Иоганн Себастьян Бах


--: Tanazzul yillari. Hayoti va ijodining so’nggi yillari


Download 0.91 Mb.
bet70/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

4--:
Tanazzul yillari. Hayoti va ijodining so’nggi yillari. Frantsuz armiyasining engilishi xamda Napoleon imperiyasining qulashidan so’ng Evropada og’ir siyosiy holat boshlanadi. Reaktsion davlatlar koalitsiyasi Venadagi kongressga to’planishadi. Eng ashaddiy mamlakatlar Avstriya kantsleri Metternix atrofiga birlashadi. Bu birlashma «Muqaddas ittifoq» nomini oladi. Uning bosh maqsadi erksevarlik, inqilobchilikning xar qanday ko’rinishlariga qarshi shafqatsiz kurashishdan iborat edi. Rasmiy tantanalarga aristokratik ommaning bayramona ko’rinishlari uyg’un kelardi. Hashamatli bal va maskaradlar tashkil etiladi.
Adog’i yo’q ko’ngilocharliklarga ko’milgan holda saroy devorlari ichida Evropaning xaritasi boshqatdan bichilmoqda edi. Betxoven obro’sining shiddatli ommalashishi uchun yana bir holat yuzaga kelgan edi. Bu ayni paytda to’laligicha musiqa ravnaqi uchun xam muhim omil bo’ladi — metronom kashf etiladi. Mashhur mexanik-kashfiyotchi Melselning nomi metronom tufayli tarixda abadiyatga muhrlandi. «Vittoriya qoshidagi urush» — eng ommaviy harbiy mavzudagi asar xuddi shu Melselning taklifi bilan o’zi yasagan asbob uchun yaratiladi. Asar juda ta’sirli bo’lib, uni simfonik orkestr ijro etadi, u ikkita harbiy orkestr bilan kuchaytirilgan, xilma-xil moslamalar — qurollar va to’p otishlarini ifoda etardi. Omma orasidagi ulkan muvaffaqiyat Bctxovenni shon-sharafning eng oliy cho’qqisiga olib chiqdi. Imperator teatri Betxovenning «Fidelio» operasini yaxshi eslaydi, biroq karlik muallifning dirijyorlik qilishiga xalaqit beradi. Kapelmeyster Umlauf uning orqasida turib ehtiyotkorlik bilan xatolarini tuzatib turadi. Betxovenga bo’lgan qiziqish tobora kuchayib boradi. Uni xar xil qabullarga taklif etishadi. Eshitish qobiliyati amalda deyarli tugab bo’lgan edi. Shunga ko’ra, Lyudvig maxsus «So’zlashuv daftarchasi»dan foydalanadi. Unda savol va javoblar yozilgan edi. Bizgacha shu xildagi 400 ga yaqin daftarlar etib kelgan. Ulardagi yozuvlar hayratlanarlidir.
1813-yildan 1818-yilgacha Betxoven juda kam va sekin ijod qiladi, biroq depressiya holatida yaratilgan asarlari xam juda go’zaldir. Fortepiano uchun yozilgan or. 90, e-moll sonatasi, violonchel uchun ikkita sonatasi, xalq qo’shiqlarining ishlanmalari nashr etiladi. Ularning soni ko’p bo’lmasa-da, shu davrdagi ifoda tarzining, uslubning o’zgarishini sezish mumkin. Bizning davrimizda u Betxovenning «so’nggi uslubi» nomini olgan. «Olisdagi mahbubaga» turkumidagi qo’shiqlarni alohida ta’kidlash joiz. Ular mutlaqo takrorlanmas bo’lib, bu asarlardan yangilik shabadalari ufurib turadi. Ayni shu asarlar Shubert va Shumanlarning romantik vokal turkumlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan edi. 1816-yildan 1822-yilgacha boigan davr orasida oxirgi beshta fortepiano sonatalari yaratiladi, ularning kompozitsiyasi juda murakkabdir. O’rni kelganda aytish joizki, so’nggi kvartetlarning (1824—1826) kompozitsiyasi ham shunday murakkablikka ega edi. U sonatalarning klassik shakllaridan biroz chekinadi, bularning barchasi uning falsafiy-ma’rifiy kayfiyati bilan bog’lanib ketadi.
So’nggi davrdagi barcha asarlardan To’qqizinchi simfoniya ustun turadi. U jaxon musiqa asarlari orasida eng mahobatli asar sifatida tan olingan.
To’qqizinchi simfoniya inqiroz yillaridayoq o’ylab qo’yilgan edi, ammo bu g’oyani amalga oshirish 1822-yildagina nasib etdi. U Tantanavor messa (Missa solemnis) bilan bir paytda yaratilgan. 1823-yilda Betxoven messani yaratadi, bir yildan keyin esa simfoniya dunyoga keladi. Muallif o’zining o’lmas asaridagi final qismiga xor va yakkaxon xonandalarni kiritadi. Ularga Shillerning «Shodlik uchun» qasidasidagi quyidagi so’zlari kiritilgan edi:
«Odamlar bir-birlari bilan aka-ukadirlar!
Millionlar, bag’ringizga bosing bir-biringizni!
Bir shodlikdan quvoning birga!»
Bunday ulkan g’oyalar uchun musiqada ham xuddi shunday ulug’vor ifodalar topilgan edi. To’qqizinchi simfoniya mashhur «Qaxramonona», beshinchi «Pastoral» va ettinchi simfoniyalar, «Fidelio» operasidagi mavzularni rivojlantiradi. Baribir, bu simfoniya Betxovenning butun ijodi orasida eng ahamiyatlisi, xamma jihatlariga ko’ra eng mukammalidir.
Tez orada ildam yuruvchi shuhrat o’tib bo’ldi. Lyudvigni xamma esdan chiqardi, ko’plab o’rtoqlarining Venadan ketganiga ancha bo’lgan, ayrimlari vafot etgan. Kompozitor yashagan uy ancha abgor ko’rinardi. Sovuq tortuvchi, namiqqan tosh zinapoyalar uchichi qavatga, to’g’ri ustozning xonasiga boshlab boradi.
Betxoven ko’p kuchini o’z jiyaniga yordamlashish uchun sarflab, ukasining vafotidan keyin qonmagan mehrning o’rnini to’ldirishga harakat qiladi. Bu erda xam Lyudvig yana kurashishga majbur bo’ladi. Sud zallarida ko’p kuch va sog’lig’ini yo’qotib, jiyani Karlga vasiylik qilish xuquqi uchun kurashadi. Kompozitorni qoralovchisi bolaning onasi — ta’magir va noshukur ayol edi. Jiyanning o’zi ham amakisi qilgan barcha yaxshiliklarning qadriga etmaydi, vaholanki, u Karl bilan bog’liq bo’lgan ko’plab iztirobli voqealardan qutilish uchun sarflanadigan mablag’larni zo’r qiyinchiliklar bilan topar edi.
Betxovenning yaqin do’stlarining favqulodda yordami bilan 1824-yil 7-mayda To’qqizinchi simfoniya ijro etiladi. Bu voqea yana bir jihati bilan e’tiborliki, musiqa ishqibozlari tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar o’ziga xos shuhrat topadi. Vaholanki, bu paytda, ayniqsa, ijodining so’nggi davrlarida asarlarida favqulodda chuqurlik va ulug’vorlik bor edi. Orkestrga Umlauf dirijyorlik qiladi. Kom-pozitorning o’zi esa, garchi bu davrda eshitish qobiliyatini butunlay yo’qotgan bo’lsa-da, rampa yonida turar, har bir qismga shiddat bag’ishlab turardi. Omma kuchli hayajonda edi, xamma yoqni gulduros qarsaklar sadosi egallaydi. Musiqachi va qo’shiqchilar simfoniya muvaffaqiyatidan hayajonda qolishadi. Faqat bir kishigina hayajonli qiyqiriqlarga nisbatan beparvo, oldingi holatida iurardi. U bularni eshita olmas edi, xolos. Uning miyasida simfoniyaning ijrosi davom etardi. Unger nomli yosh qo’shiqchi kompozitorning oldiga yugurib keladi, uning qo’lidan ushlab yuzini ommaga qaratadi. Ana shundan keyingina u o’z asarining muvaffaqiyatiga ishonch hosil qiladi.
Shunga qaramay, moddiy natijalar juda arzimas bo’lib chiqadi. Imperator va saroy ahli kontsertga kelishmagan edi. Qimmatbaho joylarni egallab o’tirgan a’yonlar uning xaqini to’lash kerakligini eslab ham qo’ygani yo’q. Boshqa yig’imlar esa harajatlarni zo’rg’a-g’o’rg’a qoplaydi. To’qqizinchi simfoniyaning ikkinchi ijrosi yarim bo’sh zalda o’tadi. Bu o’sha paytdagi omma didini, aniqrog’i, didsizligini yana bir marta tasdiqlab turardi.
O’limidan biroz oldin Betxoven o’z ukalaridan biri Ioganning yoniga boradi. Lyudvig bu baxtsiz safarni Ioganni jiyani Karlga atalgan vasiyatiga ko’ndirish uchun rejalashtirgan edi. Istagan natijasiga erisha olmagan Betxoven darg’azab holda uyga qaytadi. Bu sayohat uning taqdirida hal qiluvchi bo’ldi. Qaytayotgan paytda Lyudvig qattiq shamollab qoladi, shundan keyin u oyoqqa turolmaydi, uning madori butunlay qurigan edi. Bir necha oy og’ir yotganidan keyin Lyudvig van Betxoven 1827-yilning 26-martida vafot etadi. Vena, garchi, uning kasalligiga beparvo qaragan bo’lsa-da, vafoti xaqidagi xabar tarqalishi bilan ko’p ming kishilik muxlislar buyuk kompozitorni qabrga kuzatib bordi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling