Ipak qurtini boqishda qo’llanalidigan sun’iy ozuqa


xemosintez deyiladi. Birinchi guruhga kiruvchi organizmlar «avtotrof»


Download 379.16 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi379.16 Kb.
#1609284
1   2   3
Bog'liq
Ipak qurtini boqishda qo’llanalidigan

xemosintez deyiladi.
Birinchi guruhga kiruvchi organizmlar «avtotrof» organizmlar, deb ataladi. Ikkinchi guruhga anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qila
olmaydigan tirik organizmlar kiradi. Shuning uchun bu organizmlar organik moddalarni ovqat tarzida qabul qiladi.
Bu guruhga kiruvchi organizmlar «geterotrof» organizmlar deb ataladi. Bu guruhga hamma hayvonlar va ko‘pchilik bakteriyalar kiradi.
Tut ipak qurti ham boshqa hamma hasharotlar kabi mana shu guruhga kiradi, ya’ni ozuqaga muhtoj bo‘ladi. Oziq deganda, organik va mineral moddalarning biror kompleksini tushunamiz, bular organizmning yashashi uchun zarurdir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, faqat tut bargi ipak qurti uchun to‘la qimmatli oziq hisoblanadi. Bu oziq ham o‘zining to‘yimliligiga qarab o‘zgarib turadi, ya’ni tutning naviga, bargning yaxshi pishgan yoki pishmaganligiga, yosh tut daraxtining o‘sish sharoiti: tuprokqa, suv bilan ta’minlanganligiga, yorug‘lik rejimiga va boshqalarga bog‘liq.
57 -rasm.A.[18]

Qurt og‘iz qismlari bilan bargni qamrab oladi.



B [18].

Qurt boshi bilan harakat


qilib barg bo‘lakchasini uzib oladi, bunda yuqorigi lab va ostki jag‘ mo’ylovlari bilan ostki lab bargni tutib turadi.

Bundan tashqari, qurt rivojlangan sari «ta’m bilish»ini o‘zgartiradi; kichik

yoshdaligida unga sersuv barg kerak bo‘lsa, katta yoshdaligida uning organizmi talabiga birmuncha dag‘allashgan va suvi kam bo‘lgan, pishgan barg muvofiq keladi.


Oziq moddalari ipak qurti organizmiga bir necha bosqichdan iborat

1) tut bargi bo‘lagini kemirib olish, 2) oziqni tomoq o‘tkazuvchidan ichakka o‘tkazish, 3) hazm qilish, 4) o‘zlashtirish.


Tut bargi bo‘lagini kemirib olish uchun qurt ko‘krak oyoqlari va ostki jag‘ mo‘ylovlari bilan barg chetini tutib turib, shu chetining kichkina bo‘lagini jag‘lari bilan tortib oladi, so‘ngra boshini oldinga suriborqaga tortish bilan bubo‘lakni uzib oladi.
Bargdan uzib olingan bo‘lakchaning katta-kichikligi jag‘larining katta-kichikligiga bog‘liq. Jag‘lar esa yoshga qarab kattalashib boradi. Qurt joyini o‘zgartirmasdan turib boshi yetaolgan joygacha bir necha barg bo‘lakchalarini kemira oladi, so‘ngra yangi joyga siljiydi.
Birinchi yoshdagi qurtlar barg chekkasini kemirish uchun kichkinalik qiladi, ular, asosan, bargning orqa tomonidagi yumshoq joyini yeydi. Qurt ikkinchi yoshida bargni teshikli qilib va qisman chekkasidan yeydi. Uchinchi yoshdan boshlab, qurt barg chekkasini kemiradi,barg uning tanasiga nisbatan qulay joylashgan bo‘lsa xuddi shunga o‘xshash o‘rtasidan ham kemiradi. Uchinchi va to‘rtinchi yoshlarda qurt barg tomirlarini qisman qoldiradi, beshinchi yoshda bargning bandidanboshqa hamma qismini yeydi.

58–rasm Ipak qurti tanasida organlarning joylashish chizmasi.


1-tomoq o‘tkazuvchi 2-aorta; 3-o‘rta ichak; 4 -bel naychasi; 5- Malpigi naychasi; 6 -ingichka ichak;7- yo‘g‘on ichak; 8 -to‘g‘ri ichak; 9-orqa chiqaruv teshigi. 10-siydik pufakchasi; 11- ipak chiqaruvchi bezning fibrionli qismi ;12-ipak ajratuvchi bezning rezervuari 13-qorin nerv zanjiri; 14- ipak o‘tkazuvchi juft naycha; 15-ipak ajratuvchi naycha; 16 -tomoq osti nerv tuguni; 17-tomoq; 18-tomoq usti nerv tuguni.

Uzib olingan barg bo‘lagi og‘iz teshigi orqali ichakka tushadi. Ichak og‘iz va orqa chiqaruv teshigi o‘rtasida joylashgan va uchta: oldingi, o‘rta va orqa qismga bo‘lingan to‘g‘ri keng kanaldir.


Oldingi qism bevosita og‘iz teshigiga ,tomoq va tomoq o‘tkazgichga yondoshgan og‘iz voronkasidan iborat.
Og‘iz voronkasi xitin qavati bilan qoplangan bo‘lib, yuza qismida orqa tomonga yo‘nalgan tishli bo‘rtiklar joylashgan. Bu tishli bo‘rtiklar og‘iz voronkasiga tushgan ovqatni orqaga - jag‘lar tomonga o‘tib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Jag‘larning asosida og‘iz voronkasiga so‘lak bezining teshigi ochilgan,bezlarning o‘zi og‘iz bo‘shlig‘ida va birinchi ko‘krak bo‘g‘imning oldingi qismida joylashgan. Og‘iz voronkasiga shu bezlardan kelayotgan so‘lak barg bo‘lakchasini namlaydi; so‘lakning bargga ta’siri hozircha to‘laligicha aniqlanmagan. Ehtimol, so‘lak barg hujayralarini o‘ldirib, uni hazm bo‘lishiga tayyorlaydi, bargdagi ayrim bakteriyalarni nobud qiladi.
Og‘iz voronkasining tubida og‘iz teshigi joylashgan, bu voronka bilan tomoqni birlashtirib turadi.Tomoq devorlari markaziga birmuncha siqilgan ingichka naychani eslatadi,shuning uchun uning ko‘rinishi X harfiga o‘xshaydi. Tomoqni bir guruh muskullar o‘rab turadi,bular tomoqning puls orqali qisqarishini ta’minlaydi. Buning natijasida ovqat tomoqdan tomoq o‘tkazgichka qarab siljiydi, bunda tomoq sekin-asta kengaya boradi.Tomoq o‘tkazgich ichak oldingi tomonning asosiy qismidir. Tomoq o‘tkazgich kanalning o‘rta qismi tomoniga qarab kengayib boradi,barg bo‘lakchalari o‘rta qismi tomoniga qarab kengayib boradi, barg bo‘lakchalari o‘rta qismga o‘tguncha bu qismda to‘planib turadi. So‘lak bezlari bilan namlangan barg bo‘lakchalari tomoqdan o‘ta turib,
tomoq o‘tkazgichda to‘planadi. Bu yerda oziq hech qanday o‘zgarishga

uchramasdan suyuqlik pufakchasi vazifasini o‘tovchi tomoq o‘tkazgichda bir qancha vaqt turib qoladi. So‘ngra oziq tomoq o‘tkazgichdan vaqt- vaqti bilan o‘rta ichakka ayrim bo‘lakchalar holida emas, umumiy massadan porsiya-porsiya holida o‘tib turadi.


Tomoq va tomoq o‘tkazgichda nerv uchlari bilan ta’minlangan xitinli qilchalar bo‘ladi, bular o‘ziga xos ta’m bilish organi vazifasini bajarsa kerak. Tomoq va tomoq o‘tkazgichning devorlari ikki qavat xitindan iborat, shu bilan birga tomoq devoridagi xitinning ichki qavati og‘iz voronkasidagi kabidir. Ichakningo‘rtaqismi tomonigayo‘nalgan tishsimono‘siqlartomoqqisilgandaoziq massasi og‘iz voronkasi tomonga o‘tib ketmasligi uchun yordam beradi.
Tomoq o‘tkazgich devorning yaqinida tomoq o‘tkazgich teshigining qisqarishi ta’minlaydigan halqali va uzunasiga ketgan muskullar joylashgan. Bu qisqarish natijasida oziq tomoq o‘tkazgichdan ichakning o‘rta qismiga o‘tadi. Bu muskullar ichakning oldingi qismining so‘ruvchanlik qobiliyatini bir oz oshiradi; agarboshningog‘izqismigasuyuqliktomizilsa, ularoldingiqismi tomonidan o‘sha vaqtning o‘zida so‘rib olinadi.

Tomoq o‘tkazgich va ichak o‘rta qismi chegarasida joylashgan xalqali klapan oziqning ichak o‘rta qismi bo‘shlig‘iga erkin o‘tishiga imkon beradi, lekin uning orqasiga qaytishiga to‘sqinlik qiladi. Bu shuning uchun ham muhimki, ovqat o‘rta ichakda suyuq holga o‘tadi, shunday ekan, qurt joyini o‘zgartirganda va har qanday boshqa harakat qilganda qurtning tanasi qisqaradi, natijada ichakka kelayotgan bosim ortadi. Bunday holatda agar klapan bo‘lmaganda edi,o‘rta ichakdagi suyuq ovqat tomoq o‘tkazgich va og‘iz voronkasiga, bu yerdan esa tashqariga chiqib ketgan bo‘ladi, ya’ni qurt ovqatni qusib tashlaganday bo‘lardi.


Klapan borligi uchun ovqat tashqariga chiqib ketmaydi va ichak ning o‘rta qismidagi hamma ovqat qurt tanasi har qanday qisqarganda ham shu bo‘shlig‘ida turaveradi. Shunday bo‘lishiga qaramay, qurt qusishi mumkin. Masalan, xloroform ta’sirida qurt qusadi.
Ichakning o‘rta qismi qurtning tana bo‘shlig‘ida joylashgan va ikkinchi

ko‘krak segmentidan oltinchi qorin segmentigacha davom etadi. Bu yo‘g‘on katta trubka shaklida, oldingi tomoni bir oz keng bo‘lib, orqa tomoni torayib boradi. Ichak qurt tanasidagi eng katta organ bo‘lib, tana bo‘shlig‘ining ko‘p qismini egallab turadi.


O‘rta qisimning devori bir qavat bezli epiteliydan tuzilgan. Hayvon to‘qimalarining, himoya qilish, ajratish yoki so‘rish vazifalarini bajaradigan bir turiga epiteliy deyiladi.
Epiteliy hujayralari bir yoki bir necha qavat hujayralardan tuzilgan bo‘lib, uning tagida biriktiruvchi to‘qima joylashadi.
Epiteliy qavati bilan biriktiruvchi to‘qima o‘rtasida bazal membrana yoki bazal parda bo‘ladi. Hamma organlar usti va organizm hamma qismining sirti epiteliy bilan qoplangan. Yuzadagi epiteliy himoya vazifasini bajaradi, ya’ni uning hujayralari qurtning teri qoplamini hosil qiladi.
Ichak o‘rta qismining epiteliysi uchta vazifani bajaradi. Birinchisi, tananing ichki bo‘shlig‘ini barglar bilan ichakka kirishi mumkin bo‘lgan mikroblardan himoya qiladi; ikkinchisi, fermentlar ajratadi, bu fermentlar yordamida ovqat hazm bo‘ladi; uchinchi qavati esa ovqat hazm bo‘lishi natijasida ichakda hosil bo‘lgan oziq moddalarini so‘rib oladi.
Ichak o‘rta qismining epiteliysi uch xil:
Download 379.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling