Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari. Reja
IV. INM hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish
Download 31.14 Kb.
|
Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish sohasida vakolatli davlat organlari va INM aylanishi subyektlarining funksiyalari
IV. INM hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish
6. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish mezonlariga javob beradigan INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. 7. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish mezonlari, shartlari va tartibi, shuningdek potensial radioatsiyaviy xavfsizlik asosida kategoriyalar bo‘yicha INMni tasniflash qonunchilikka muvofiq belgilanadi. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 8. INM kategoriyalari hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidalari va usullarini aniqlashga tabaqalashtirib yondashishni ta’minlash maqsadida belgilanadi. 9. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi vakolatli davlat organlarini, muhandislik-texnik vositalarini va INM aylanishi sohasidagi faoliyatni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z ichiga oladigan respublika, idoraviy va mintaqaviy darajalarga bo‘linadi. 10. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang. respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi; (10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son) idoraviy darajada — INM aylanishi subyektlari hisoblangan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi; mintaqaviy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlari hisoblanadi. V. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish sohasida vakolatli davlat organlari va INM aylanishi subyektlarining funksiyalari Oldingi tahrirga qarang. 11. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida: (11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son) respublika darajasida INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni; INMning milliy reyestri yuritilishini; INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini; davlat tomonidan hisobga olinadigan va nazorat qilinadigan INM ro‘yxati belgilangan tartibda ishlab chiqilishini; manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazoratga qo‘yilishi mezonlari, shartlari va tartiblari ishlab chiqilishini, shuningdek INMning potensial radiatsiyaviy xavfsizligi asosida ularning kategoriyalari aniqlanishini; INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini yaratish, uning faoliyat ko‘rsatishi, uni metodik ta’minlash va takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshirilishini; respublika darajasida INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi uchun ma’lumotlar to‘planishini, uning tizimlashtirilishi va tahlil qilinishini; manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish normalari va qoidalari ishlab chiqilishini; INMni hisobga olish va nazorat qilish shakllari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini; INM mavjudligi va uning joyi o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot belgilangan tartibda taqdim etilishini ta’minlaydi. 12. INM aylanishi subyektlari hisoblangan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘z vakolatlari doirasida: idoraviy darajada INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishini; INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashishni; INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar bo‘yicha axborot to‘planishi, tahlil qilinishi, tizimlashtirilishi va qayta ishlanishini; Oldingi tahrirga qarang. INMni hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilishini; (12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son) INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini yaratish, uning faoliyat ko‘rsatishi va takomillashtirilishi sohasida ilmiy, metodik va texnik ishlanmalarni o‘tkazishda qatnashishni ta’minlaydi. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z vakolatlari doirasida: ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilmagan INM aylanishini mintaqaviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni; Oldingi tahrirga qarang. INM aylanishini hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilishini; (13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son) radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar samaradorligi tahlil qilinishini; INM aylanishi subyektlari tomonidan belgilanadigan radiatsiyaviy obyektlar uchun kuzatish zonalarini, uning o‘lchami va chegaralarini kelishishni; fuqarolarni va atrof muhitni radiatsiya avariyasi va uning oqibatlaridan himoya qilish tadbirlari rejasi kelishilishini; INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini shakllantirishda, uning faoliyat ko‘rsatishini qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirishda qatnashishni ta’minlaydi. 14. INM aylanishi subyektlari: INM bilan bog‘liq ishlarning xavfsizligi va ularning saqlanishini ta’minlaydi; INM ichki hisobga olinishini amalga oshiradi; INM fizik himoya qilinishini ta’minlaydi; Oldingi tahrirga qarang. INMni hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etadi; (14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son) keyinchalik qo‘llash nazarda tutilmagan INM bunday INMni utillashtirish, zararsizlantirish yoki ko‘mib tashlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilotga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi; o‘qitilgan, malaka talablariga javob beradigan va tibbiy nuqtai nazardan nuqsonlari bo‘lmagan shaxslarni bevosita INM bilan ishlashga qo‘yadi; belgilangan tartibda axborotning maxfiyligini ta’minlaydi; INM aylanishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradigan shaxslarni zarur himoya vositalari va radiatsiya nazorati bilan ta’minlaydi; Oldingi tahrirga qarang. INM bilan bog‘liq rejalashtirilayotgan bitimlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasini o‘z vaqtida xabardor qiladi; (14-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son) Oldingi tahrirga qarang. INMning noqonuniy aylanishi holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tegishli hududiy organiga (keyingi o‘rinlarda sanitariya-epidemiologiya xizmati deb yuritiladi) va huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lum qiladi. (14-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son) Download 31.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling