Иоганн Себастьян Бах


Musiqachi va inson fojiasi


Download 0.91 Mb.
bet67/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Musiqachi va inson fojiasi. O’z san’atini tasdiqlash uchun keskin kurash yillarida Betxoven daxshatli baxtsizlikka uchraydi — uning eshitish qobiliyati yo’qoladi. Karlikning birinchi belgilari uning 28 yoshida sezila boshlaydi. Bu qadar achinarli holatga tushganiga qaramasdan, Betxoven sog’lom aqlini saqlab qola biladi.
Ammo kulfat yolg’iz kelmaydi. Bu voqealik xam o’sha 1801-yilda yuz beradi. Og’ir tabiatli, odamovi bastakor sevib qoladi. U shu qadar qattiq, chin dildan sevadiki, o’z xayotini sevgilisi uchun o’ylab xam o’tirmasdan berishga tayyor turadi. Buyuk ijodkorning qalbini rom etgan go’zal kim edi? U o’n olti yoshli aristokrat qiz — yoqimli, baxorday go’zal, farishta yuzli, maftunkor tabassumli Juletta Gvichchardi edi. Qiz xam bunday otashin muxabbatga javob berganday ko’rinardi. Lyudvig qaytadan o’zida kuch seza boshlaydi, sog’ayishga umid paydo bo’ladi, uning nazarida baxt juda yaqin edi. Ammo taqdir unga shafqatsiz munosabatda bo’ladi. Uning ko’z oldidagi sarob tarqala boshlaydi. Betxoven yana bir sinovdan o’tadi. Julettalar xonadoni "uchun musiqachi ikkinchi darajali odam, bor-yo’g’i artist, xizmat qiluvchi shaxs edi, xolos. Qizning o’zi xam engil fikr yuritib, tez orada graf Gallenbergga turmushga chiqadi.
Karlik muqarrar bo’lib, o’ttiz ikki yoshli Betxoven shaxsiy xayotidagi muvaffaqiyatsizlik bois boshi berk ko’chaga kirib qoladi. Nima qilish kerak? Bundan keyin qanday yashamog’i lozim, umuman, yashash kerakmi-yo’qmi? Yoki joniga qasd qilsamikan? Bu chora yordam berarmikan?
Geyligenshtadt — Venadan unchalik uzoq bo’lmagan hilvat va osoyishta bir joy edi. Dunay qirg’oqlaridagi go’zal tabiat manzaralari bastakorning sog’ayib ketishi uchun imkon berishi log’im edi. Bu shaxarcha Betxoven tarjimayi holida tarixiy ahamiyatga ega. Baxtga qarshi, u ko’proq iztirobli voqealar bilan aloqadordir. Bu erda u eshitish imkoniyatiga ega bo’lishdek so’nggi umidlarini erga ko’madi, chunki shifokorlar tavsiya etgan davolash usullari hech qanday natija bermaydi. Buning ustiga juda yaqin va xamma narsadan qutqaruvchi bo’lib ko’rinayotgan olim xaqidagi o’ylar uni tark etmasdi.
Lyudvig o’zining mashhur Geyligenshtad vasiyatnomasini yozadi. U ukalari Karl va Iogannlarga atalgandi. U Betxovenning vafotidan keyingina o’qilishi kerak edi. Betxoven vasiyatnomada ancha erta yolg’izlikda, jamiyatdan ajralgan holda yashashga majbur bo’lgani, qaysi bir jamiyatga yaqinlashmasin o’zining holati — karligidan xabar topib qolinishidek dahshatli qo’rquvga ro’para kelmaslik uchun quvg’inda yashashga majburligi xaqida yozadi.
Shu yillarda uning boshidan o’tgan iztirob va kechinmalar bilan bog’liq bo’lgan tuyg’ular uning asarlarida o’z aksini topgan. Faol harakat, intilish, osudalikni qo’msash, o’zini chetga olish singari qarama-qarshi voqealar Betxoven uchun murakkab bo’lgan mana shu davrda yozilgan asarlarida uyg’un bir tarzda namoyon bo’ladi. Ular: Uchinchi fortepiano c-moll kontserti, or. 37 (1800); motam marshi bilan As-dur sonatasi or. 26 xamda «Sonata-fantaziyalar» (Juletta Gvichchardiga bag’ishlangan «Oymoma sonatasi») (1802); emotsional-shiddatkor d-moll sonatasi, or. 31 (1802); skripka va fortepiano uchun «Kreytserov» sonatasi (1803) va boshqa bir qator asarlardir. Endilikda, buyuk bastakorning butun umrini baholab va tahlil qilib ayta olamizki, Betxovenga o’z xayotini va sog’lom aqlini asrash, saqlab qolish mana shu musiqa tufayligina mumkin bo’lgan, xolos. Hayot u uchun xamma vaqt kurashdan iborat bo’lgan. Bu kurash o’z g’a-labalari va mag’lubiyatlari bilan davom etar, boshqacha bo’lishini u tasavvur xam eta olmasdi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling