Ionlovchi nurlanishning biologik ta’siri Nur kasalligi O’tkir nur kasalligi
Turli organlar uchun og'irlik omillari
Download 214.94 Kb.
|
RADIASIYA NURLARIDAN ZARARLANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fon radiatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Radiatsiya tasirini monitoring qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Shuningdek:[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Foydalanilgan adabiyotlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fon radiatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]Inson uchun dunyo bo'ylab yillik o'rtacha fon dozasi 3,5 mSv ni tashkil qiladi [1],bular asosan kosmik nurlanish va yerdagi tabiiy izotoplar orqali hosil bo'ladi . Aholi uchun radiatsiya ta'sirining eng katta yagona manbai bu tabiiy radon gazidir, bu yillik fon dozasining taxminan 55% ni tashkil qiladi. Taxminlarga ko'ra, radon Qo'shma Shtatlardagi o'pka saratonining 10% iga sabab bo'ladi. Radiatsiya ta'sirini monitoring qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuridik dozimetriya natijalarining yozuvlari, odatda, ular qo'llanilayotgan davlatning qonuniy talablariga qarab, ma'lum vaqt davomida saqlanadi. Tibbiy radiatsiya ta'siri monitoringi - bu radiologiya uskunasidan doza ma'lumotlarini yig'ish va tibbiy holatlarda keraksiz dozani kamaytirish imkoniyatlarini aniqlashga yordam berish uchun ma'lumotlardan foydalanish amaliyotidir. Shuningdek:[tahrir | manbasini tahrirlash]Hisoblash inson fantomi Radonning sog'liqqa ta'siri Radiatsiya dozasini qayta tiklash Ushbu maqola Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitieti Fizika fakulteti talabasi Shodiyeva Shohista tomonidan Wikita'lim loyihasi doirasida ingliz tilidan tarjima qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]↑ ICRP publication 103, paragraph 112 ↑ UNSCEAR-2008 Annex A page 40, table A1, retrieved 2011-7-20 Neytron nurlanishining dozimetriyasi. Neytronlar radioaktiv izotoplar yemirilganda chiqarilmaydi, lekin ko‟pgina yadroviy reaksiyalarda hosil bo‟ladi. Amalda neytron nurlanishi tezlatuvchi va yadro energetik qurilmalarni boshqarishda qo‟llaniladi. Zaryadga ega bo‟lmagan neytronlar biologic obyektlarga ta‟sir etganda biologic effekt hosil qilmaydi. Energiyasi yuqori neytronlar yengil yadrolar ( va b.) bilan to‟qnashganda o‟z kinetik energiyasining bir qismini biologik namunaga beradi, bunda atom o‟zining orbitasidagi elektronlarni yo‟qotadi va muhitda harakatlanib, muhitni ionlashtiradi. Sekin neytronlar atrof-muhitdagi yadrolarni aktivlashtiradi. Bunda neytronlar yadrolarga Kulon to‟sig‟isiz kirib boradi, chunki zaryadi yo‟q. Neytronni yutgan yadroning massa soni 1 ga ortadi, ya‟ni boshqa element izotopiga aylanadi, bu izotop noturg‟un izotop bo‟ladi. Bu izotopning yemirilishida zaryadli zarralar va ba‟zan gamma-kvantlar chiqariladi. O‟z navbatida ular ham moddani ionlashtiradi. Kishi organizmiga ta‟sir etadigan neytronlar ikki energetik guruhga bo‟linadi. a) Sekin neytronlar, energiyasi 0-20 MeV; b) Tez neytronlar energiyasi 20 MeV dan ortiq. Neytronlardan himoyalanish ikki etapda boradi. 1-etap. Neytronlar 0,1-0,01 eV energiyagacha sekinlashtiriladi (issiq neytronlar). Sekinlashtirgichlar sifatida paraffin, suv, organik plastmaslar va grafitdan foydalaniladi. 2-etap. Issiq neytronlarning yutilishi. Turli xil vaqt oraliqlarida bir xil doza olinishi mumkin. Neytronlarni yutuvchi sifatida effektiv kesimi (neytronlarni yutish ehtimoliyati) katta bo‟lgan istalgan moddalar qo‟llaniladi (ko‟pincha kadmiy, bor va ularning kimyoviy birikmalari). Mavzu: Ionlashtiruvchi nurlarning biologik ta‟siri va uning xavfsiz deb belgilangan qiymati. Reja: 1. Tabiiy radioaktiv manbalar . 2. Sun‟iy radioaktiv manbalar. 3. Turli yadroviy jarayonlar chiqindilari. 4. Turli sohalarda ishlatishidan hosil bo‟ladigan chiqindilar. 5. Radioaktiv nurlanishlarning organizmlarga ta‟sir turlari 6. Nurlanishlarning ruxsat etilgan chegaraviy dozasi. Ma‟lumki radioaktiv izotoplar yemirilganda alfa, beta va gamma nurlar oqimi hosil bo‟ladi. Bu nurlanishlarning kishilarning sog‟lom organizmiga zararli ta‟sirlari aniqlangan. 1895-yilda rentgen nurlsari ochilgandan so‟ng, rentgen trupkasini tayyorlovchilar rentgen nurlari qo‟lni kuydirishini aniqlaganlar. 1896- yilda radioaktivlik hodisasini ochgan A.Bekkerel ko‟krak kistasida radiy solingan ampulani olib yurib, ko‟kragining kuyganini ko‟radi. Alfa, beta, gamma nurlanishlarning va neytronlar oqimining tirik organizmlarga zararli ta‟siri tirik to‟qimalar atomlarining ionlashishi va uyg‟onishi bilan bog‟liq ekanligi olimlar tomonidan aniqlangan. Yadroviy nurlanishlar kishi organizmidagi tirik to‟qimalarga tushganda to‟qimalar atomlari, molekulalari bilan o‟zaro ta‟sirlashib Kompton effekti, tormozlanish nurlanishi, fotoeffekt va boshqa effektlarni hosil qiladi. Bunday effektlar natijasida sog‟lom to‟qimalar atomlari ionlashadi, atomlar uyg‟ongan holatga keladi. To‟qimalar atomlarining ionlashishidan to‟qimalarda faoliyat buzulishlari o‟zgarishlar, yemirilishlar sodir bo‟ladi. Yemirilishlar mahsulotlari organizmda zahardek ta‟sir qila boshlaydi, masalan organizmdagi xromasom yemirilishlari, to‟qimalar yadrolari shishishi, yemirilishi yuzaga keladi. Kishilar organizmiga ta‟sir etadigan radioaktiv nurlanishlar nurlanishlarning xavfsiz deb belgilangan chegaraviy qiymatidan (PDК) dan yuqori bo‟lganda kishi organizmida ichki organlarning normal faoliyati buziladi. Organizmda patologik jarayonlar rivojlanadi. Hayot uchun xavfli bo‟lgan saraton, nasl kasalligi, teri kasalligi kabi turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Ionlashtiruvchi nurlanishlarga ilik to‟qimalari, limfatik tugunlar, og‟iz bo‟shlig‟i, ichaklar, jinsiy organlar, soch folikulalari va tana terisining sezgirligi yuqori bo‟ladi. Ionlashtiruvchi nurlanishlarga sezgirligi kichik bo‟lgan organlarga miya, jigar, buyrak, muskullar moddalari, nervlar kiradi. Har xil kattalikdagi energiyaga ega bo‟lgan turli xil nurlanishlar organizmda turlicha yutiladi. Shuning uchun organizmning nurlanish darajasini miqdoriy baholashda yutilgan doza tushunchasi kiritilgan, yutilgan doza birligi qilib rad qabul qilingan. 1 rad – shunday dozaki, massasi 1 kg bo‟lgan moddada ionlashtiruvchi nurlanishning 0,01 joul energiyasi yutiladi. Organizmga ta‟sir qilgan ionlashtiruvchi nurlanishlarning biologik effektini aniqlash uchun nurlanish dozasi birligi sifatida rentgen (P) qabul qilingan. Umuman, yadroviy nurlanishlar kishi organizmiga ta‟sir qilganda quyidagi holatlar bo‟lishi mumkinligi aniqlangan: 1. Yutilgan energiyaning yuqori effektivligi. Kichik miqdorda yutilgan nurlanish energiyasi ham organizmda chuqur biologik o‟zgarishlarni keltirib chiqaradi. 2. Nurlangan organizmda ionlashtiruvchi nurlanish ta‟sirining yashirin yoki inkubatsion davri mavjud. Katta dozada nurlantirilganda bu davr qisqaradi. 3. Kichik dozalarning ta‟siri yig‟iladi, to‟planadi. Bunday effekt kumulyaniya deyiladi. 4. Nurlanish faqat berilgan organizmning o‟zigagina ta‟sir qilmasdan, balki uning nasliga ham ta‟sir qiladi. Bunday effekt genetik effekt deyiladi. 5. Tirik organizm turli organlarining nurlanishlarga bo‟lgan sezgirligi turlichadir. 0,002-0,005 Grey dozadagi nurlanish ham kishiga har kunda ta‟sir etib tursa ham qonda o‟zgarishlar yuzaga keladi. 6. Har xil organizmlar nurlanishni bir xilda sezmaydi. 7. Organizmning nurlanishi nurlanish chastotasiga bog‟liq. Katta dozadagi bir marta nurlanishdan ham organizmda chuqur, og‟ir zararlanish vujudga keladi. Bir marta katta dozada nurlanish ta‟sir qilsa, organizmda o‟zgarishlar kuchli bo‟ladi. radioaktiv yemirilishda hosil bo‟ladigan radioaktiv nurlanishlar energiyasi atrof-muhitda yutiladi. Nurlanishning organizmga ta‟siri natijasida organizmda murakkab fizikaviy, kimyoviy va biokimyoviy o‟zgarishlar sodir bo‟ladi. organizmda modda almashinuvi, bioximik jarayonlar buziladi. Ma‟lumki, kishi organizmi tarkibining 2/3 qismini suv tashkil qiladi. Nurlar ta‟sirida suv vodorod H va gidroksil guruh OH ga parchalanadi. Bu esa ma‟lum aylanishlarni hosil qilib aktivligi yuqori bo‟lgan moddalarni hosil qiladi: gidrat oksidi HO2 va vodorod perekisi H2O2. Bu birikmalar kishi tanasi to‟qimalaridagi organik moddalar molekulalari bilan o‟zaro ta‟sirlashadi, natijada sog‟lom to‟qimalar buziladi. Nurlanishning yutilgan dozasi kattaligiga va shaxsiy xususiyatlariga bog‟liq ravishda organizmda bo‟ladigan o‟zgarishlar, jarayonlar qaytar va qaytmas bo‟lishi mumkin. Yutilgan doza kattaligi kichik bo‟lganda organizm to‟qimalari o‟z faoliyatini tiklay oladi, dastlabki holati qaytadi. Yutilgan dozalar uzoq vaqt oralig‟ida ta‟sir qilsa, kishi organizmidagi alohida organlarda yoki butun organizmda dastlabki holatiga qaytmas zararlanish vujudga keladi. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning hamma xili ham organizmlarda biologik o‟zgarishlarni keltirib chiqaradi. Nurlanish manbai organizmdan tashqarida bo‟lganda, (tashqi nurlanish yoki nurlanish manbai organizmichkarisiga tushganda) (Ingalyatsiya yo‟li bilan va b.) ichki nurlanish turlarining har birida ham organizmda biologik o‟zgarishlar yuzaga keladi. Organizmga ta‟sir qilgan nurlanishlarning biologik effekti ta‟sir qilgan yig‟indi dozaga, nurlanishning ta‟sir etish vaqtiga, nurlanish turiga, nurlanadigan sirt o‟lchamiga, organizmning shaxsiy o‟z xususiyatlariga bog‟liq bo‟ladi. Kishining butun tanasi bir marta nurlanganda ham nurlanishning yutilgan yig‟indi dozasiga bog‟liq ravishda organizmda biologik buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. buni 1-jadvalda ko‟rish mumkin. Kishi o‟lim dozasidan ham katta doza bilan nurlanganda nurlanish vaqtida o‟lishi mumkin. O‟ladigan yutilgan doza kishining har xil organlari uchun har xil: bosh uchun-20, qorinning pastki qismi-30, qorinning yuqori qismi-50, ko‟krak to‟qimasi-100, oxirgilar (konechnosti) -200Gr. Organizmdagi har xil organlarning nurlanishga bo‟lgan sezgirligi turlichadir. Kishining butun tanasi nurlantirilganda nurlanishning yutilgan dozasi 0,5 Gr bo‟lganda bir sutkadan keyin kishi qonida limfositlar soni keskin kamayib ketishi mumkin. Nurlanishdan ikki haftadan keyin qondagi eritrosetlar (qizil qon tanachalari) kamayib ketadi. (Eritrosetlarning yashash taqriban 100 sutka). Sog‟lom kishilarda qizil qon tanachalarining soni 1014 , bir kunda ishlab chiqariladigan qizil qon tanachalari soni 1012 bo‟lishi kerak. Nurlanish kasalligiga chalingan kishilarda bu sonlar buziladi, natijada organizm o‟ladi. kishi organizmiga ionlashtiruvchi nurlarning ta‟sir etishida nurlantirish vaqti juda muhimdir. Doza quvvati ortishi bilan nurlarning zararli ta‟siri ortib boradi. Nurlanish vaqt bo‟yicha drobno (sochma) bo‟lsa, uning zararli ta‟siri shuncha kam bo‟ladi. 𝛼 va 𝛽-zarralar bilan tashqaridan nurlanishning xavfi kichikroq. Bu zarralarning organizm to‟qimalarida chopish masofasi kichik va ular qon ishlab chiqaruvchi organlarga tushmaydi. Tashqaridan nurlanishda gamma-nurlar va neytronlar bilan nurlanishni hisobga olish juda zarur, chunki gamma nurlar va neytronlar organizm to‟qimalariga chuqur kirib, organizmning normal faoliyatini buzadi. Organizmning zararlanish darajasi nurlantirilayotgan sitning sirtiga bog‟liq. Nurlanayotgan sirtning kamayishi bilan, nurlanish ta‟siridagi biologik effekt ham kamayadi. Masalan, 450 rad yutilgan doza bilan organizmning 6 sm2 sirti nurlantirilganda organizmning zararlanishi kuzatilmagan, xuddi shu doza bilan butun organizm nurlantirilganda 50 % xollarda organizm o‟limi aniqlanadi. Radioaktiv moddalar organizm ichkarisiga tarkibidagi radioaktiv izotoplar bo‟lgan havodan nafas olish yo‟li bilan, oziq-ovqatlar, suv, badan terisi, ochiq yaralar orqali o‟tishi mumkin. Nafas organlariga qattiq zarralarning tushishi zarralarning dispersnostligiga bog‟liq bo‟ladi. hayvonlar ustida o‟tkazilgan natijalar ko‟rsatadiki, o‟lchami 0,1 mkm dan kichik bo‟lgan chang zarralari gaz molekulalari singari nafas olishda havo bilan o‟pkaga o‟tadi, nafas chiqarishda havo bilan chiqariladi. O‟pkada esa qattiq zarralarning juda ham kichik qismi qoladi. O‟lchami katta (5 Mku) bo‟lgan zarralarning hammasi burun bo‟shlig‟ida tutib qolinadi. Ko‟pchilik xollarda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganda radioaktiv moddalar ovqat xazm qiluvchi organlar orqali o‟tadi. Organizmga turli yo‟llar bilan o‟tadigan radioaktiv izotoplarning aktivligi qancha katta bo‟lsa, organizm uchun shuncha xavfli bo‟ladi. xavflilik darajasi radioaktiv izotoplarning organizmdan chiqarilish tezligiga bog‟liq. Kishi organizmi ichkarisiga tushadigan radioaktiv izotop kishi qabul qiladigan oziq-ovqatlar tarkibida uchraydigan natriy, kaliy, xlor va b. elementlar bilan bir xilda bo‟lsa, bunday radioaktiv izotoplar organizmda ko‟p vaqt saqlanmaydi, balki o‟sha natriy, kaliy, xlor elementlari bilan birgalikda organizmdan chiqoriladi. Inert radioaktiv gazlar (argon, kseon, krepton va b.) nafas orqali o‟pkaga o‟tadi va o‟pkadan qonga o‟tadi. Ular to‟qimalar tarkibiga kiradigan birikmalar emas. Shuning uchun bunday gazlar vaqt o‟tishi bilan organizmdan to‟liq chiqoriladi. Ayrim radioaktiv izotoplar organizmga tushganda organizmda teng taqsimlanadi, ayrimlari esa organizmning alohida ichki organlarida to‟planadi. Masalan, ilik to‟qimalarida 𝛼-nurlar chiqarib yemiriladigan radiy, uran, plutoniy; 𝛽-nurlar chiqarib yemiriladigan stronsiy, ittriy; gamma-nurlanish beradigan sirkoniy radioaktiv izotoplar to‟planadi. Bu izotoplar ilik to‟qimalari bilan kimyoviy bog‟lanishda bo‟lib, organizmdan chiqarilishi qiyin. Atom nomeri katta bo‟lgan poloniy, uran kabi radioaktiv izotoplar organizmda uzoq vaqt davomida ushlanib qoladi. Organizmda osin eriydigan tuzlarni va yumshoq to‟qimalarda radioaktiv organizmdan oson chiqariladi. Radioaktiv izotoplarning organizmdan chiqarilish tezligi izotopning yarim yemirilish davriga (T1/2) bog‟liq. Agar radioaktiv izotopning organizmdan yarim chiqarilish biologik davri Tb bo‟lsa, organizm ichkarisidagi izotopning yemirilishini, biologik chiqarilishini hisobga oladigan effektiv yarim yemirilish davri (Tb) quyidagicha aniqlanadi: Bu formula quyidagi munosabatlardan keltirib chiqarilgan: 𝜆 𝜆 𝜆 ; 𝜆 ; Bunda: 𝜆 ; 𝜆 ; Bu formulalarda: 𝜆 -radioaktiv izotop yemirilishining va chiqarilishining effektiv doimiyligi; 𝜆-berilgan (hisoblanayotgan) izotopning yemirilish doimiyligi; 𝜆 -berilgan radioaktiv izotopning chiqarilish doimiyligi (berilgan radioaktiv izotopining vaqt birligi ichida chiqarilgan qismi). va dan ahamiyatli darajada farq qilishi mumkin. Lekin agar bo‟lsa, u vaqtda bo‟ladi. Radioaktiv nurlarning organizmga biologik ta‟sirining asosiy xususiyatlari quyidagi: 1. Organizmga radioaktiv nurlarning ta‟siri kishiga bilinmaydi. Kishi ionlashtiruvchi nurlarni sezuvchi organ yo‟q. Shuning uchun kishi hech qanday birinchi dastlabki ta‟sirni sezmasdan radioaktiv moddalarni yutishi, nafas olishi mumkin. 2. Kishi tanasi terisining ko‟zga ko‟rinadigan jaroxatlanishi, nurlanish kasalliklari nurlangandan birdan bilinmay, balki ma‟lum vaqt o‟tgandan so‟ng bilinadi. 3. Kishi tanasida nurlanishdan to‟planayotgan doza yashirin ravishda to‟planadi. Agar kishi organizmiga radioaktiv moddalar muntazam ravishda tushib tursa, vaqt o‟tishi bilan dozalar to‟planadi, bu esa nurlanish kasalligiga olib keladi. Kishi organizmiga ta‟sir etuvchi ionlashtiruvchi nurlanish dozalari va ta‟sir natijalari jadvalda keltirilgan. Nurlanishning ruxsat etilgan chegaraviy dozasi. Radioaktiv moddalar bilan ishlaydigan ishchilar uchun bo‟lishi mumkin bo‟lgan radiatsion xavfni baholashda ruxsat etilgan chegaraviy doza (ПДДпредольно допустимая доза) tushunchasi kiritilgan. Bu – kishilarga ta‟sir etadigan ekvivalent dozaning bir yil davomida ta‟sir etadigan shunday qiymatiki, 50 yil davomida ta‟sir etganda ham kishilar sog‟lig‟iga zarar yetkazmaydi. Kishining turli organlarining zararlanish darajasi faqat qabul qilgan doza kattaligiga bog‟liq bo‟lmasdan, balki kishining nurlanayotgan organlariga ham bog‟liq. Radioaktiv manbalar bilan ishlaydigan kishilarning bir yil davomida oladigan nurlanishining ruxsat etilgan chegaraviy dozasi 85 ber bo‟lishi kerak. Bu kattalik kishilarning bir haftada 0,1 ber, bir kunda 0,017 ber doza olishiga to‟g‟ri keladi. Kishining butun organizmi oladigan umumiy dozasi quyidagi: Formula bilan hisoblanadigan dozadan yuqori bo‟lmasligi kerak. Bu formulada -doza, ber larda; -kishilar yoshi, yillarda; kishining har xil sharoitlarda 30 yil ichida olgan dozasi 60 ber dan oshmasligi kerak. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Download 214.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling