Ip-tarmoqlarida xizmat ko’rsatish sifatini ta’minlash masalalari
Download 112.28 Kb.
|
IP-tarmoqlarida xizmat ko’rsatish sifatini ta’minlash masalalari.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq va tarmoq elementlari ishonchliligi.
- IP paket yetkazishdagi tutilish
Tarmoq unumdorligi yoki ma’lumotlar uzatish tezligi yoki “1” sekund yoki “iga” bitlarda o‘lchanuvchi uzatishning samarador tezligini belgilaydi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu parametrning qiymati o‘tkazish polosasi deb xato nomlanuvchi, tarmoqning maksimal o‘tkazish xususiyati bilan mos kelmaydi.
Tarmoq va tarmoq elementlari ishonchliligi. Foydalanuvchilar har doim aloqa tizimlaridan yuqori darajadagi ishonchlilikni kutadilar. Tarmoq ishonchliligi “tayyorlik” koeffitsiyenti bilan baholanadi. Ideal holatda tayyorlik koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lishi kerak, ya’ni, tarmoqning 100 foiz tayyorligini ko‘rsatadi. Amaliyotda tayyorlik koeffitsiyenti 0 va 9 raqamlari bilan ifodalanadi. Masalan, 0,999 tarmoqqa yiliga 9 soat kirish imkoniyati bo‘lmasligini bildiradi. UFTT tarmog‘ining tayyorlik koeffitsiyenti 0,99999 bilan ifodalanadi, bu esa yiliga 5,5 minut deganidir. Shuni ta’kidlash kerakki, an’anaviy qurilmalar asosida, ya’ni serverlar, marshrutizatorlarda qurilgan IP tarmoqlarda 0,99999 tayyorlik koeffitsiyentini ta’minlash jiddiy muammolardan biri sanaladi. Buning sababi shuki, IP tarmoqlarda axborotni qayta ishlash UFTT dagi kabi apparat ta’minotiga emas, balki dasturiy ta’minotga asoslangan. IP paket yetkazishdagi tutilish (IP paket transfer delay, IPTD). IPTD parametri (t2-t1) vaqt oralig‘i ya’ni, ikkita jarayon yuz berish vaqtlari o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi. Bu yerda, t1 — paketning tarmoq kirish nuqtasiga kirish vaqti, t2 — paketning tarmoq chiqish nuqtasidan chiqish vaqti va (t2-t1)Tmax. Umumiy holda, IPTD parametri muvaffaqiyatli uzatilgan va shuningdek, xatoliklarga ega bo‘lgan barcha paketlarning manbadan qabul qiluvchigacha yetkazishga sarflangan vaqt bilan aniqlanadi. IP paketlar yetkazishning o‘rtacha tutilish parametri uzatilgan va qabul qilingan paketlarning tutilishlarining o‘rta arifmetik qiymati orqali aniqlanadi. O‘rtacha tutilish qiymati tarmoqda uzatilayotgan trafikka, foydalanish imkoni bo‘lgan tarmoq resurslariga va ko‘p hollarda, o‘tkazish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Yuklanishning ortishi va kirish imkoni bo‘lgan tarmoq resurslarining kamayishi tarmoq tugunlarida navbatning oshishiga va bu o‘z navbatida paketlar yetkazilishida o‘rtacha tutilish vaqtining oshishiga olib keladi. Nutqiy va videoaxborotlar tutilishga sezgir trafiklarga misol bo‘la oladi. Agar paket yetkazishdagi tutilish belgilangan Tmax qiymatdan oshib ketsa, bunday paketlar tashlab yuboriladi. Real vaqt ilovalarda masalan, IP telefoniyada bu holat nutq sifatining yomonlashishiga olib keladi. IP paketlarning o‘rtacha tutilishi bilan bog‘liq cheklovlar Voice over IP(VoIP), videokonferensiya va boshqa real vaqtilovalarda muhim rol o‘ynaydi. Download 112.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling