802). Betxoven yana bir marta musiqaning bunday sehrli shahriga kelib qoladi. Har tomondan Avstriya va nemis, venger va slavyan ohanglari taralib turadi. Saroy sahnalarida esa «buyuk va taqlid qilib bo’lmaydigan italyancha opera hukmronlik qilardi». Iste’dodli yosh musiqachilar Venaga homiy va ximoyachilarini izlab intilib kelishardi. Betxoven mana shunday hamiyatli va qobiliyatli insonlardan biri edi. Tez orada yosh Lyudvig Venaning mohir musiqachilaridan biri bo’lib qoladi. Uning ijrosi xammani lol qoldirardi. Maqtovli mulohazalar har tomondan oqib kelardi, uni kelajagi porloq musiqachi sifatida tan olishardi. Betxoven jur’at bilan aristokratik estetika tomonidan qo’yilgan ta’qiqlarni buzib tashladi va san’atkorning shaxsiy tuyg’u va kechinmalarini ifodalashdagi to’liq erkinligini qonunlashtirdi. Betxoven tomonidan asos qilib olingan ijrodagi demokratik uslub XIX asrning ko’p sonli mahoratli musiqachilari — Paganini, List va boshqalar tomonidan davom ettirildi va rivojlantirildi.
Betxovenning Venadagi birinchi ustozi Gaydn edi. U yosh musiqachidagi iste’dodni munosib ravishda baholagan birinchi shaxsdir. Bu xaqda u shunday yozadi: «Bilimdonlar xam, bilmaydiganlar ham ushbu p’esalardan bir narsani so’zsiz e’tirof etishlari lozimki, vaqti kelib Betxoven Evropaning eng buyuk bastakorlaridan birining o’rnini egallaydi, men esa o’zimni uning ustozi ekanligimdan iftixor qilaman». Lyudvig ijodiga bu qadar yuqori baxo berishiga qaramasdan, Gaydn o’z o’quvchisi bilan to’liq til topisha olmaydi. Bunga ajablanmasa xam bo’ladi, ular mutlaqo boshqa-boshqa insonlar, o’zgacha uslubli musiqachilar edilar. XVIII asr kompozitori bilan yangi avlod vakili dunyoqarashlari orasidagi farq o’z ishini qildi.
Betxoven bir yarim yilcha muddatda nazariyotchi olim, kompozitsiya bo’yicha darslik muallifi, shunga qaramay o’rtamiyona bastakor bo’lgan Albrekstberger rahbarligida kontrapunktni o’rganadi. Biroq bu erda xam musiqani turlicha tushunish, o’ziga xos dunyoqarash, boshqa tafakkur tarzi bu ikki shaxs orasida o’tib bo’lmas devorni tiklab qo’ygan edi. «U xech narsani o’rganolmadi va xech narsani o’rganolmaydi xam!» deb zorlangan edi Albrekstberger o’z o’quvchisi xaqida. Betxovenning mashxur italiyalik Saleridan olgan saboqlari xam katta ahamiyatga ega bo’lgan. Biz uni Motsartni «zaharlagan» shaxs sifatida bilamiz, vaholanki, bu tarix bir ertak, o’sha suronli va hayratomuz yillarning afsonasi, xolos. Mashhur opera bastakori o’zining nomuntazam bo’ladigan mashg’ulotlarida Betxovenga «vokal maktublar» deyiladigan yangi narsani ochadi. Garchi yosh bastakor italyan san’atkorlaridan bu sohada ancha uzoq bo’lsa-da, Saleri Betxovenning o’z vokal uslubini topishiga yordam berdi.
Venada kechirilgan dastlabki bir necha yillar Lyudvig uchun xaqiqatan xam umrining eng yaxshi onlari bo’ldi. U kibor tinglovchilar oldida muvaffaqiyatli chiqishlar qildi, professional san’atkorlar, qolaversa, o’zi uchun nihoyatda muxim bo’lgan homiylar e’tiboriga tushdi. Tez orada Lyudvig van Betxoven butun Evropada kompozitor sifatida tanila boshladi.
Bu davrda Betxoven o’zining uslubiga sayqal bera boshlaydi va yangilik yaratishga intiladigan yorqin ijodkor sifatida shakllanadi. Uslub — asardagi barcha unsurlarning birligi va uyg’unligi bo’lib, u faqat asarning o’zini emas, balki muallif shaxsiyatini xam aks ettiradi. Betxovenda bularning barchasi keragicha mujassamlashgan edi. 1795-yildan 1802-yilgacha Betxoven o’n to’qqizta fortepiano uchun sonatalari, uchta fortepiano va orkestr uchun kontsert, ikkita simfoniya, oltita torli kvartet or. 18, fortepiano va torli trio,shuningdek, ko’plab boshqa asarlarini yaratadi. Ushbu asarlarning barchasini Uchinchi «Qaxramonnoma» simfoniyasi bezab turadi. U Betxoven etukligining inkor qilib bo’lmaydigan dalilidir.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling