Иоганн Себастьян Бах
--: Dramaturgiya tamoyillari. Verdi va Vagner
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
4 --:
Dramaturgiya tamoyillari. Verdi va Vagner. Verdi Vagner ijodi bilan qiziqadi xamda uning shaxsini mashhur va tengsiz, deb biladi. Shu bilan birgalikda u vagnercha musiqiy dramaning italyan milliy operasi an’analariga yot ekanligini va italyan operasining Vagner ko’rsatgan yo’ldan yurishga majbur emasligini xam yaxshi idrok etadi. Shuning uchun xam Verdi Vagner dahosini yuqori darajada qadrlagan holda italyan operasidagi vagnerchilikka qarshi kurash olib bordi. Biroq Verdi Vagnerdan butunlay chetlashish nuqtayi nazarini tanlagani yo’q. U Vagnerning ayrim yutuqlari: leytmotivlarni kiritish, tugal nomerlarning (ariyalar, duetlar va boshq.) dramatik sahnalarga o’tishi, orkestr rolining ko’tarilishi, uyg’unlik tilining boyishi: italyan operasida qo’llanishi mumkinligini e’tirof etadi. Alohida ta’kidlash joizki, ko’pgina narsalar Verdi tomonidan Vagnerga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil ravishda topilgan xamda opera spektaklining barcha unsurlarini dramatiklashtirish natijasi sifatida maydonga kelgan edi. Zero, «Rigoletto» va «Traviata»dagi duetlar katta dramatik sahnalardir (Rigoletto va Jildaning har ikki sahnasi, Violetta va Jermon sahnasi). Ushbu katta dramatik sahnalarda klassik tarkib saqlab qolingan, ularda vagnercha uzluksiz davom etadigan «tamom bo’lmas musiqa»ga zid holda bir qator tugallangan epizodlar mavjud. Vagnerning va Verdining opera musiqalan bir-biriga mutlaqo ziddir. Verdi har doim italyan milliy san’atkori bo’lib qolaverdi, u xech qachon italyan milliy realistik operasini yaratish singari asosiy vazifadan chekinmadi. Verdining keyingi ijodi uchun uning Milanda 1879-yilda Arrigo Boyto bilan uchrashuvi katta ahamiyat kasb etdi. Uning matniga san’atkor Londondagi halqaro ko’rgazma uchun kantata yaratadi. Boyto Verdiga Shekspirning mashhur fojiasi «Otello» syujetiga libretto stsenariysini olib keladi. Shekspir fojiasidagi dramatik g’oya va sahna harakatlarining asosiy yo’nalishlarini saqlagan holda Verdi va Boyto dramani opera librettosiga aylantirishda mahorat ko’rsatishdi: matni qisqartirildi, opera uchun yordamchi va keraksiz bo’lgan o’rinlarni olib tashlashdi va asosiy urg’uni etakchi qahramonlar Otello, Dezdemona va Yagoga qaratishdi. Buning natijasida Shekspirning mashhur fojiasi aziyat chekmadi, balki Verdining musiqasi unga yangicha hayot baxsh etdi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling