Иоганн Себастьян Бах


--: J. Verdi ijodining davrlashtirilishi


Download 0.91 Mb.
bet90/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2--:
J. Verdi ijodining davrlashtirilishi. Milandagi o’qish yillari nihoyasiga etadi. Ona diyor — Bussetoga qaytish vaqti etadi va shahar stipendiyasini olish uchun ishlay boshlaydi. Qaytib kelganidan ko’p o’tmay, Verdi shahar kommunasi dirijyori lavozimiga tayinlanadi. Verdining ko’p vaqti filarmoniyaga rahbarlik qilish va uning musiqachilari bilan mashg’ulotlar o’tish uchun ketar edi. 1836-yilning bahorida Verdining Margarita Baretsi bilan nikox to’yi bo’lib o’tadi. To’y Busseto
Filarmoniya jamiyatida tantanali nishonlanadi. Verdi tez orada ota xam bo’ladi. 1837-yil martida qizi Virjiniya, 1838-yil iyulida o’g’li Ichilyao dunyoga keladi.
1835—1838-yillarda Verdi kichik shakldagi ko’plab musiqiy asarlar marshlar (yuzga yaqin), raqslar, qo’shiqlar, romanslar, xor va boshqa asarlarni yaratadi. Oilasi bilan birgalikda Milanga ko’chib kelganidan keyin, Verdi «Oberto» postanovkasini qo’yish uchun tayyorlandi. Bu paytda operaga buyurtma bergan Mazini Filodramatik teatrning emas, balki Lavinya teatrining direktori edi. Bu ishlarda ko’p foydasi tegishi mumkin bo’lgan u xam vafot etadi.
«Oberto»ning prem’erasi 1839-yil 17-noyabrda bo’lib o’tadi va katta muvaffaqiyat qozonadi. Biroq ayni shu vaqtlar Verdi uchun juda fojiali kechadi: u ketma-ket qizi, o’g’li, nihoyat suyukli xotinidan ajrab qoladi. Bu paytda Verdi «Soxta Stanislav» komik operasini yaratadi, opera 1840-yilda qo’yiladi, biroq shuhrat qozonmaydi. Spektakl xushtakbozlik bilan yakunlanadi. Shaxsiy hayotdagi fojia va operaning muvaffaqiyasizligi Verdining shashtini qaytaradi. Unda ijod qilish istagi umuman qolmaydi.
«Nabukko» operasining prem’erasi 1842-yil 9-martda «La Skala» teatrida eng yaxshi ijrochilar ishtirokida bo’lib o’tdi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, teatrda ko’pdan beri bunday gulduros va hayajonli qarsaklar bo’lmagan edi. Ko’rinishlar so’nggida butun omma o’rnidan turadi va kompozitorni qizg’in tabriklaydi. Avvalida u buni axmoqona ustidan kulish deb qabul qiladi. Zero, bor-yo’g’i bir yarim yil oldin xuddi shu erda «Soxta Stanislav» uchun uni xushtakbozlik bilan qarshi olishgan edi. Endi esa, kutilmaganda shunchalik salobatli va aqldan ozdirgudek muvaffaqiyat! 1842-yil oxirigacha opera 65 marta ijro etiladi. Bu «La Skala» sahnasidagi eng noyob hodisadir.
Bunday oliy darajadagi yutuq sababi shunda ediki, Verdi «Nabukko»da o’z vatandoshlarining eng oliyjanob tuyg’ularini, o’y va orzularini mujassamlashtira olgan edi. Vaholanki, uning syujeti muqaddas Injil kitobidan olingan.
«Lombardliklar» Verdining to’rtinchi operasidir. «Lombardliklar»da xoch taqib yurganlar timsolida zamonaviy Italiyaning vatanparvarlari tasvirlangan. Opera g’oyasining bu tarzda talqin qilinishi tez orada «Lombardliklar»ning butun mamlakat bo’ylab katta g’alaba qozonishiga asos bo’ldi. Biroq, operaning vatanparvarlik mohiyati Avstriya xukmdorlari e’tiboridan xam chetda qolmadi: ular postanovkaning amalga oshishi uchun ko’p to’sqinliklar qilishdi, faqat librettoga tegishli o’zgarishlar kiritilganidan keyingina uning sanada qo’yilishiga ruxsat berishdi.
«Lombardliklar» prem’erasi «La Skala» teatrida 1843-yil 11-fcvralda bo’lib o’tdi. Spektakl yorqin siyosiy namoyish bilan uyg’unlashib ketgan edi, bu hol Avstriya xukumatini jiddiy tashvishga soldi. Xoch taqqanlarning yakunlovchi xori Italiya xalqining o’z mamlakatini ozodligi uchun kurashga chaqiriq o’rnida qabul qilingan edi.
«Lombardliklar»ning Milandagi namoyishidan keyin Italiyaning boshqa shaharlarida xam muvaffaqiyat bilan qo’yila boshlandi. U Evropaning boshqa mamlakatlarida, jumladan, Rossiyada xam qo’yilgan edi. «Nabukko» va «Lombardliklar» Verdining shuhratini butun Italiyaga yoydi. Opera teatrlari biri-biridan keyin unga yangi operalar uchun buyurtmalar bera boshlashdi. Eng dastlabki buyurtmalardan birini Venetsiyadagi «La Feniche» teatri berdi, u syujet tanlovini kompozitorning o’z ihtiyoriga berdi, faqat librettochi Franchesko Piaveni tavsiya qilishdi, xolos. U o’sha paytdan boshlab, Verdining eng yaqin hamkori va qadrdon do’sti bo’lib qoldi. Uning «Rigoletto» va «Traviata» singari durdona asarlari xam Piavening librettosi asosida yaratilgan.
Buyurtmani qabul qilib olgan kompozitor syujet izlashga kirishadi. Bir necha adabiy asarlarni ko’rib chiqqan kompozitor frantsuz yozuvchisi, dramaturgi va shoiri Viktor Gyugoning «Ernani» dramasida to’xtaydi. U paytda V. Gyugo «Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» romani bilan butun Evropada tanilgan edi.
«Ernani» dramasi dastlab Parijda 1830-yilning fevralida qo’yildi. «Ernani» ustida ishtiyoq va zavq bilan ishlar ekan, kompozitor bir necha oy ichida to’rt ko’rinishli operaning partiturasini yozadi. «Ernani»ning prem’erasi 1844-yil 9-mart kuni Venetsiyadagi «La Feniche» teatrida bo’lib o’tadi. U juda katta zafarga erishadi. Operaning syujeti, uning g’oyaviy mazmuni italiyaliklarga uyg’un keladi: Ernanining mardona qiyofasi Vatanidan quvilgan vatanparvarlarni eslatar, suiqasd qilayotganlar xorida vatan ozodligi uchun kurash ohanglari yangrar, ro’tsarlar or-nomusi va jasoratini ulug’lash vatanparvarlik tuyg’ularini qo’zg’atib yuborardi. «Ernani»ning to-moshasi yorqin siyosiy namoyishlarga aylanib ketar edi. O’sha yillarda Verdining ijodiy faoliyati keng qamrovli edi: prem’era ketidan prem’era qo’yilardi. «Ernani»ning prem’erasidan sakkiz oy xam o’tmasdan, 1844-yil 3-noyabrda Rimning «Arjentina» teatrida Verdining yangi oltinchi operasi — «Ikki Foskari» tomoshalari qo’yiladi. Asar ingliz shoiri va dramaturgi Jorj-Gordon Bayronning shu nomli fojiasi asosida yaratildi.
Bayrondan keyin Verdi buyuk nemis shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller ijodiga qiziqa boshladi. Uning tarixiy fojiasi— «Orleanlik juvon» kompozitorni qiziqtirib qo’yadi. Shiller fojiasida mujassamlashgan vatanparvar qizning qahramonona, shu bilan birga, hayajonli obrazi Verdining «Janna d Ark» (Soler librettosi) operasini yozishga ilhomlantiradi. Uning prem’erasi Milandagi «La Skala» teatrida 1845-yil 15-fevralida bo’lib o’tadi.
Tez orada yana bir prem’era — Volter tragediyasi asosida «Alzira» operasining namoyishi bo’lib o’tadi. Verdining navbatdagi operasi «Atilla» uchun nemis dramaturgi Saxarias Vernerning «Attila — gunnlar shohi» asari asos bo’ladi.
Verdi bolalik chog’laridanoq Shekspir ijodi bilan qiziqardi. Uning tragediyalari, dramalari, tarixiy xronikalari, komediyalarini qayta-qayta o’qir, ularning namoyishlarida ishtirok etardi. O’zining muqaddas orzusi — Shekspir syujetlari asosida opera yozishni 34 yoshidagina amalga oshira oladi: navbatdagi o’ninchi operasi uchun u adabiy manba sifatida «Makbet» fojiasini tanladi.
«Makbet» prem’erasi 1847-yil 14-martda Florentsiyada bo’lib o’tdi. Opera bu erda xam, tez orada Venetsiyada xam katta muvaffaqiyat qozondi. U keyin xam Shekspir ijodiga bir necha marotaba murojaat qiladi («Qirol Lir», «Otello», «Falstaf»). «Makbet»ning musiqiy-dramatik uslubi keyinroq Verdi tomonidan yaratilgan ko’plab operalarga ko’tarinkilik bag’ishlab turadi va Verdi musiqiy-dramatik realizmining rivojlanish yo’lidagi muhim bosqich bo’ldi.
1847-yil yozida Londonda Verdining yana bir operasi — «Qaroqchilar»ning prem’erasi bo’lib o’tadi. U Shillerning shu nomli dramasi asosida yaratilgan.
1848-yilgi qo’zg’olon paytida Verdi Parijda edi. Italiyaning turli viloyatlaridagi qo’zg’olonlar xaqida eshitganidan keyin, u Milanga shoshiladi. U Madzini va Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlariga hamdardlik bildiradi. Inqilobiy voqealar ta’siri ostida Verdi qaxramonona madxiya «Jaranglagin, truba»ni yaratadi.
1848-yilgi inqilobiy voqealarga hamohang holda mashhur «Lenyano yonidagi jang» qaxramonlik-vatanparvarlik operasi yozilgan. Bungacha esa Verdi «Korsar» (Bayronning shu nomdagi asariga Piave librettosi) operasini tugatib ulgurgan edi.
«Lenyano yonidagi jang» tomoshalari milliy bayroqlar bilan bezatilgan teatrda o’tkaziladi, unda 1849-yil fevralida mamlakatda Respublikani e’lon qilgan rimliklarning yorqin vatanparvarlik namoyishlari xam bo’lib o’tadi.
1849-yilda Neapoldagi «San Karlo» teatrida Verdining «Luiza Miller» operasi qo’yiladi. Uning adabiy manbayi Shillerning «Makr va muhabbat» dramasi edi. Drama ruhi qabilaviy tengsizlik va knyazlik mustabidligiga qarshi qaratilgan edi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling