Ipak Yo’li Banki


Download 164.23 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2023
Hajmi164.23 Kb.
#1213515
1   2   3   4
Bog'liq
Abdumannonova Hisobot

Elektron chipta – bu xizmat ko‘rsatish chiptasini qog‘oz shaklidagisi o‘rniga elektron formatda olish imkoniyati.
Bank filialiga yetib kelishdan bir necha daqiqa oldin yoki hali yo‘lda vaqtingizdayoq xizmat turini tanlash va chipta berish terminaliga bormasdan turib, mobil qurilma orqali elektron chipta olishingiz mumkin. Bularning barchasini saytning o‘zida, hech qanday qo‘shimcha ilovalarni yuklab olmasdan turib amalga oshirishingiz mumkin.
Xizmat turini tanlab, telefon raqamini kiritilganda, tizim sizga chipta yuboradi. Uni bank operatoriga ko‘rsatish kifoya.
«Ipak Yo‘li» banki internet-ekvayring bo‘yicha qulay xizmatni taklif etadi. U Internetdagi xizmatlar va tovarlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun xalqaro va mahalliy to‘lov kartalarini kompaniya saytining o‘zida qabul qilish imkonini beradi. Bu masofadan turib mijozdan to‘lovni qabul qilishning eng oddiy va xavfsiz usulidir. 
Internet-ekvayring butun dunyodan yangi buyurtmachilarni jalb qilish uchun baza yaratish, hisob-kitob tezligini oshirish hamda hisob-kitobda qalbaki pullarni qabul qilish yoki xatoga yo‘l qo‘yish kabi xavflardan himoya qilish imkonini beradi. Haridorlar uchun ushbu sxema shunisi bilan qulayki, u haridorga mahsulotni istalgan vaqtda va internet mavjud bo‘lgan har qanday joyda sotib olish imkonini beradi. Ayni damda unga to‘lov yuborilgani va qabul qilingani haqida xabar ham keladi. 
Barcha tushumlar sizning shaxsiy kabinetingizda ko‘rinadi va muntazam yangilanib turiladi. Shunday ekan, siz internet haridlaringiz, alohida olingan tovar yoki xizmatlar samaradorligi haqida doimo xarbardor bo‘lib turasiz. 
Internet-ekvayring uchun to‘lov olinmaydi, bank faqat har bir amalga oshirilgan operatsiya uchun UzCard va Humo mahalliy kartalari tranzaksiyasidan 0,8%, Visa va Mastercard xalqaro kartalari transkasiyasidan 4% ushlab qoladi.
Muvaffaqiyatli bo‘lish juda oson: Internet-ekvayring xizmatiga ulanish uchun talabnomani to‘ldirish, shartnoma tuzish va dunyoning istalgan mamlakatidan to‘lovlarni qabul qilish mumkin.


  1. Ipak Yo’li Banki” AITB Farg’ona filialli Internet-banking dasturiy tizimi.

"Ipak Yuli Mobile for Business" mobil ilovasi ("Internet Banking" tizimining mobil ilovasi) - bank mijozlariga (yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga va boshqa tashkilotlarga) masofadan xizmatlarni ko'rsatishga mo'ljallangan mobil qurilma uchun dasturiy xizmatdir.
Taqdim etilgan xizmatning afzalliklari:
Hisobni masofadan boshqarish va mijozning iltimosiga binoan mobil ilovadan foydalangan holda mijozlar hisoblarining holati to'g'risida ma'lumot olish
Agar mijoz ilgari bank bilan "Internet Banking" tizimida xizmat ko'rsatilishi bo'yicha shartnoma tuzgan bo'lsa, u holda mobil ilovaga ulanish uchun "Internet-banking" tizimining mobil ilovasiga Bankning rasmiy (korporativ) saytida http://www.ipakyulibank.uz joylashtirilgan va tariflarni imzolash bo'yicha belgilangan shakllarga muvofiq ulanish uchun ariza bilan bankka murojaat qilish kerak.
Agar mijoz ilgari "Internet-banking" tizimidan foydalanmagan bo'lsa, shartnomani tuzish uchun Bankka kelib, tegishli ariza berish va tariflarni imzolashi zarur.
Mobil ilovadan foydalanish uchun foydalanuvchi "GooglePlay" yoki "AppStore" marketidan "Ipak Yuli Mobile for Business" mobil ilovasini Foydalanuvchining mobil qurilmasining operatsion tizimiga (Android yoki iOS) qarab yuklab olishi mumkin.
Masofaviy bank xizmatlari masalalari bo'yicha OPERU yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish bo'limiga yoki filialga xizmat ko'rsatuvchi yuridik shaxslarning hisob-kitob operatsiyalari sektoriga murojaat qilish kerak.
Tadbirkorlik sub’ektlar masofadan xizmat ko’rsatish “Internet-banking” tizimidan foydalanish bo’yicha bosqichma-bosqich harakatlar
1. “Internet-banking” tizimiga boglanish uchun mijozda quyidagi minimal texnik-dasturiy vositalar bo’lishi talab e’tiladi:
- personal kompyuter “Pentium”;
- “windows XP” operatsion tizim;
- “Internet” aloqasi.
2."Internet-banking" tizimi ulanish uchun mijoz bank filialiga murojaat qiladi.
3. Mijozlarga "Internet-banking" tizimini o’rnatish uchun ikki tomonlama shartnoma rasmiylashtiriladi.
4. o’z navbatida bank filiali tomonidan mijozning identifikatlari asosida tayyorlangan elektron raqamli imzo kaliti mijozga belgilangan tartib asosida beriladi.
5. Mazkur dasturni ishga tushirish uchun zarur bo’ladigan uskunalar (komp'yuter, modem va boshqalar), aloqa kanali va xarajatlar mijoz hisobidan amalga oshiriladi.
6. Tizimni o’rnatish va ishga tushirish bank xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
7. "Internet-banking" tizimidan foydalanadigan mijozdan aloqa kanali orqali olingan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan elektron to'lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o’tkazadi va bank amaliyot kuniga qayta ishlash uchun uzatadi.
8. "Internet-banking" tizimi orqali uzatilgan elektron to'lov topshiriqnomasining qog’oz shaklidagi asl nusxasi bankka taqdim etilmaydi va o’rnatilgan tartibda mijozda saqlanadi. Bunda, to’lov topshiriqnomasining elektron va qog’ozdagi shaklining to’g’ri rasmiylashtirilganligi hamda ularning o’zaro mosligi bo’yicha javobgarlik mijoz zimmasiga yuklatiladi.
9. "Internet-banking" tizimi orqali elektron to’lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo’lsa, shu kuni o’tkaziladi. Elektron to’lov hujjati bankning amaliyot kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, elektron to’lov keyingi bank ish kunidan kechiktirmay o’tkaziladi.
10. "Internet-banking" tizimi orqali mijozlarga ko’rsatilgan bank xizmati uchun komission to’lovlar bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
"Internet banking"
"Internet banking" xizmati mijozlarga online-to’lov shaklida bank hizmatlari uchun, soliq, davlat bojlari uchun hamda boshq to’lovlarni bank binosiga kelmagan holda, masofadan turib amalga oshirish imkonini beradi.
Bizning bank Sizga zamonaviy bank xizmati turlaridan biri hisoblangan «Internet-banking» elektron to‘lov tizimi bilan tanishishni va undan foydalanishni taklif etadi.
«Internet-banking» — bu kompyuter dasturiy tizimi bo‘lib, u mijozga ofisdan chiqmagan holda, kommunikatsiya aloqa kanallaridan foydalanish, o‘zining bank hisobraqamini boshqarish va nazorat qilishda keng imkoniyatlarni yaratadi.
Bizning bank Siz bilan hamkorlik qilishni istaydi va Sizga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
• Jahon andozalariga mos bank xizmat turlaridan foydalanish;
• Biznes faoliyatingizni tezkor boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish;
• Bank hisobraqamingiz holati haqida to‘liq va tezkor ma’lumotga ega bo‘lish;
• O‘z faoliyatingiz natijalarini doimo kuzatib borish va tahlil qilish;
• Vaqt va moddiy resurslaringizni tejash.
«Internet-banking» dasturiy tizimi Sizga quyidagi qulayliklarni yaratadi:
• Ofisdan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati evaziga vaqtingizni va mablag‘ingizni tejash;
• Real vaqt sharoitida to‘lovlarni amalga oshirish;
• Hisob raqamlaringizning holati to‘grisida batafsil ma’lumot olish;
• Bankdan har qanday uzoqligingizdan qat’iy nazar, doimo hisob raqamingiz haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish.
Tadbirkorlik sub’ektlar masofadan xizmat ko’rsatish “Internet-banking” tizimidan foydalanish bo’yicha bosqichma-bosqich harakatlar
1. “Internet-banking” tizimiga boglanish uchun mijozda quyidagi minimal texnik-dasturiy vositalar bo’lishi talab e’tiladi:
- personal kompyuter “Pentium”;
- “windows XP” operatsion tizim;
- “Internet” aloqasi.
2."Internet-banking" tizimi ulanish uchun mijoz bank filialiga murojaat qiladi.
3. Mijozlarga "Internet-banking" tizimini o’rnatish uchun ikki tomonlama shartnoma rasmiylashtiriladi.
4. o’z navbatida bank filiali tomonidan mijozning identifikatlari asosida tayyorlangan elektron raqamli imzo kaliti mijozga belgilangan tartib asosida beriladi.
5. Mazkur dasturni ishga tushirish uchun zarur bo’ladigan uskunalar (komp'yuter, modem va boshqalar), aloqa kanali va xarajatlar mijoz hisobidan amalga oshiriladi.
6. Tizimni o’rnatish va ishga tushirish bank xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
7. "Internet-banking" tizimidan foydalanadigan mijozdan aloqa kanali orqali olingan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan elektron to'lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o’tkazadi va bank amaliyot kuniga qayta ishlash uchun uzatadi.
8. "Internet-banking" tizimi orqali uzatilgan elektron to'lov topshiriqnomasining qog’oz shaklidagi asl nusxasi bankka taqdim etilmaydi va o’rnatilgan tartibda mijozda saqlanadi. Bunda, to’lov topshiriqnomasining elektron va qog’ozdagi shaklining to’g’ri rasmiylashtirilganligi hamda ularning o’zaro mosligi bo’yicha javobgarlik mijoz zimmasiga yuklatiladi.
9. "Internet-banking" tizimi orqali elektron to’lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo’lsa, shu kuni o’tkaziladi. Elektron to’lov hujjati bankning amaliyot kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, elektron to’lov keyingi bank ish kunidan kechiktirmay o’tkaziladi.
10. "Internet-banking" tizimi orqali mijozlarga ko’rsatilgan bank xizmati uchun komission to’lovlar bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
AITB “Ipak Yo’li” da Tadbirkorlik sub’ektlari uchun yangi xizmat turi – MOBIL BANKING joriy etildi !
Tadbirkorlik sub’ektlari uchun masofadan mobil qurilmalar orqali xizmat ko’rsatish “MOBIL BANKING” dasturiga ulanish bo’yicha bosqichma-bosqich harakatlar yoriqnomasi
1. Ushbu xizmat turiga ulanmoqchi bo’lgan mijoz bank raxbariga yozma ravishda murojaat etadi.
2. Mijozlarga " Mobil Banking " dasturini o’rnatish uchun ikki tomonlama shartnoma rasmiylashtiriladi.
3. Bank tomonidan mijozga dasturdan foydalaish boyicha elektron sertifikat, login va parol taqdim etiladi.
4. Mijozlar android operatcion tizimiga ega mobil apparatlar (uyali telefon, planshet va h.k.)ga ega bolishi kerak.
5. Dasturdan faqat “Internet” tarmog’i da foydalaish mumkin.
6. Mijoz Play Market, GooglePlay servislariga ulanib Qishloqqurilishbankning Mobil Banking dasturini yuklab olishlari yoki bevosita bankning o’zidan olishlari mumkin.
7. Dastur mobil qurilmaga ornatilgandan song, electron xavfsizlik sertifikati ishga tushiriladi.
8. Bundan kein dastur tomonidan Mobil banking tizizmiga kirish uchun login va parol soraladi.
9. Mijoz tomonidan kerakli login va parol terilgandan song Mobil banking tizizmi ishga tushadi.
10. Mobil banking dasturi orqali uzatilgan elektron to'lov topshiriqnomasining qog’oz shaklidagi asl nusxasi bankka taqdim etilmaydi.
11. Mobil banking dasturidan foydalaish boycha barcha komission to’lovlar bank tariflariga asosan amalga oshiriladi.

Xulosa.
Men Abdumannonova Xushnoza Abduhayot qizi 30.05.2022 dan 30.07.2022 ga qadar “Ipak Yo’li” AITB Farg’ona fillialida tanishuv amaliyotini o’tadim. Amaliyotimda O'zbekistonda elektron tijoratni bank sohasida rivojlantirish usullari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldim. Bundan tashqari amaliyot davrida malakali bank xodimlari va bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bo’ldim va buning natijasida bank faoliyati to’g’risida yetarli darajada dunyo qarash shakllandi. Tanishuv amaliyotda bank faoliyati doirasida elktron tijorat sektorini rivojlanayotganini, Internet-banking, online xizmat ko’rsatish tizimlari bilan tanishdim. Amalyot davomida bankning keyingi besh yildagi stretegiyasi haqida ma’lumotga ega bo’ldim.
"Ipak Yo'li" AITBning keyingi besh yildagi strategiyasi operatsiyalar ko'lami va sof foyda ko'rsatkichini uch baravar oshirish, xarajatlarni boshqarish samaradorligini sezilarli ravishda oshirish orqali milliy moliyaviy xizmatlar bozorida ishonchli universal tijorat banki mavqeini mustahkamlashga qaratilgan. Kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti va uning daromadliligini kamida 20% darajasida ta'minlash.
Bank quyidagi muammolarni hal etish uchun maqsadli ishlarni amalga oshirish orqali yuqoridagi maqsadlarga erishish mumkin deb hisoblaydi:
– Bank kapitallashuvini oshirish
– Raqobat pozitsiyasini kuchaytirish. Bank aksariyat bozorlarda o'z ulushini oshirishga intilmoqda
– Sof foyda ko'payishi
– Xarajatlarni boshqarishda yuqori samaradorlik
– Aktivlarning yetarlicha yuqori sifatini ta'minlash.
2023 yilgacha Strategiyaning ko'rinishi rivojlanishning beshta asosiy yo'nalishi yoki strategik mavzular asosida shakllantirilgan bo'lib, ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Bankning 2019-2023 yillarga mo'ljallangan rivojlanish strategik rejasining barcha moliyaviy va sifatli maqsadlariga erishishni ta'minlaydi:
– Faol mijozlar siyosati
– Korporativ boshqaruvni kuchaytirish
– IT-platformani takomillashtirish
– Xarajatlarni boshqarish tizimini takomillashtirish
– Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish
– Bankning gender siyosatini ishlab chiqish
O’zbekiston bank faoliyatini izchil rivojlantirish respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bo’lib, uning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilinib kelinmoqda. Kelajak albatta raqamli texnologiyalar bilan bog'liqligini inkor qilishni iloji yo'q. O'zbekiston Respublikasi ham juda ko'p sohalarda an'anaviy tizimlardan elektron tizimlarga bosqishma-bosqich o'tishga harakat qilmoqda. Xususan tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari ham elektron tijoratdan unumli foydalanishni yo'lga qo'yish orqali jahon standartlariga javob berishga intilib kelmoqda. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish borasida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirilayotgan bo’lib, tadbirkorlik va xususiy mulkka asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar tizimining yaratilayotganligi buning yaqqol isboti bo’la oladi. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sektori dunyoning deyarli barcha mamlakatlari va mintaqalarida asosiy rivojlanish manbaiga aylangan.
“Ipak Yo’li” AITB Farg’ona fillialida o’tkazgan tanishuv amaliyotim maroqli, foydali va yangi bilimlarga boy bo’ldi. Amaliyot davomida yetarlicha ko’nikma va malakaga ega bo’ldim, shu bilan birga bank sohasiga va unda amalga oshiriladigan onilne xizmatlarga bo’lgan qiziqishim ham yanada ortdi.



Download 164.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling