Ipakchilik va tutchilik
TUT URUG‘INI SOYADA QURITISH, QOPLARGA JOYLASH VA SAQLASH TARTIBI
Download 295.48 Kb.
|
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-rasm: Terilgan tut mevasidan ajratib olingan urug‘ni quritish , saralash va saqlash jarayoni.
TUT URUG‘INI SOYADA QURITISH, QOPLARGA JOYLASH VA SAQLASH TARTIBI
Demak, yuvib tozalangan urug‘lar so‘kchaklarga tarang qilib tortilgan qop chodir ustiga 2-3 sm qalinlikda yoyib qo‘yiladi. So‘kchaklar kun tushmaydigan yerga, ya’ni daraxtning tagiga, bostirma yoki ayvonlarga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Urug‘lar oftobda quritilsa, ularning ko‘karib chiqish qobiliyatini pasaytiradi. Soyadagi so‘kchaklarga yoyilgan urug‘ tezroq qurishi uchun har 3-4 soatda ag‘darib turiladi. Urug‘ qurib bir biriga yopishmaydigan darajaga yetgach, boshqa so‘kchakdagi chodirga 2-3 sm qalinlikda yoyiladi va 5-6 kun davomida kuniga 1-2 marta ag‘darilib turiladi. Urug‘ning quriganligini bilish uchun vaqti-vaqti bilan ma’lum miqdorda undan namuna olinib, tarozida tortilib turiladi Har bir guruh urug‘ shu xilda quritilgandan so‘ng alohida qoplarga joylanadi. Davlat standarti 1348-50 bo‘yicha har bir qopga 25-30 kg dan urug‘ solinadi. So‘ngra urug‘ solingan har bir qopga 15056.1-67 Davlat standarti bo‘yicha faner taxtachadan ikkita yoriqyasalib, ularga tut duragayining nomi, urug‘ partiyasining tartib raqami, sof va qopi bilan birgalikda vazni, urug‘ning tayyorlangan joyi hamda vaqti yoziladi. Yoriqning bittasi urug‘ solingan qopning bo‘g‘ziga bog‘lanadi, ikkinchisi qop ichiga solib qo‘yiladi. Qop ichiga solinadigan yoriq qalin qog‘ozdan yasalsa ham bo‘ladi. 5-rasm:Terilgan tut mevasidan ajratib olingan urug‘ni quritish, saralash va saqlash jarayoni. Urug‘ning yaxshi sifatli tayyorlash usuligagina emas balki uni saqlash sharoiti va muddatiga ham bog‘liqdir. Noto‘g‘ri saqlash tufayli urug‘ yomon ko‘karadigan bo‘lib qolishi mumkin. Masalan; urug‘ni sernam yoki juda quruq bo‘lgan binolarda saqlansa, bunday urug‘ning unish, ko‘karuvchanlik qobiliyati pasayadi yoki u butunlay ko‘karmaydigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun bino shamollatib turilishi kerak. Uydan mog‘or hidi kelsa, u namiqqan yoki qiziy boshlagan bo‘ladi. Darhol so‘kchakka tortilgan chodirlarga 5-7 sm qalinlikda yoyib quritiladi. Urug‘ning namligi 13056.3-67 Davlat standarti davlat namunasi bo‘yicha aniqlanadi. So‘ngra qaytadan qopga solib oldingi joyga qo‘yiladi. Urug‘lar ikki yilgacha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usulda saqlansa, unib chiqish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Shunga qaramay bu urug‘larning sifati vaqti-vaqti bilan laboratoriyalarda tekshirib turiladi. Tut urug‘ining sifati faqat uni tayyorlash usuligagina emas, balki urug‘ni yerga sepgungacha saqlash sharoitiga ham bog‘liqdir. Chunki, noto‘g‘ri saqlash oqibatida yaxshi urug‘ yomon ko‘karadigan bo‘lib qolishi mumkin. Urug‘ sernam yoki juda quruq binolarda saqlansa, bunday urug‘ning unish va ko‘karish qobiliyati pasayadi yoki u butunlay ko‘karmaydigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun binoning nisbiy namligi 55% dan oshmasligi, harorati yozda 25 va qishda 20С bo‘lishi va sutka davomidagi harorati farqi 4-50С darajadan oshmasligi kerak. Bunday omborxonada namlikni pasaytirish uchun urug‘xona shamollatilib turiladi va unga so‘ndirilmagan ohak solingan yashik qo‘yiladi. Urug‘ saqlanadigan joyda namlik va harorat yuqorida ko‘rsatilgan darajada bo‘lishi uchun kapital tipda qurilgan omborlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tut urug‘ini omborga joylashdan oldin bino ichi yaxshilab tozalanadi va ohak eritmasi bilan oqlanadi, shuningdek 4% li formalin bug‘lantirib binoning har kubometriga 120 gr hisobidan oltingugurt yoqib sterilizatsiya qilinadi. Bino ichidagi barcha tirqishlar quyuq ohak atalasi yoki loy bilan suvaladi, shisha termometr, psixrometr javdali osib qo‘yiladi. Shundan so‘ng qopdagi tut urug‘lari sichqon, kalamush tegmaydigan va yer zaxi o‘tmaydigan qilib ombordagi so‘kchaklar ustiga taxlanadi yoki ustun ship va maxsus dorlarga osib qo‘yiladi. Qopdagi urug‘dan mog‘or hidi kelsa, u namiqqan yoki qiziy boshlaganini bildiradi. Bunda darhol so‘kchakka tortilgan chodirlarga 5-7 sm qalinlikda yoyib quritiladi. So‘ngra u qaytadan qopga solinib oldingi joyiga qo‘yiladi. Tut urug‘lari bunday usulda saqlanganda ikki yilgacha o‘zining unibchiqish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Shunday bo‘lsa ham, bu urug‘lar har yili laboratoriyada tekshirib turiladi. Download 295.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling