Ipak qurtini boqishda qo’llanalidigan sun’iy ozuqa
tiklovchi, silindrsimon va bokalsimon
Download 379.16 Kb.
|
Ipak qurtini boqishda qo’llanalidigan
tiklovchi, silindrsimon va bokalsimon hujayralardan tuzilgan.
Tiklovchi hujayralar mayda bo‘lib, epiteliy asosidagi uyalarda joylashgan. Bulardan epiteliy qavatning boshqa xil hujayralari rivojlanadi. Ular, ayniqsa, ichak o‘rta qismining oldingi va orqa tomonlarida ko‘p bo‘ladi. Bu yerlarda ichakning o‘rta qismi qurt tanasi kattalashgan sari o‘sib boradi. SHuning uchun tiklovchi hujayralar yangi silindrsimon, bokalsimon, o‘ziga o‘xshash tiklovchi hujayralar hosil qiladi. Mana shu hujayralar hisobiga o‘rta ichak o‘sadi. Ichakning oldingi va orqa tomonlariningo‘sishihujayralar soniningortishihisobiga emas, balkiularning kattalashishi hisobiga bo‘ladi. Silindrsimon hujayralar o‘z nomidan bilinib turibdiki, silindr shaklidir. U markaziga joylashgan yumaloq yadrodan va bir xildagi mayda donli protoplazmadan tuzilgan. Bunday hujayralar, bokalsimon hujayralarga nisbatan ko‘proq o‘rta qismning oldingi tomonida uchraydi, silindrsimon hujayralarning asosiyvazifasihazmqilishmahsulotlarinisurishbo‘lsa kerak, debtaxminqilinadi. Shu bilan birga qator tadqiqotchilar silindrik hujayralarning ovqat hazm bo‘lishida ishtirok etuvchi modda ajratish xususiyati borligini ko‘rsatib o‘tgan. Bu hujayralarning ayirish faoliyati, ayniqsa qurt och qolgan vaqtda, ya’ni ichak bo‘shagan vaqtda fol bo‘ladi. Bu holat boshqa holatlar kabi qurt uchun ovqatlanish bilan tinim davrining almashib turishi, ehtimol, fiziologik zaruriyat ekanligini ko‘rsatib turibdi. Bokalsimon hujayralar pastga tomon siqilib boradi. Bular pastki tomondan joylashgan yirik donli protoplazmadan va donli hujayralar suyuqligi bilan to‘lgan katta vakuoldan nisbatan kichik yadrodan iborat. Hujayra o‘zining keng tomoni bilan ichakning ichki bo‘shlig‘i tomonga qaragan. Bokalsimon hujayralar, asosan, ichak shirasi ajratadi. Bu shira bir oz yopishqoq bo‘lib, sariq-yashilsimon, suyuqligi kuchli ishqoriy xususiyatga ega. Hujayraning ichakning ichki tomoniga qaragan boshqa tomoni ko‘ndalang chiziqli ensiz hoshiya bilan qoplangan. Bu hoshiya uni teshib o‘tuvchi ko‘p sonli naychalardan hosil bo‘lgan. Uning vazifasi aniq emas, u hujayrali qavatni oziqning qattiq bo‘laklaridan himoya qilishi mumkin. Bu vazifani o‘rta ichakka xos bo‘lgan maxsus hosila – peritrofik membrana (parda) birmuncha yaxshiroq bajaradi. Ichak o‘rta qismining epitelial hujayralari membranani hosil 59 - rasm. A-Tut ipak qurtining uzunasiga kesimi. Ipakning uch bo‘limi. 1.oldingi, 2 o‘rta.3.oxirgi qismlari. 4-tomoq o‘tkazuvchi halqali klapan 5-orqa ichakning halqasimon klapani, 6-ingichka ichak. 7 –yug‘on ichak. 8-ichak oxirgi bo‘limining to‘g‘ri qismi(ichak) B-Tut ipak qurti ovqat hazm qilish traktining oldingi qismi, 1- qurtning boshi. 2- og‘iz voronkasi, 3-tomoq, 4-tomoq o‘tkazuvchi, 5-tomoq o‘tkazuvchi halqali klapa 60- rasm.Tut ipak qurti o‘rta ichagining gistologik tuzilishi. 1-tomoq oldi pardasi 2-(k)sekret tomchilari kelib tushadi(s). 3-epiteliyaning silindrsimon hujayralari. 4-halqali muskullar. 5-uzunasiga ketgan muskullar. 6-tiklovchi hujayralar uyasi. 7- epiteliyaning bokalsimon hujayralar o‘yig‘ining ko‘nda-langiga ko‘rsatilgani 8- traxeyani ko‘ndalang kesimi. Membrana- strukturasiz yupqa tiniq parda bo‘lib, o‘rta ichakning epiteliysiga zich turmaydi. Bu parda epiteliy bilan o‘rta ichak oralig‘ida va ichakning yoriq yerida joylashib, tomoq o‘tkazgich klapanining halqali burmasiga birlashadi. Membrana xitinsimon moddadan iborat bo‘lib, epitelial hujayralardan ichak bo‘shlig‘iga hazm qilish shiralarini yaxshi o‘tkazadi va ovqat hazm bo‘lishi natijasida hosil bo‘lgan oziq moddalarini epiteliyning so‘ruvchi hujayralariga o‘tishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday membrana har po‘st tashlashdan keyin yangidan hosil bo‘ladi. Membrana hosil bo‘lish jarayoni doimiy bo‘lib turadi va uning bo‘laklari ichakning o‘rta qismidan orqa qismiga o‘tib turuvchi oziq qoldiqlari bilan sekin-asta tashqariga chiqib ketadi, shu munosabat bilan epitelial hujayralar tomonidan oziq oldi pardasini hosil qiluvchi modda doimo ajratib turiladi. Ichak o‘rta qismining tashqi devori bir-biriga yaqin turgan uzunasiga va ko‘ndalangiga joylashgan ko‘p sondagi halqali muskullar bilan o‘ralgan: bularning ustida bir ichak oxiridan boshqa ichakka o‘tuvchi uzunasiga ketgan muskullar bog‘lami o‘tadi. Halqali va uzunasiga ketgan muskullar o‘zaro tutashgan. Uzunasiga ketgan muskullar yo‘g‘on (halqali muskulga nisbatan) bo‘lib orqa va qorin tomondagi ichakning ustki devorida joylashgan, shuning uchun bu yerdagi ichakning devori ichki tomonga qarab birmuncha botgan bo‘ladi.
Ichako‘rtaqisminingengoxirida, ya’ni oxirgiqismchegarasida, bittahalqali klapan bor. Bu klapan o‘zining tuzilishi bilan tomoq o‘tkazgich chegarasida joylashgan klapanni eslatadi, lekin yaxshi rivojlanmagan. Bu klapandan keyin ichakning keyingi qismi boshlanadi. Ichakning keyingi qismida bir-biridan keskin farq qiluvchi ingichka ichak, ko‘r ichak yoki yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichaklar bor. Ingichka ichak tor va qisqa bo‘lib, orqa tomoniga qarab ingichkalashib boradi. Ichak bo‘shab qolganda uning epiteliysi burma hosil qiladi, bu burma ichak oziq massasi bilan to‘lganda tekislanadi. Ingichka ichak Malpigiev naylarining chiqarish yo‘llari joylashgan. Halqali muskullar ingichka ichakning hamma tomonini qoplamaydi, lekin ayrim yerlarda ingichka ichak devoriga birikadi. Bu yerda halqali muskullar tarnovchalar hosil qiladi, bular muskullar qisqarganda kichkina naychalarga aylanadi. Malpigiev naylari ajratgan mahsulotlar naychalardan ingichka ichakka, hatto ichak teshiklari torayishiga qaramasdan osongina o‘tadi. Ingichka ichakdan keyin juda uzun yoki ko‘r ichak boshlanadi. Ko‘r ichakda uzunasiga ketgan oltita burmaning o‘rta qismida – ko‘ndalang kesim (to‘siq) bor. Ko‘ndalang kesim borligi uchun yo‘g‘on ichak yulduzsimon formaga ega. Bu burmalarning tashqarisidan ichkarisiga qarab uzunasiga ketgan kuchli muskullarning oltita bog‘lami o‘tadi. Yo‘g‘on ichakning boshida, o‘rtasida va oxirida hamda tashqi tomonida baquvvat muskullarning uchta halqasi joylashgan. Bu halqalar orqa ichakning bu qismini katta kuch bilan siqa oluvchi qisqich hosil qiladi. To‘g‘ri ichak to‘g‘ri nayga o‘xshash bo‘lib, yo‘g‘on ichak bilan orqa chiqaruv teshigi o‘rtasida joylashgan. Uning halqali va uzunasiga ketgan muskullari kuchsizdir. Uzunasiga ketgan muskullar orqa chiqaruv teshigi bilan bog‘liq bo‘lib, uni ochib, yopadi. Ichakning keyingi qismining uchala qismi devorining ichki tomonida xitinli modda qavati yotadi, buning ketidan epitelial hujayralar qavati joylashgan bo‘lib, ustida bazal membrana bo‘ladi. Ichak devorining muskullar ta’sirida qisqarishi natijasida ovqat hazm qilish yo‘lidagi oziq suriladi. Bu qisqarish ritmik ravishda bo‘lib, keng vaqt oralig‘ida ichak oziqqa to‘la yoki yo‘qligidan qat’iy nazar ichak bo‘ylab to‘lqinsimon ravishda tarqaladi. Ichakning izchil qisqarishi o‘rtasidagi oraliq vaqt 210 C da o‘rtacha 3-4 sekundni tashkil etadi. Bu qisqarish tana muskullaridan boshlanadi, so‘ngra oldingi qismning muskulli qobig‘iga tarqaladi, undan o‘rta qismga, nihoyat ichakning oxiri- to‘g‘ri ichakka o‘tadi. To‘g‘ri ichakning qisqarishidan orqa chiqaruv teshigi orqali chiqindi ajraladi. Bargbo‘lagi tomoq orqalio‘taturib, tomoqo‘tkazgichdagi tomoqo‘tkazgich klapani oldida to‘planadi va yuqorida qayd qilingan ovqat hazm qilish yo‘lining to‘lqinsimon qisqarishi ta’sirida oziq massasi porsiya-porsiya bo‘lib ichakning o‘rta qismiga o‘tadi. Bu yerda ovqat hazm bo‘ladi va organizm uchun zarur moddalar qabul qilinadi. Download 379.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling