Ipakchilik va tutchilik


Download 295.48 Kb.
bet2/21
Sana24.06.2023
Hajmi295.48 Kb.
#1653985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2

M U N D A R I J A


Bitiruv malakaviy ish rejasi:



  1. Kirish

  2. Adabiyotlar sharhi

  3. Asosiy qism

    1. Tut daraxti urug‘chiligini asosiy maqsadi va amaliy ahamiyati

    2. Urug‘lik ona tutzorlar tashkil etish uchun yer maydonini tanlash va tayyorlash

    3. Urug‘lik tutzorlarni tashkil etishda tanlangan ko‘chatlarni ekish va joylashtirish tartibi

    4. Urug‘lik tutzorlarni parvarish qilish, oziqlantirish va hosilga kirishini aniqlash.

    5. Tut mevasini terish va urug‘ini tayyorlash bo‘yicha olib boriladigan texnologik jarayonlarni o‘tkazish

    6. . Tut urug‘ini soyada quritish, qoplarga joylash va saqlash tartibi

    7. Tut urug‘ini sifatini tekshirish va xo‘jalik qimmatini tahlil etish

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


KIRISH
Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o‘zining milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo‘lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg‘otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o‘tishda o‘ziga qo‘shimcha kuch-quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bo‘lgan milliy g‘oyani hamda ma’naviyatni tayanch va suyanch deb biladi.
Darhaqiqat, ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lish ilmu-ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamolati, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham vaqtda ong darajasi va uning riqojini ham belgilaydigan, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir.
Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga va puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya slhasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi.
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh vilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi biz uchun g‘oyat dolzarb ag‘amiyatga ega.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlarimizning samaradorligi avvalo halq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi jamiyat tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Shuning uchun ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohat-islohat uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerakdir. Bu borada, Respublikada boshqa sohalar qatorida pillachilikni yanada rivojlantirish, uning oziqa bazasini muttasil mustahkamlashga katta e’tibor berilmoqda .
Shunga javoban, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17- yanvardagi «Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ 4567-son qarorida pillachilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarishni tashkil etishni klaster usulini joriy etish, tutzorlarni oilaviy pudrat asosida shakllantirish, navdor ko‘chatlarni tizimli ravishda ko‘paytirish va intensiv tipdagi maxsus ozuqa beruvchi tutzorlarni kengaytirish vazifalari belgilangan.
Shunga e’tiboran, tut daraxtining xo‘jalik jixatidan eng ahamiyatli qismi bargi bo‘lib, u ipak qurtining yagona ozig‘i hisoblanadi. Demak, O‘zbekistonning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlari pillachilik oziqa bazasini rivojlantirish uchun har jihatdan qulaydir. Pillachilik xo‘jalik uchun qo‘shimcha daromad manbai hamdir.
Tut daraxtining bargi bilan bir qatorda uning mevasi, urug‘i va tolasi xo‘jalik jihatidan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, tut daraxtining tanasi juda mustahkam va chidamli, pardozlaganda jilva beradi. Shuning uchun duradgorchilikda mebellar, har-xil asbob-uskunalar va musiqachilikda ar xil cholg‘u asboblari yasaladi.
Darhaqiqat, tut daraxti boshqa daraxtlar bilan aralashtirib ekilganda ekinlarni garmsel va sovuq shamollar ta’siridan saqlashda ixota vazifasini bajaradi. Ikkinchi tomondan, tut va boshqa xil ixota daraxtlari o‘z tanasidan yer osti suvlarini bug‘lantirib, sizot suvlari sathini pasaytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va sho‘rlanish, hamda botqoqlanishning oldini olishda anchagina ahamiyatlidir.
Har qanday agronom, jumladan pillachilik bo‘yicha mutaxassis tut daraxtidan yuqori xosil olishga erishishi uchun uning organlari tuzilishi, tutni tashqi muhit omillariga bo‘lgan munosabati, ko‘paytirish usullarining agroqoidasi va tut bargi bilan ipak qurti boqish usullarini bilishi zarur.



Download 295.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling