Ionlovchi nurlanishning biologik ta’siri Nur kasalligi O’tkir nur kasalligi
Download 214.94 Kb.
|
RADIASIYA NURLARIDAN ZARARLANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ionlovchi nurlanishning biologik ta’siri
RADIASIYA NURLARIDAN ZARARLANISH. - Ionlovchi nurlanishning biologik ta’siri - Nur kasalligi - O’tkir nur kasalligi - Surunkali nur kasalligi Turli xil ionlovchi nurlar ta'siridan inson tanasida nurlanish bilan bog’liq dardlar kelib chiqadi. Ionlovchi nurlar tarkibi elektromagnit va korpuskulyar nurlardan iborat. Elektromagnit nurlarga o’z navbatida rentgen nurlari, gamma nurlar va zararlangan zarrachalarning qattiq jismlardan yutishi natijasida yo’zaga keluvchi korpuskulyar tormozlangan nurlanishlar kiradi. Korpuskulyar nurlanish esa alfa, beta zarrachalar, shuningdek proton va neytronlar oqimidan iborat. Rentgen va gamma nurlari tanadan utib ketadi. Ularning tirik to’qimalarga ta'siri natijasida tez uchadigan neytronlar qosil bo’ladi va ular to’qima molekulalarini ionlab quyadi. Alfa zarrachalar musbat zaryadlangan geliy yadrolaridan iborat bo’lib, tarkibida ikki proton va ikki neytron mavjud. Beta zarrachalariga manfiy zaryadlangan elektronlar va musbat zaryadga esa pozitronlar deb qarash kerak. Rentgen va gamma nurlarining tirik to’qimalardan utish xususiyati unlab santimetrlar, beta zarrachalarniki 2,5 mm va alfa zarrachalarniki esa millimetrning yo’zdan bir ulushi bilan ulchanadi. Shuning uchun ham neytronlar atomlarni ionlamasdan, balki ularning yadrolariga ta'sir etadi.Ionlovchi nurlarning ta'sir darajasi ular miqdoriga, ya'ni tanadan qancha nur utganiga bog’liq. Tirik to’qimalarning nurlanish birligi qilib grey olingan (1grey 100 rad ga teng). Ionlovchi nurlanishning biologik ta’siri Ionlovchi nurlar to’qimalarga bezosita va bilvosita ta'sir etadi. Bu nurlarning to’qimalarga bevosita, tuqridantuqri ta'sir etishi natijasida ularning biomolekulalari ionlashib qo’zqaladi. Nurlarning bilvosita ta'siri esa to’qima tarkibidagi suvning radioliz jarayoni bilan bog’liq bo’lib, oqibatda qosil Bulgan parchalanish maqsulotlari uta faol xususiyat kasb etadi va hujayra tarkibiga kiruvchi barcha organik moddalarni oksidlab qo’yadi. Bevosita nurlanish ta'sirida xromosomalar, bilvosita ta'sir tufayli suv radiolizi maqsulotlaridan to’qimalar zarar kuradi, deb hisoblanadi. hujayra va to’qimalarining nurlanishga naqadar sezgirligi ularning faolligiga bog’liq. hujayralar qanchalik mitotik yul bilan bo’linib ko’paysa, ularning nurlanishga sezgirligi ham yuqori bo’ladi. Limfoid va mieloid to’qimalar nurlanishga eng sezgir to’qimalar bo’lib, ulardan so’ng ichak va teri epiteliysn, ovqat qazm qilish hamda endokrin bezlarishshg sekret ishlab chiqaruvchi hujayralari, mushak, toqay, suyak va biriktiruvchi to’qimalari turadi. Nurlar ta'sirida qonda radiotoksinlar qosil bo’lishi va aylanishi oqibatida ularning ichki a'zolar faoliyatini boshqara olmay qolishi yotadi. Nurlanishning tashqi belgilari (olimlar Ye. V. Gembisskiy va F. I. Komarov ko’zatishicha) ko’plab omillarga bog’liq. bular -nur turlari (gamma, beta, neytron va b. q.), ularning miqdori va quvvati, nurlovchi manbaning joylashishi (tashqi ma'lum masofadagi manbadan va ichki - odam ichiga nurlovchi modda tushishidan), odam tanasiga nurlarning bir tekis, notekis bir joyga yoki tananing ma'lum qismiga ta'sir etishi, qancha vaqt ichida qay miqdorda nurlanishdan iborat. Download 214.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling