Ipak Yo’li Banki


Elektron tijoratning asosiy modellari va tamoyillari


Download 164.23 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi164.23 Kb.
#1213515
1   2   3   4
Bog'liq
Abdumannonova Hisobot

2. Elektron tijoratning asosiy modellari va tamoyillari
Iqtisodchi-olimlar elektron tijoratni turli guruhlar bo‘yicha bir nechta turlarga ajratib chiqishgan ulardan eng ommabopi iste’molchilar guruhiga qarab turlarga ajratishdir.1

Yuqoridagi jadvalda Elektron tijoratning asosiy modellari keltirilgan.Endi ularga birma bir to’xtalib o’tsam.
B2B-sxemasi yoki biznesdan-biznesga. B2B-sxemasida biror korxona, ya’ni yuridik shaxs ikkinchi bir korxona bilan elektron savdo-sotiqni amalga oshiradi. U bugungi kunda elektron tijoratning eng yirik hajmli, eng tez rivojlanayotgan hamda isiqbolli yo‘nalishi sanaladi. Maxsus ishlab chiqilgan internet-platformalar kompaniyalarga bir-birlari bilan turli tijorat operatsiyalarini amalga oshirishlarida barcha bosqichlarda qo‘l kelmoqda. Bunday platformalar ikki kompaniya o‘rtasidagi biznes-tranzaksiyalarining operativ ravishda amalga oshirilishiga yordam beribgina qolmay, savdo-sotiqning nisbatan ochiq, ya’ni shaffof bo‘lishiga ham yordam bermoqda.
Business-to-Business (B2B) modeli kompaniyalar o‘rtasida tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida amaliy ishlarni tashkil qilishga yo‘naltirilgan bo‘limni o‘zida aks ettiradi. Elektron savdoning bu bo‘limi korporativ mijozlar o‘rtasida xom-ashyo, yarim-tayyor mahsulotlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun yordamchi mahsulotlar savdosi bilan birgalikda savdodagi sheriklarning zaruriy integratsiyasini ta’minlovchi ma’lumotlarni yig‘ish va uzatishning maxsus tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan ham shug‘ullanadi.2
Biznes tijorat-tijoratga (B2B):

  1. internet-reklama xizmatlari;

  2. sohaviy elektron savdo maydoni;

  3. elektron bozorlar;

  4. autsorsing elektron to‘lov tizimi;

  5. virtual tashkilotlar;

  6. elektron birjalar;

  7. elektron auksionlar; internet-treydinglar;

  8. e’lonlar taxtasi;

Mukammal holatda B2B model bo‘yicha elektron tijorat yuritish tadbirkorlarning avtomatik o‘zaro aloqadorligini ko‘zda tutadi. Xorijda B2B andozasi 40 yil oldin paydo bo‘lgan va keng tarqalgan. B2B andozasidan foydalanishning ikki ko‘rinishi bor:
1 - ikki yoki undan ortiq korxonalar o‘zaro turli xil shartnomalar tuzadi. Misol: korxonalar Internet orqali shartnoma tuzishda o‘z takliflarini yuborishlari, hisob varaqalarini qabul qilishlari va to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
2 - B2B sektorida elektron tijorat yuritishning rivojlangan tizimlarining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, korporativ axborot tizimlari bilan integratsiya hisoblanadi. Shunday qilib, istiqbolda, nafaqat xarid va sotuv jarayonining avtomatlashuvi, balki korxona boshqaruvining kompleks avtomatlashuvi masalalari yechimi ham ta’minlanadi.
B2G-sxemasi yoki biznesdan-hukumatga. Bugungi kunda elektron tijorat nafaqat korxonalar va mijozlar o‘rtasida mavjud bo‘libgina qolmay, balki tomonlarning biri sifatida davlatning ishtiroki ham sezilarli darajada oshib bormoqda. Bunda, gap tadbirkorlar hamda iste’molchilarning hukumat organlari bilan o‘zaro aloqalari haqida ketmoqda. Masalan, so‘nggi paytlarda hukumatning soliqqa tortish operatsiyalari, turli hujjatlarni to‘ldirish, turli mahsulotlar uchun buyurtmalarni yuborish, bojxona bilan ishlash kabi holatlarda ham internet-texnologiyalar faol qo‘llanilmoqda. Bu bir tomondan hukumat idoralarida ishlovchi xodimlarning ishini yengillashtirsa, ikkinchidan qog‘ozbozlik kabi illatlarning oldini olishda juda qo‘l kelmoqda. Misol uchun AQSh hukumati davlat xaridlari rejasiga kiritilgan tovar va xizmatlar ro‘yxatini Internet orqali e’lon qiladi, unga qiziqqan kompaniyalar esa o‘z takliflarini elektron ko‘rinishda yuboradi. Maxsus ishlab chiqilgan tizim kompaniyalar yuborgan takliflar ichidan eng ma’qulini tanlaydi va hukumat u bilan shartnoma tuzadi.
B2C-sxemasi yoki biznesdan-iste’molchiga. B2C-sxemada korxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri mijoz bilan, ya’ni jismoniy shaxs bilan muomala qiladi. Bunga misol sifatida chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi internet-do‘konlarni olishimiz mumkin. Tijoriy operatsiyalarning bunday usulda amalga oshirilishi mijozga mahsulot yoki xizmatni xarid qilish jarayonini soddalashtirish hamda tezlashtirish imkonini beradi. Chunki, Internet orqali xarid qilinganda kerakli mahsulotni sotib olish uchun ko‘chaga chiqish, do‘konga borish uchun vaqt sarflash shart emas. Shunchaki, sotuvchining saytiga kirib, kerakli mahsulotning xarakteristikasi bilan tanishib, kerakli konfiguratsiyani tanlab, uni uygacha yetkazib berish sharti bilan sotib olish mumkin.
C2C-sxema yoki iste’molchidan-iste’molchiga. C2C-sxemada ikkita iste’molchi bir-biri bilan savdo-sotiqni amalga oshiradi. Bunda ularning hech biri yuridik ma’noda korxona maqomiga ega bo‘lmaydi. Ammo, C2C-sxemada elektron tijoratni amalga oshirish uchun maxsus internet-maydoncha, ya’ni vositachi sayt bo‘lishi lozim. Odatda, C2C-sxemadagi tijoriy operatsiyalar internet-auksion saytlarida amalga oshiriladi. Bunday turdagi saytlar ichida hozirda AQShning “eBay” internet-auksioni butun dunyo bo‘ylab mashhurdir.
Yuqoridagi modellar elektron tijoratning asosiy modellari hisoblansada, axborot texnologiyalarini rivojlanishi oqibatida hozirgi kunimizga kelib bu 4 model tashqari yana bir necha modellar yo’lga qo’yilmoqda.Masalan,
Iste'mol biznesi (C2B) - Elektron tijoratning ushbu turi asoslangan loyihalarda juda keng tarqalgan kroudsorsing. Ko'pgina odamlar o'z xizmatlarini yoki mahsulotlarini ushbu turdagi xizmatlarni yoki mahsulotlarni qidirayotgan kompaniyalar orasida sotib olish uchun mavjud qilishadi.Ushbu amaliyotga misollar dizaynerlar kompaniya logotipining bir nechta variantini taqdim etadigan va ulardan biri tanlangan va sotib olingan saytlardir.Ushbu savdo turida juda keng tarqalgan boshqa platformalar fotosuratlar, rasmlar, multimedia va dizayn elementlarini sotadigan bozorlardir.
Biznes-davlatga (B2G) -davlat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni elektron savdoda sotib olishda ishtirok etish, davlat buyurtmalarini bajarish, soliq, statik, bojxona va boshqa turdagi hisobotlarni taqdim etish.
Iste'molchi-davlatga (C2G) - jamoat tarkibi fikrini bilishda ishtirok etish, soliq to‘lash, soliq yig‘ish va jarima to‘lash, buyurtma, shikoyat, fuqaro murojaatlarini taqdim etish.
Davlat-Iste'molchiga(G2C) -ijtimoiy xizmat tizimi (nafaqa, moddiy yordam, imtiyozlar va x.z.); kommunal xizmat tizimi, yuridik va axborot-ma’lumot xizmati, axborot tizimi.

3. “Ipak Yo’li Banki” AITB Farg’ona filiallida foydalaniladigan elektron tijorat sektori va tizim faoliyatini belgilovchi faktorlar


Amaliyot o’talgan “Ipak Yo’li Banki” AITB Farg’ona filialli asosan elektron tijoratning B2B va B2C modeli bo’yicha faoliyat yuritadi. Bankda mijozlarga qulay sharioit yaratish maqsadida masofadan turib online navbat olish tizimi yo’lga qo’yilgan bo’lib, u o’ziga xos qulaylikka ega. Shuningdek, navbatlar ko’payishi va mijozlarini vaqtini behuda sarflashini oldini olishga ulkan hissa qo’shadi. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida biz elektron navbat tizimi bilan jihozlangan bank filiallariga tashrif buyurish uchun kerakli vaqtga oldindan navbat olishga mo‘ljallangan onlayn bron qilish tizimini joriy qildik. Bu mijozlarimizga navbatda kutib o‘tib o‘tirmay, vaqtini tejab qolish imkonini beradi.
Navbatni bron qilish uchun oddiy ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish paytida siz kerakli bank filialni va tashrif buyurishda foydalanmoqchi bo‘lgan xizmatni tanlashingiz mumkin. Bron qilish tasdiqlanganidan so‘ng mobil telefon raqamiga bronlash ma’lumotlari, jumladan, maxsus kod yozilgan xabar keladi. Ushbu kod elektron navbat terminaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri filialning o‘zida, biroq Siz belgilagan vaqtdan 15 daqiqadan kechiktirmagan holda kiritilishi kerak. Kodni bankdagi terminalga kiritganingizda, sizga belgilangan vaqtda xizmat ko‘rsatishga imkon beradigan raqamni olasiz.
Bundan tashqari, Elektron chipta olish imkoniyati mavjud.

Download 164.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling