Ionlovchi nurlanishning biologik ta’siri Nur kasalligi O’tkir nur kasalligi
Download 214.94 Kb.
|
RADIASIYA NURLARIDAN ZARARLANISH
Nurlanish —
1) erkin elektromagnit maydon hosil boʻlish jarayoni. Erkin, yaʼni nurlangan elektromagnit maydonning oʻzi qam "N." termini bilan ataladi; 2) radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarning gʻalayonlanishi va fazoda tarqalishi. Bunda oʻzga-ruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga aylanadi (qarang Radiotoʻlqinlar); 3) tabiiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik taʼsiri. Tirik organizm kos-mik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maksadida tirik organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. N.ning total (toʻla), lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa xillari mavjud. Nurlarning biologik taʼsiri N. dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik holatiga bogʻliq. N.dozalari — nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza — nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan N. energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a - va r -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.)ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — N. miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esaberlarda ifodalanadi. Biologik doza — nurlarning organizmga biologik taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalen-ti)larda oʻlchanadi. Integral doza— nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi. Vaqt birligidagi N. doza quvvati deyiladi. Baʼzi N. dozalarining qiymatlari: tabiiy fon (kosmik nurlar, muhit va odamni oʻrab olgan radioaktivlik)ning N. dozasi 0,1 ber/yil; nur kasalligiga olib kela-digan N. dozasi — 400 —500 ber; terapiyada qoʻllaniladigan N. dozasi 10000 ber gacha (yana q. Dozimetrax asboblar, Dozimetriya, Dozimetriya nazorati).[1] N yadroviy reaksiyalar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlardir Download 214.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling