Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet68/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

3--:
Etuk ijod davri (1803—1812). Lyudvigning ong-u shuurini son-sanoqsiz g’oya va loyihalar band qilib olgan edi. Ular shu darajada ko’p ediki, bir paytning o’zida bir necha asarlar ustida ishlashga to’g’ri kelardi. Uchinchi simfoniya («Qaxramonnoma) yaratilar ekan, xuddi shu davrda, Beshinchi simfoniyaning xamda «Appasionata»ning qoralamasi xam paydo bo’lgan edi. «Qaxramonnoma» simfoniyasi va «Avrora» sonatasi oxiriga yaqinlashib qolganda Betxoven «Fidelio» operasi ustidagi ishlarni ham allaqachon boshlab yuborgan edi. Bu operadan keyin yana Beshinchi simfoniya ustidagi ishlar jonlanadi. Ammo bu xam uzoqqa cho’zilmaydi, chunki endi To’rtinchi simfoniya boshlanib ketadi. 1806— 1808-yillar oralig’ida To’rtinchi, Beshinchi va Oltinchi («Pastoral») simfoniyalar, «Koriolan» uvertyurasi, fortepiano, xor va orkestr uchun fantaziya yaratiladi. Navbatdagi har bir asar oldingisiga mutlaqo o’xshamaydi.
«Qaxramonnoma» simfoniyasi tufayli kompozitorning shu davrdagi hayoti xam shu nom bilan ataladi. Simfoniyaning bosh sahifasida kompozitorning «Buonaparte», sal pastroqda esa «Luidji Van Betxoven» degan yozuvlari xam bor edi. 1804-yilning bahorida Napoleon dunyo tuzilishida o’zgarishlar bo’lishini kutayotgan, eski aqidalar yukidan qutilish istagi bilan yonayotgan ko’plab insonlar uchun e’tiqod manbayi edi. Bonapart respublikachilar idealining timsoli, «Qaxramonnoma» simfoniyasiga munosib edi. Napoleon o’g’lini imperator deb e’lon qilganidan keyin yolg’on tasavvurlar tarqab ketdi. «Bu xam oddiy odam! Endi u barcha insoniy xuquqlarni oyog’i ostida ezg’ilab tashlaydi, faqat o’z xudbinligi va manfaatparastligiga rioya etadi, u o’zini boshqalardan ustun qo’yadi xamda zolim hukmdor bo’ladi!» muallif bosh saxifani yirtib tashlaydi. «Eroika» («Qaxramonnoma») simfoniyaning yangi nomidir.
Aynan Uchinchi simfoniya simfonik musiqa oldida cheksiz kengliklarni ochib yubordi, shu asardan simfonizm tarixidagi yangi davr boshlanadi.
Uchinchi simfoniyadan keyin «Fidelio» operasi dunyoga keladi. U Betxoven yaratgan yakkayu yagona operadir. Uni muallifning o’zi ham juda yaxshi ko’rardi. U frantsuz dramaturgi Buyining «Leonora yoki er-xotin sadoqati» asari asosida yaratilgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling