Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari. Reja
VI. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar
Download 31.14 Kb.
|
Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari
VI. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar
15. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etishda: INM aylanishi subyektlarining ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olinadi, hisobga olish va nazorat qilishning mavjud mexanizmlaridan, shuningdek INM tavsiflarini o‘lchash uchun usullar va texnik vositalardan foydalaniladi; respublika, idoraviy va mintaqaviy darajalarda INMni hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha axborot manbalaridan foydalanishning cheklangan tartibi nazarda tutiladi; INM tavsifini aniqlash uchun zamonaviy ilmiy-texnik usullar ishlab chiqilishi va ulardan foydalanish ta’minlanadi; INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlarini zamonaviy dasturiy ta’minlash va zarur texnik vositalar bilan jihozlash chora-tadbirlari amalga oshiriladi; INMning har bir birligi ustidan nazorat qilishning boshlang‘ich va oxirgi vaqtini aniqlash bo‘yicha talablar belgilanadi; taqdim etilayotgan axborotning birxillashtirilgan formati va hajmi qo‘llaniladi; hisobga olish hujjatlarini yuritish, davriy hisobot va hisobot ma’lumotlari tahlili, yangi hisobot hujjatlari taqdim etish asosida hisobga olish ma’lumotlariga faqat hisobga olish hujjatlariga yangi yozuv kiritish yo‘li bilan tuzatish kiritish imkoniyati ta’minlanadi; INM tarkibi va miqdorini (aktivligini) o‘lchash natijalari asosida (ularning parametrlarini aniqlashning hisoblab chiqish usullarini qo‘llash yo‘l qo‘yilgan hollar bundan mustasno), shuningdek INMni hisobga olish va nazorat qilishda o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablar asosida INMni hisobga olish va nazorat qilish nazarda tutiladi; INM qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, utillashtirilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi shartlari to‘g‘risida xabardor qilish ta’minlanadi. INMni hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishga va yuritishga qo‘yiladigan talablar belgilanadi; INM aylanishi subyekti tomonidan INM olingan taqdirda u to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshiriladi; INM yo‘qotilgan, ulardan ruxsatsiz foydalanilgan yoki u o‘g‘irlangan hollarda INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi vakolatli davlat organlarini hamda huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilish tartibi tartibga solinadi; INM mavjudligi va aktivligi tavsifini aniqlash maqsadida INM aylanishi subyektlarida dastlabki xatlov o‘tkazilishi ta’minlanadi; xalqaro shartnomalar doirasida hamkorlikni amalga oshirish imkoni nazarda tutiladi. 16. Hisobga olish va nazorat qilish tizimi INMning eng radiatsiyaviy xavfli kategoriyasidan boshlab bosqichma-bosqich amalga kiritiladi. 17. O‘z faoliyatida INMdan foydalanadigan INM aylanishi subyektlari moliyaviy-moddiy va ma’muriy resurslarga, shuningdek INM aylanishida xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarga ega bo‘lishi kerak. Download 31.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling