Ip-tarmoqlarida xizmat ko’rsatish sifatini ta’minlash masalalari


Ma’lumotlarni kafolatlanmagan yetkazish


Download 112.28 Kb.
bet4/4
Sana21.10.2023
Hajmi112.28 Kb.
#1714387
1   2   3   4
Bog'liq
IP-tarmoqlarida xizmat ko’rsatish sifatini ta’minlash masalalari.docx

Ma’lumotlarni kafolatlanmagan yetkazish (best effort service). Paketning borish vaqtini va hattoki, uning belgilangan punktga yetib borishini kafolatlamasdan tarmoq tugunlari o‘rtasidagi aloqani ta’minlash. Lekin, paketlarni tashlab yuborish faqatgina, marshrutizatorning kirish yoki chiqish navbati buferida yuklanish ro‘y bergandagina sodir bo‘lishi mumkin. Shuningdek, paketlarni kafolatlanmagan shaklda yetkazish hozirgi kunda Internetni qo‘llab — quvvatlaydigan birdan — bir xizmat turidir. Unumdorlikning birmuncha past bo‘lishiga qaramasdan, axborot uzatishga yo‘naltirilgan ko‘pchilik ilovalar (masalan, FTP protokoli yordamida axborot almashinishni ta’minlovchi ilova) uchun bu xizmat yetarli hisoblanadi.
Differentsiyal xizmat ko‘rsatish (Differentiated service). Xizmat ko‘rsatishni differensiyallash trafiklarni xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab sinflarga ajratadi. Har bir trafik sinfi tarmoq tomonidan shu sinf QoS mexanizmlariga mos holda qayta ishlanadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, differensiyal xizmat ko‘rsatish ko‘rsatiladigan xizmat kafolatini o‘z-o‘zidan ta’minlamaydi, ya’ni, trafik har biri o‘z mavqeiga ega bo‘lgan sinflarga taqsimlanadi. Shu sababli ham, differensial xizmat ko‘rsatish ko‘p hollarda yumshoq QoS (soft QoS) deb yuritiladi. Differensial xizmat ko‘rsatishni jadal trafikli ilovalar mavjud tarmoqlarda qo‘llash qulaydir.
Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish (Guaranteed service). Kafolatlangan xizmat ko‘rsatishtrafik oqimlari tomonidan xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan maxsus talablarni qondirish maqsadida tarmoq manbalarini rezervlaydi. Kafolatlangan xizmat ko‘rsatishga mos ravishda trafikning barcha harakat trayektoriyasi bo‘ylab tarmoq manbalarini dastlabki rezervlash bajariladi. Kafolatlangan xizmat ko‘satishni tarmoq manbalariga bo‘lgan qat’iy talablari tufayli ko‘p hollarda qattiq QoS (hard QoS) deb ham ataydilar. Kafolatlangan xizmat ko‘rsatishni talab qiladigan ilovalarga ovozli axborotni va videotasvirni uzatishni amalga oshiruvchi multimediya ilovalari kiradi.
Nutqni Internet orqali uzatishga mo‘ljallangan interaktiv ilovalar yetarli darajada, agar paketlar orasidagi tutilish 100 ms dan ko‘p bo‘lmasa, yaxshi ishlashi mumkin. Masalan, Internet — telefoniya ilovasi uchun o‘tkazish polosasi eng kamida 8 kbit/s bo‘lgan va paketlar orasidagi tutilish vaqti 100 ms dan yuqori bo‘lmagan axborot uzatish kanali zarur.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, IP tarmoqlarda talab qilingan xizmat ko‘rsatish sifati muammosi yechimlariga kafolatlangan o‘tkazish polosasi taqdim qilinishi, tarmoq mexanizmlarining, ya’ni, marshrutizatorlar va shlyuzlarning unumdorligining oshirilishi, yuqori o‘tkazish xususiyatiga ega magistral liniyalar ishlatilishi va tarmoq resurslaridan samarali foydalanilishi orqali erishish mumkin.
Download 112.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling