Ipak Yo’li Banki
Download 164.23 Kb.
|
Abdumannonova Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. “Ipak Yo’li Banki” AITB Farg’ona filialli foydalaniladigan elektron tijorat sektori va tizim faoliyatini belgilovchi faktorlar------------------- 14
- Xulosa-------------------------------------------------------------------------------- 25 Foydalanilgan adabiyotlar------------------------------------------------------ 28
- Ipak Yo’li Banki” AITB Farg’ona filiallining tashkiliy tuzilmasi
Reja: Kirish--------------------------------------------------------------------------------- 1 1.“Ipak Yo’li Banki” AITB Farg’ona filiallining tashkiliy tuzilmasi---- 4 2. Elektron tijoratning asosiy modellari va tamoyillari-------------------- 7 3. “Ipak Yo’li Banki” AITB Farg’ona filialli foydalaniladigan elektron tijorat sektori va tizim faoliyatini belgilovchi faktorlar------------------- 14 4. “Ipak Yo’li Banki” AITB Farg’ona filialli Internet-banking dasturiy tizimi--------------------------------------------------------------------------------- 17 Xulosa-------------------------------------------------------------------------------- 25 Foydalanilgan adabiyotlar------------------------------------------------------ 28 Kirish Men Abdumannonova Xushnoza Abduhayot qizi 2022-yilning 30-mayidan 30-iyuligacha Oliy ta'im muassasalarida ta'lim oluvchi talabalar mutaxassislik fanlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabridagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan qaroriga ko’ra “Ipak Yo’li Banki” Farg’ona filiallida o’z amaliyotimni o`tadim. Amaliyot davomida bank faoliyati tuzilishi bilan yaqindan tanishdim. Bu borada menga amaliyot davomida bank xodimlari va internet-banking mutaxasislari yaqindan yordam berishdi. Bank xizmatlarini yaqindan o`rgandim. Ikki haftalik amaliyot davomida men firmaning internet banking bo`limini yaqindan o`rgandim. Bank "Internet banking" xizmati mijozlarga online-to’lov shaklida bank hizmatlari uchun, soliq, davlat bojlari uchun hamda boshq to’lovlarni bank binosiga kelmagan holda, masofadan turib amalga oshirish imkonini beradi. Amaliyot mobaynida o’quv yili davrida auditoriyada ustozlarimdan olgan nazariy bilimlarimni amaliy tajribada foydalanish imkoni bo’ldi. “Ipak Yoʻli” banki Oʻzbekistondagi xususiy banklar ichida 2-oʻrinda turuvchi eng yirik universal tijorat banki hisoblanib, u aktivlari hajmiga koʻra mahalliy 31 bank ichida 12-oʻrinda turadi. Mazkur bank oʻzining aktivlari va kreditlari boʻyicha bozorning 2 foizini egallaydi. “Ipak Yoʻli” banki MKOʻBK va GEFF kredit liniyalari, TFP va RSF kabi vositalar yordamida oxirgi qarz oluvchi hisoblangan xususiy korxonalarni kreditlash sohasida YTTBning faol hamkori hisoblanadi. Mazkur bank aksiyalarining boshqaruv paketi Oʻzbekiston xususiy sektorida faoliyat koʻrsatuvchi aksiyadorlarga tegishli. Shuningdek, “Ipak Yoʻli” bankining 29 foiz aksiyasiga uchta xalqaro moliyaviy muassasasi (XMM), 16 foiz aksiyasiga esa Oʻzbekiston hukumati (ikkita davlat korxonasi orqali) egalik qiladi. “Ipak Yo’li Banki” AITB Farg’ona filiallining tashkiliy tuzilmasi "Ipak Yo'li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki 1990 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, bank litsenziyasi asosida ishlaydi. Bosh ofis Toshkent shahrida joylashgan. 2013 yildan beri Bankning aktsiyadori Osiyo taraqqiyot banki hisoblanadi. Ushbu bitim OTBning Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi sarmoyasi bo'ldi. 2020 yil ortasida - Germaniyaning taraqqiyot moliya instituti DEG-Deutsche Investitions-und Entwicklungsgesellschaft mbH va Triodos Investment Management (o‘zining Triodos Microfinance Fund orqali) «Ipak Yo‘li» AITB aksiyadorlik kapitaliga deyarli 25 million AQSh dollariga teng investitsiya kiritishdi. Investorlar yangi chiqarilgan aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan bankning aksiyadorlik kapitalidagi minoritar ulushini qo‘lga kiritdi, bu ularning O‘zbekistondagi bankning aksiyadorlik kapitaliga kiritgan ilk investitsiyasi hisoblanadi. O'zbekistondagi tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish natijalariga ko'ra, uning faoliyati ko'lami bo'yicha "Ipak Yo'li" banki 2021-yilning birinchi yarmida 13-o'rinni egallab turibdi, bozor ulushi 2,03 foizni tashkil etdi. Bank o'z faoliyatini quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha olib boradi: Kichik va xususiy tadbirkorlik; Korporativ biznes; Chakana biznes; Moliyaviy institutlar; Investitsion biznes. "Ipak yo'li" banki Toshkent shahrida va O'zbekiston Respublikasi viloyatlarida jami 16 ta filialga ega. Hozirgi vaqtda bizda viloyatlarda 8 ta filial, shuningdek Toshkent shahrida 8 ta filial, 36 ta mini-bank va 24 ta maxsus kassalar, 10 mingdan ortiq terminallar mavjud va 2019 yil davomida biz butun O'zbekiston bo'ylab 400 dan ortiq bankomatlar o'rnatdik va uladik. Bank mahsulotlari va xizmatlari aksariyat mintaqalarda taqdim etilgan, bundan tashqari, kelgusi 3 yil davomida Bank strategiyasiga muvofiq, mintaqalarda yana bir nechta filiallar ochilishi rejalashtirilgan. Bankning raqamli kanallariga «Ipak Yo`li Mobile», «Biznes uchun Ipak Yo`li Mobile» mobil ilovalar va Internet Banking xizmati kiradi. 2017 yilda Bank respublika banklari ichida birinchilardan bo'lib, mijozlarga bir qator masofaviy xizmatlarni olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida, bankning raqamli kanallarini joriy etdi, xususan, uyali telefonlar va Internet-banklar uchun bank dasturini ishga tushirdi. Kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-son Qarori hamda 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2-kurs, 5232800 - “Elektron tijorat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarida fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi uchun tanishuv amaliyoti bo’yicha dastur tayyorlandi. Dastur, mutaxassislik fanlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabridagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan. Tanishuv amaliyotida talabalar electron tijorat bo‘yicha muayyan darajada egallagan nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitib, amaliy ko‘nikmalarni hosil etish va nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlaydi. Fikrimcha, bugungi globallashuv, elektronlashuv davrida mamlakatimizdagi har bir sektorni raqamlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan davlatlar amalyotiga nazar tashlar ekanmiz, raqamlashtirish orqali ham vaqtdan ham masofadan yutish mumkinligiga guvoh bo’lamiz. Shunday ekan hattoki O’zbekistoning eng kata sektorlaridan tortib, eng kichik sektorlarigacha elektron muhitni kiritilishiga harakat qilish biz kadrlarning vazifamizdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, sekin asta fuqarolarimizda raqamli iqtisodiyot tushunchasi shakllanib bormoqda. Fuqarolar arizalarini ham elektron tarzda, masofadan turib qabul qilish, muammolarini hal qilishga harakat qilinmoqda. O’zbekistonda ham Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bu sohani rivojlantirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yanada takomillashtirish masalariga alohida to’xtalib o’tdilar. Buning misoli tariqasida davlatimiz rahbari tomonida tashkil etilgan va global mashtabda xizmat ko’rsatayotgan elektron kutubxona pm.gov.uz. Fuqorolar bu portal orqali to’g’ridan to’g’ri murojat qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Yana bitta asosiy va o’ringi portal bu – my.gov.uz. Bu portal orqali yuridik va jismoniy shaxslar barcha masalalarini Internet orqaliamalga yechishga ega bo’lyaptilar. Bularning barchasi bizning mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarni yada rivojlantirishga olib keladi. Barcha sohalarda zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda yangi ish o’rinlar yaratish va ishning samaradorligini oshirish masalalari birinchi o’rinda bo’lib qo’ldi. Raqamli platformalarni rivojlantirish jarayoni jadallik bilan rivojlanmoqda. Raqamli plarformlar juda ko’p, leykin hozirgi kunda mamlakatimizga yoslarga o'zlarining xohish-istaklarini ifoda etish imkoniyatini beradigan U-Report platforma ishga tushurildi. Birinchi savdo platformasi B2B elektron tijorat qatnashchilari uchun Prom.uz samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bizning bank Sizga zamonaviy bank xizmati turlaridan biri hisoblangan «Internet-banking» elektron to‘lov tizimi bilan tanishishni va undan foydalanishni taklif etadi. «Internet-banking» — bu kompyuter dasturiy tizimi bo‘lib, u mijozga ofisdan chiqmagan holda, kommunikatsiya aloqa kanallaridan foydalanish, o‘zining bank hisobraqamini boshqarish va nazorat qilishda keng imkoniyatlarni yaratadi. “Ipak Yo’li” bank o’z mijozlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: • Jahon andozalariga mos bank xizmat turlaridan foydalanish; • Biznes faoliyatingizni tezkor boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish; • Bank hisobraqamingiz holati haqida to‘liq va tezkor ma’lumotga ega bo‘lish; • O‘z faoliyatingiz natijalarini doimo kuzatib borish va tahlil qilish; • Vaqt va moddiy resurslaringizni tejash. «Internet-banking» dasturiy tizimi Sizga quyidagi qulayliklarni yaratadi: • Ofisdan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati evaziga vaqtingizni va mablag‘ingizni tejash; • Real vaqt sharoitida to‘lovlarni amalga oshirish; • Hisob raqamlaringizning holati to‘grisida batafsil ma’lumot olish; • Bankdan har qanday uzoqligingizdan qat’iy nazar, doimo hisob raqamingiz haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish. Download 164.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling