Ipakchilik va tutchilik
URUG‘LIK TUTZORLARNI PARVARISH QILISH, OZIQLANTIRISH VA HOSILGA KIRISHINI ANIQLASH
Download 295.48 Kb.
|
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2
3.4 URUG‘LIK TUTZORLARNI PARVARISH QILISH, OZIQLANTIRISH VA HOSILGA KIRISHINI ANIQLASH.
Urug‘ olishga mo‘ljallangan tutzorlar 1—2 gektarli yoki undan ham kattaroq uchastkalarda barpo etiladi. Ajratilgan yerlar unumdor, sizot suvlari chuqur (kamida 2—3 m) joylashgan bo‘lishi kerak. Urug‘chilik tutzorlar baland tanali daraxtlardan barpo etiladi. Tutzorlarga o‘z ildiziga ega bo‘lgan, ya’ni qalamchadan o‘stirilgan ko‘chatlar ekilsa, bu xildagi daraxtlarda payvand-tagda o‘stirilgan daraxtlardagidek avlodiga ko‘rsatadigan ta’siridan holi bo‘ladi. Tutzorga K. Rahmonberdiev metodi bo‘yicha bargsiz qalamchadan o‘stirilgan yoki M. I. Grebinskaya, U. Qo‘chqorov metodi bo‘yicha qalamcha payvand qilingan navdor ko‘chatlar zonalarning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda ekiladi. Shuning uchun ham yangi tashkil qilinadigan urug‘chilik tutzorlar o‘z ildiziga ega bo‘lgan onalik daraxtlardan barpo etilishi kerak. Bunday tutzor barpo etishning dastlabki paytlarida payvand qilingan navlardan foydalanish, shimoliy zonalarda esa tabiiy navlarning ko‘chatiga tavsiya etilgan navlarni payvand qilinganlaridan ham foydalanish mumkin. Bu esa tut daraxti urug‘chiligini sifat jihatdan yaxshilashga yordam beradi. Urug‘chilik tutzorlar barpo etilgan yili ko‘chatlarning yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun bir qator ishlarni amalga oshirish kerak. Tutzorlarga ko‘chatlar ekilgandan vegetatsiya davrining oxiriga qadar 7-8 marta sug‘oriladi, ikki marta mineral o‘g‘it beriladi. Dastlabki ikki yil mobaynida daraxtlarga kerakli shakl berish vaqtida, daraxt tanalari yon novdalardan va soyada qolgan novdalardan tozalanadi. Keyingi yillari tutzorlardagi daraxtlar erkin o‘stiriladi. Meva beradigan tutzorlarda daraxtlar har yili erta bahorda qurigan shoxlaridan, ildiz atrofidagi va tanadagi ortiqcha yon novdalardan tozalanadi, yorig‘i yoki kavaklari bo‘lsa bog‘ zamaskasi bilan suvab qo‘yiladi. Bundan tashqari har yili daraxt tanasini erta bahorda ohak bilan oqlab turish tavsiya etiladi. Kuzda yer 22-25 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Tuproq namini saqlash va begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida kuzgi shudgor, erta bahorda borona qilinadi, vegetatsiya davrining oxiriga qadar daraxtlarning qator oralari 2-3 marta kultivatsiya qilinadi. Meva beradigan urug‘chilik tutzorlar 3-5 martaga qadar sug‘oriladi, shundan bir yoki ikki martasi urug‘ olgunga qadar, qolgani mevalar terib olingandan keyin o‘tkaziladi. Tuproqda nam saqlash.maqsadida tutzorlar bir-ikki marta qish davrida ham sug‘oriladi. Mevadan urug‘ chiqish miqdori va og‘irligiga mineral o‘g‘itlar, ayniqsa fosfor katta ta’sir etadi. Ug‘itlardan azot va fosfor teng miqdorda soliiganda urug‘ning chiqishi va sifati ancha yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun ham ulardan gektariga 180 kg dan solish kerak. Agar tutzorning tuprog‘i unumdor bo‘lsa, o‘g‘it mu’yorini 120 kg ga tushirilib, ikki yildan bir marta berilishi mumkin. Ug‘itlar ikki muddatda: bahorda kurtak-yozgunga qadar yillik me’yorning 75% i va mevalar terib olingandan keyin qolgan 25% i beriladi. Tuproq unumdorligini oshirish va uning strukturasini yaxshilash maqsadida 3-4 yilda bir marta bahorgi yer haydash paytida 20-40 t go‘ng 90-120 kg fosforga aralashtirilib solinadi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, urug‘chilik tutzorlar barg hosili uchun foydalanilsa, daraxtning meva berishi keskin kamayib ketadi. Masalan, 30-35 yoshli Xasak tutning barg hosilidan foydalanilgaida 30,8-28,5kg meva hosili bergan, undan 0,3-0,77kg gacha urug‘ olingan, urug‘ chiqishi mevaning umumiy og‘irligiga nisbatan 2,51-3,10% ni tashkil etgan. Xuddi shu yoshdagi daraxt bargi uchun kesilmaganda 72kg meva va 1,81 kg urug‘ bergan. Onalik daraxtlarning meva berishi va undan urug‘ chiqishi daraxtining navi, uning rivojlanishiga bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki urug‘ olinadigan daraxtlarni yetishtirish sharoitiga ham bog‘liqdir. Download 295.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling