Иоганн Себастьян Бах


«Trubadur»ning prem’erasi Rim teatri «Apollo»da 1853-yil 19-yanvarda bo’lib o’tadi


Download 0.91 Mb.
bet92/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

«Trubadur»ning prem’erasi Rim teatri «Apollo»da 1853-yil 19-yanvarda bo’lib o’tadi. «Trubadur» operasi Guteres dramasi asosida yozilgan bo’lib, unda o’n beshinchi asrda Ispaniyadagi yaramas feodal tuzum fosh etiladi. Verdining barcha operalari orasida «Trubadur»da tezda katta shuhrat qozongan xamda xalq mulkiga aylangan kuylar juda ko’p. Butun Italiya Azuchenining «Alanga lovullaydi» ariyasini kuylardi, u xalq qo’shig’iga aylanib ketgan edi. Kabaletta Manriko jangovar xarakterdagi musiqasi tufayli inqilobiy qo’shiq maqomini oladi.
Agar «Rigoletto» va «Trubadur»larning namoyishi katta mu-vaffaqiyatlar bilan boshlangan bo’lsa, «Traviata» operasining 1853-yildagi birinchi namoyishi barbod bo’ldi. Operaning barbod bo’lishi sababi «Traviata» syujetining o’sha zamon uchun noodatiyligida edi: o’g’il Dyumaning «Kameliya gullari tutgan ayol» dramasidagi bosh qaxramon — fohisha, yuz tuban ketgan ayol o’sha davr opera sahnasi uchun o’taketgan dag’allik bo’lib tuyulgan. Operaning g’oyasi — burjua jamiyatidagi ayolning fojiali taqdirini ochib berish. Verdining operasi xuddi Dyuma romani kabi meshchan burjua axloqining o’ziga xos qoralanishi bo’ldi. Unda Alfredni sevgan Violetta qurbon bo’ldi. Opera mazmuni Violetta atrofida jipslashadi — avvalida engiloyoq fohisha kuchli hissiyotlar ta’siri ostida qayta tug’iladi va tomoshabinlar ko’z oldida o’sib boradi. U meshchanlarning sarqit urf-odatlariga bo’ysunishga va o’z muxabbatidan voz kechishga majbur bo’ladi. Operadagi qarama-qarshilikning asosiy mohiyati shundan iborat. Unda shaxsiy fojia ijtimoiy ma’no kasb etadi. Verdi o’zining barcha operalarida xalq xayotidagi maishiy qo’shiqlar va raqslar ohanglaridan keng foydalangan. «Traviata»da bu tamoyil yanada kattaroq ahamiyat kasb etadi. «Traviata»dagi qo’shiq-raqs janrlari alohida obrazlar, tuyg’u va kechinmalar tavsifi uchun eng muhim vosita bo’lgan. Operadagi chuqur demokratizm shundaki, uning barcha dramatik xhrakatlari raqs va qo’shiqlar orqali o’z ifodasini topgan. Ayniqsa, opera musiqasida vals janri katta rol o’ynagan.
1864-yil 6-martda Venetsiyada operaning ikkinchi marta namoyishi boiib o’tadi. Bu gal u «San Benedetto» teatrida qo’yiladi. Opera katta shuhrat qozonadi: tinglovchilar uni tushunibgina qolmasdan, yaxshi ko’rib qolishdi. Tez orada «Traviata» Italiya va dunyodagi eng mashhur operalardan biriga aylandi. Shunisi qiziqki, Verdining o’zi: «Siz qaysi operangizni ko’proq yaxshi ko’rasiz», savoliga professional sifatida «Rigoletto»ni yuqori qo’yishini, -havaskor sifatida esa «Traviata»ga mehri "balandligini aytib o’tgan.
1850--1860-yillarda Verdi operalari Evropaning eng yirik sahnalari yuzini ko’radi. Peterburg uchun kompozitor «Taqdirning kuchi», Parij uchun «Sitsiliya oqshomlari», «Don Karlos», Neapol uchun — «Bal-maskarad»ni yozadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling