Иоганн Себастьян Бах
-yilda «Otello» operasi partiturasi tayyor bo’ldi
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
1886-yilda «Otello» operasi partiturasi tayyor bo’ldi. Uning birinchi postanovkasi 1887-yil fevralda Milandagi «La Skala» teatrida bo’lib o’tdi. Opera uzluksiz xamda hayajonli rivojlanadigan musiqiy-dramatik ko’rinishlardan iborat bo’lib, ular alohida nomerlarga — eski shartli opera shakllariga bo’linmas edi. Opera biridan ikkinchisiga bevosita o’tib ketaveradigan katta dramatik ko’rinishlardan iborat edi. Undagi qo’shiqlar uzluksiz rivojlanib boradi. Verdi tugallangan opera shakllarini bartaraf qilishga kirishib ketmaydi, balki ularni uzluksiz harakatlar bilan uyg’unlashtirgan holda katta dramatik sahnalarga qo’shib yuboradi. Bu jihatdan Verdining «Otello» dramasi Chaykovskiyning «Pikovaya dama»sidan farq qiladi. Keyinchalik italyancha «bel canto» vokal uslubini rivojlantirgan xamda oldingi operalarda mavjud bo’lgan vokal maktab uslubidan voz kechmagan holda Verdi o’z vokal partiyalarini yorqin deklamatsion ifodaviyik bilan boyitadi. «Otello»da yangi sintetik ariozo-deklamatsion uslub asosiy, ope-raning musiqiy-dramatik ifodaviyligini belgilab beruvchi manbaga aylanadi. Bu erda ariozo-melodik xamda rechitativ holatlarga ajratish yo’q: ularning yangi sifatdagi o’zaro yaxlit qo’shilishi yuz bergan. U yoki bu harakatdagi qahramonning vokal partiyasi uning juda nozik va his-tuyg’u jixatidan aniq tavsifini taqdim etadi. Orkestr butun opera davomida dramatik harakatlarga moslashib borishi bilan uning emotsional ma’nosini yanada chuqurroq ochib beradi. «Otello» operasi Verdi ijodiy evolutsiyasining yakuni, ayni paytda, u sifat jihatidan yangi, reformatorlik xususiyatiga ega musiqiy drama bo’ldi.
«Otello» postanovkasini Verdi o’zining oxirgi operasi deb hi-soblardi. Qarilik kelishi bilan ijod xam to’xtasa kerak, deb o’ylagan edi. Uning san’atiga ta’zim qilgan xamda u bilan hamkorlik qilishga tashna bo’lgan Boyto Verdini Shekspirning «Falstaf» komediyasi asosidagi «Vindzor to’polonchilari» operasi ustida ishlashga ko’ndiradi. Operaning birinchi postanovkasi Milandagi «La Skala» opera teatrida 1893-yilda bo’lib o’tadi va katta muvaffaqiyat qozonadi. «Otello»da Verdi italyan musiqiy fojiasi sohasida reforma o’tkazgan bo’lsa, «Falstaf» operasida u italyan komik operasi (opera buffa) isloxotchisi sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi «Otello»da bo’lgani kabi, «Falstaf» xam uzluksiz musiqiy rivojllanish tamoyiliga asoslanadi, unda tugallangan nomerlarning sun’iy bo’linishlari yo’q. Operada ariozo-melodik va rechitativ-deklamatsion vokal uslublari tabiiy holda uyg’unlashib ketgan. Falstaf» — komediya bo’lib, shuning uchun xam operaning musiqiy tuzilishi «Otello»dan tubdan farq qiladi. «Falstaf»da tez aytishlar ustunlik qiladi, bu sho’x komediya xarakterini mahorat bilan berish uchun qo’l kelgan. Operada ansambl xam katta rol o’ynagan, ular orqali bir-biri bilan almashinib turuvchi komik vaziyatlar nozik darajada ifodalangan, unda har bir qaxramon o’zining aniq va favqulodda tavsifiga ega. «Falstaf» operasi sakson yoshli kompozitor tomonidan yozilgan bo’lishiga qaramasdan unda qarilik bilan aloqador tuyg’ular mutlaqo aks etgan emas, undagi barcha qismlar yoshlikka xos yangi, bevosita va jo’shqindir. «Falstaf» qo’yilgach, Verdi Sant-Agatada sakkiz yil yashadi va jamoatchilik xamda xayriya faoliyati bilan mashg’ul bo’ldi: bir qator filantropik muassasalarni tuzdi, gospital, Milanda keksa musiqachilar uyini barpo qildi. Verdi Sant-Agatada 1901-yil 27-yanvarda 88 yoshida vafot etdi. Unung vafoti munosabati bilan butun Italiyada motam e’lon qilindi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling