Ipak qurtini boqishda qo’llanalidigan sun’iy ozuqa


Download 379.16 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi379.16 Kb.
#1609284
  1   2   3
Bog'liq
Ipak qurtini boqishda qo’llanalidigan


Ipak qurtini boqishda qo’llanalidigan
sun’iy ozuqa

Har bir tirik organizmning asosiy hayot faoliyati moddalar almashinuvidan


iborat. Moddalar almashinuvida, organizmni o‘rab olgan tashqi muhitdan bir moddani qabul qilib, uni o‘zlashtirish va u organizm tomonidan ikkinchi bir -keraksiz moddani ajratib chiqarish tushuniladi.
Modda almashinuvi moddalarning o‘zaro o‘tishi, bir turdan ikkinchi turga aylanishi, moddalar sostavining o‘zgarishi faqatgina tirik organizmga xos emas. Anorganik tabiatdagi hamma narsa to‘xtovsiz o‘zgarib (kristallarning o‘sishi, adsorbsiya hodisasi, turli xil kimyoviy sintezlar) turadi. Shu bilan birga anorganik jismlar to‘xtovsiz bo‘linib, maydalanib va soddalashib turadi.
F.Engels “Anti-Dyuring” asarida tirik organizmva o‘lik jismlarda bo‘ladigan moddalar almashinuvidagi qat’iy farqni ko‘rsatib o‘tadi. F.Engelsning xarakteristikasiga ko‘ra, hayot hodisalarining hamma tirik mavjudotlarda bir xil bo‘lishiga sabab, eng avvalo,oqsil moddalar tashqi muhitdan o‘zi uchun mos bo‘lgan boshqa moddalarni oladi va ularni o‘zlashtiradi; bunda tananing birnecha keraksiz qismlari parchalanadi va ajralib chiqadi. Tabiiy jarayon natijasida anorganik jismlar ham o‘zgaradi, parchalanadi yoki umumlashadi, lekin hech qachon asl holiga aylanmaydi. Masalan, nurab tushgan qoya, endi avvalgi qoya bo‘la olmaydi, metall oksidlanishi natijasida zangga aylanib qoladi.
Tirik organizm va anorganik jismlarda bo‘ladigan moddalar almashinuvi shu bilan farq qiladiki, moddalar almashinuvi jarayoni natijasida anorganik jismlar emiriladi, tirik organizmda bo‘ladigan moddalar almashinuvi esa ularning yashashi uchun zarur sharoitdir.
F.Engels tirik organizm tanasida yuz beradigan moddalar almashinuvining sifat xususiyatlari uning tashqi muhitdan o‘zi uchun muvofiq keladigan moddalarni olish, ularni o‘zlashtirish layoqatiga bog‘liq, deb qaradi. Tirik organizmning tashqi muhit moddalariga nisbatan bunday tanlab olish xususiyati uning anorganik tabiatdagi jismlardan farq qiladigan muhim xususiyati hisoblanadi.
Tirik organizmda bo‘ladigan moddalar almashish jarayoni juda turli-tuman va murakkabdir.
Materialist biologlar moddalar almashinuvi hayotning hamma, ya’ni eng

soddadan to eng murakkabgacha bo‘lgan omillarini belgilaydi deb, hisoblaydi. «Organizm shubhasiz,- deb yozadi Engels,- o‘zida bir butun mexanikani, fizikani va kimyoviy bog‘lab turuvchi eng oliy birlikdir, shunday ekan, bu uchlikni bir-biridan mutlaqo ajratib bo‘lmaydi. Organizmda mexanik harakat oziqlanish, nafas olish, ayirish va boshqalar, hatto muskullar harakati ham tug‘ridan-tug‘ri fizikaviy va ximiyoviy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi».


Binobarin, asosiy hayot mexanik, fizik va kimyoviy jarayonlarning ajralmas yig‘indisi hisoblanadi, buning natijasida organizm bilan uni o‘rab olgan tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi yuz beradi. Agar tashqi muhit bu jarayonlarning borishiga hal qiluvchi ta’sir etsa, bunda organizm ham o‘z faoliyati bilan tashqi muhitga ta’sir etadi. Tashqi muhit bilan organizm o‘rtasidagi birlik ana shundan iboratdir.
Organizmlar va tashqi muhit o‘rtasidagi hamda organizm ichidagi moddalar almashinuvi turli formada bo‘ladi. Oziqlanish, nafas olish, qon aylanish, nervlar faoliyati, muskullar yordamida amalga oshadigan harakatlar, sekret ishlab chiqarish va ayirish vazifalari, bioelektrik hodisalar va boshqa moddalar almashinuvining asosiy va umumiy formasi bo‘lib hisoblanadi. Harakat deganda, bunday holatda hayvon butun tanasining o‘zgarishinigina emas, balki organizm ichidagi harakatlantiruvchi hamma jarayonlarni tushunish lozim. Bunday jarayonlar ichak yo‘li muskullarining qisqarishi natijasida oziqning siljishi, qonning tomirlarda oqishi, nafas olish faoliyati, organizm ichida hamma moddalarning organdan-organga, hujayradan-hujayraga o‘tishi, turli xil chiqindi va mahsulotlarning organizmdan tashqi muhitga chiqarib yuborilishi va boshqalar (qurtda -ekskrement, ipak chiqarish, po‘st tashlash vaqtida tashlanadigan po‘st va boshqalar)dan iborat.
Moddalar almashinuvi bu ko‘p jarayonlardir, bunda bir butun organizm, uning hamma organlari va har bir hujayralari alohida ishtirok etadi.
Tirik organizmning normal hayot faoliyati uchun har bir alohida organda, har bir alohida hujayrada bo‘ladigan jarayonlarning hammasi bir-biriga muvofiq
kelishi kerak. Ayrim organlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini nerv tizimi

ham bajaradi. Bu to‘g‘rida biz oldingi boblarda gapirgan edik.


Moddalar almashinuvini umumiy belgilariga qarab, quyidagi asosiy jarayonlarga bo‘lish mumkin:


1) organizm uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarning tashqi muhitdan qabul qilinishi;
2) bu moddalarning o‘zlashtirilishi, ya’ni ularning tana tarkibida mavjud bo‘lgan kimyoviy elementlar o‘rniga almashinishi yoki ulardan tananing yangi tarkibiy qismlarining tuzilishda yoki bo‘lmasa dastlabki ikki maqsad uchun energiya manbai sifatida foydalanish;
3) tana tarkibiga kiruvchi va yangi qabul qilingan elementga almashgan hamda energiya olish uchun foydalanilgan moddalarning oksidlanishidan hosil bo‘lgan parchalanish mahsuloti hisoblangan kimyoviy elementlarning ajralib chiqishi.
Oziq moddalari ikkita asosiy, ya’ni qattiq va suyuq formada qabul qilinadi (ko‘pincha qattiq va suyuq qismlar kompleksidan iborat bo‘ladi). Bular oziq holida va gazsimon holda (kislorod va suv bug‘lari tarzida) foydalaniladi.
Oziq moddalarini o‘zlashtirish, ya’ni tashqi muhitdagi moddalarning organizm tarkibiga kiruvchi moddalarga aylanishi, moddalar almashinuvining markaziy jarayoni hisoblanadi. Modda almashinuvi birinchi tomondan oziqni qabul qilish (kemirish, chaynash, so‘rish va boshqalar), uni parchalash va o‘zlashtirishga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat. Bularning hammasi ovqat hazm qilishdir; ikkinchi tomondan esa nafas olishdir; bu jarayon natijasida organizmga kislorod va suv bug‘lari kiradi, bularsiz ovqat bilan birga kirgan moddalar hazm bo‘la olmaydi.
Ovqat moddalarining parchalanishi shuning uchun zarurki, organizm murakkab organik moddalardan iborat bo‘lgan oziq-oqsil, uglerod va yog‘lardan bevosita foydalana olmaydi; ularning uncha murakkab bo‘lmagan moddalarga parchalanishi suvda erib ketishiga imkon beradi, oziq moddalari shunday eritma ko‘rinishida ichak devorlariga so‘riladi, so‘ngra olingan oziq moddalari
gemolimfaga o‘tib, u orqali organlarga, to‘qimalarga va ayrim hujayralarga boradi;

oziq tarkibidagi oddiy moddalar, bu yerda oqsil, uglevod va yog‘larning mazkur organizm uchun xos bo‘lgan formasini hosil qilish uchun qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Bu moddalar mazkur organizm hujayrasi va uning qismlarining hosil bo‘lishida hujayralarning maxsus suyuqlik ajratishida va, nihoyat, organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy va issiqlik energiyasi hosil bo‘lishida yordam beradi.


Moddalarning bunday o‘zgarishi nafas olish vaqtida olinadigan kislorod ishtirokida bo‘ladi. Natijada parchalangan oqsillardan, faqatgina aminokislotalar hosil bo‘ladi. Bu aminokislotalardan yangi oqsillargina emas, balki boshqa organik birikmalar uglevodlar va yog‘lar ham hosil bo‘lishi mumkin. Organizm o‘zi uchun zarur bo‘lgan organik moddalarni eng oddiy moddalardan sintez qilib oladi. Bunda sintezlarni laboratoriya sharoitida hozircha mutlaqo qilib bo‘lmaydi, chunki organizmda juda kam energiya sarf bo‘lgani holda haddan tashqari tez sintez jarayon yuz beradi.
Moddalar almashinuvining boshqa bir bosqichi parchalanish hisoblanib, buning natijasida birinchidan to‘qima va hujayralar hosil bo‘lgan moddalar, ikkinchidan, oksidlanishidan organizm uchun zarur bo‘lgan energiya beruvchi moddalar hosil bo‘ladi va parchalanish mahsulotlari ajralib chiqadi. Lekin parchalanish mahsulotlari hamma vaqt ham tanadan tezda chiqarib tashlanadigan oddiy chiqindilar hisoblanmaydi. Bularning ko‘pchiligi organizmning normal faoliyati uchun juda zarurdir. Masalan, teri qoplami, uning kutikula qavati terining hujayrali qavatini tashkil etuvchi hujayra dissimilyasiyasining mahsuloti hisoblanadi; po‘st tashlash vaqtida u ham qurt tanasidan ajralib tashqi muhit moddasiga aylanadi. Lekin tushib ketgunga qadar u skelet rolini va organizmni tashqi muhitning noqulay omillaridan (ayniqsa, organizmga mikroblar kirishdan saqlaydi) himoya qilish rolini o‘ynaydi.
Qurtda moddalar almashinuvining bunday jarayonda borishiga muvofiq keladigan ixtisoslashgan qator organlar mavjud. Oziqni kemirish va yutish
vazifasini og‘iz bo‘shlig‘i, unga tutashgan jag‘lar va og‘izning boshqa qismlari

bajaradi. Oziq ichakda hazm bo‘ladi va so‘riladi. Ichakning orqa qismida esa chiqindilarning bir qismi to‘planadi va chiqarib tashlanadi. Tashqi muhitdan gazsimon moddalarning yutilishi va ularning ajralib chiqishi nafas olish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ichak so‘rib olgan oziq moddalar qon aylanish tizimi orqali tananing hamma qismiga yetib boradi.Gemolimfada qisman oraliq almashinuv bo‘lib o‘tadi, ya’ni organizmga kirgan birikmalar, hujayralar ko‘proq foydalana oladigan boshqa formaga aylanadi va boshqa organlardagi ortiqcha oziq moddalari, oziq moddalar yetmagan organlarga qisman sintez qilinadi. Gemolimfaga hujayralardan parchalanishning asosiy mahsulotlari kelib tushadi, buni u maxsus ayiruvchi organlar- Мalpigiev naylariga va yog‘ tanachalariga yetkazib beradi; parchalanishdan hosil bo‘lgan gazsimon mahsulotlarning bir qismini- SO2 va suv parlarini gemolimfa tashqi teri qoplamiga yetkazsa, bu yerdan ular tashqariga chiqarib yuborilishi kerak.


Oziqlanish organizmlar bilan tashqi muhit o‘rtasida boradigan moddalar almashinuvining muhim jarayonlaridan biridir.
Tirik organizmlarning hammasi ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga anorganik moddalarni o‘zlashtira oladigan va ularni «qayta ishlab» o‘z organizmini tuza oladigan organizmlar kiradi. Bu gruppaga, asosan, oziq moddalarini o‘zlashtirish uchun quyosh nuridan energiya manbai sifatida foydalanadigan o‘simliklar, o‘simliklar kabi anorganik moddalar (asosan, karbonat angidrid)ni o‘zlashtira oladigan bakteriyalarning ayrim turlari kiradi. Bu bakteriyalar boshqa ichki oksidlanish jarayonlari natijasida hosil bo‘lgan energiyadan kimyoviy ichki reaksiyalar uchun energiya manbai sifatida foydalanadi. Anorganik moddalarning organik moddalarga aylanishi uchun quyosh nurlari energiyasidan foydalanish jarayoni fotosintez, ichki kimyoviy jarayonlar natijasida ajralib chiqarilgan energiyadan foydalanish esa
Download 379.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling