Ipakchilik va tutchilik
TUT URUG‘INI SIFATINI TEKSHIRISH VA XO‘JALIK QIMMATINI TAHLIL ETISH
Download 295.48 Kb.
|
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2
3.7. TUT URUG‘INI SIFATINI TEKSHIRISH VA XO‘JALIK QIMMATINI TAHLIL ETISH.
Buning uchun 13056.2-67 Davlat namunasi bo‘yicha urug‘dan 3-5 gr tortib olinadi. Buni R1 harfi bilan belgilaymiz. Bu namuna (3-5g) ichidagi sog‘lom va normal urug‘lar nishtar yoki sopli igna yordamida sinchiklab har xil aralashmalardan tozalanadi (bu har xil aralashmalar qatoriga zararlangan va puch urug‘lar ham kiradi). Tozalab olingan mo‘ta’dil urug‘larning vazni aniqlanadi (R2). So‘ngra urug‘ning tozalik foizi (R) quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi. R= Bunda R-urug‘ning tozalik %, R1-namunadan ajratib olingan urug‘ning vazni; R2-tozalangandan keyin tortilgan urug‘ning vaznini iqodalaydi. Masalan, namunadan tortib olingan urug‘ning vazni 4,0 g ni tashkil etdi, ya’ni R1=400 gr Urug‘larni har xil aralashmalardan tozalangandan keyin tortilganda vazni -3,34 gr bo‘ldi (R2=3,34g). Bu misolimizda urug‘ning tozalik % quyidagicha bo‘ladi. R= = = ; R=83.5 Urug‘ning tozaligi 83,5% ga teng ekan. Bir gektarga ketadigan urug‘ miqdorini aniqlashda mingta urug‘ning o‘rtacha og‘irligi (absolyut og‘irlik) ni bilish katta ahamiyatga ega. Chunki, yirik urug‘da jamg‘arilgan ovqat moddalari ko‘p va undan yetishtirilgan ko‘chatlar baquvvat bo‘ladi. Mingta urug‘ning o‘rtacha og‘irligini aniqlash uchun 13056.4-67 Davlat Standarti bo‘yicha toza urug‘dan ikki marta 500 dona sanab olinadi va ular alohida-alohida tortiladi. Bunda ikki vazn tafovuti 5% dan oshmasligi kerak, aks holda yana uchinchi va hatto to‘rtinchi namuna (500 dona) urug‘lar qo‘shilib, 1000 dona urug‘ning absolyut og‘irligi topiladi. 1000 ta urug‘ning vazni aniqlangach, 1 kg dagi urug‘ning sonini bilish qiyin emas. Masalan, 1000ta urug‘ning vazni 1,70 g, bu holda 1kg da 586,2 mingta urug‘ bo‘ladi (1000x1000g:1,70g=586,2 mingta urug‘ 1 kg da). Bu ko‘rsatkichni aniqlash, ko‘p vaqt va og‘ir mexnat talab qiladi. Urug‘ning ko‘karuvchanligini tekshirish ham urug‘ normasini aniqlashda eng muhim rol o‘ynaydi. Urug‘ning ko‘p qismi qanchalik tez va qiyg‘os unib chiqsa, bunday urug‘lar xo‘jalik jixatidan qimmatli va siqatli hisoblanadi. Sifatsiz urug‘ning unishi ancha kunga cho‘zilib, bir qismi unmay qoladi. Urug‘ning ekish miqdorini belgilashda, uning tez unib chiqish darajasini e’tiborga olish kerak. Urug‘ning unib chiqish foizini laboratoriyada ikki usulda tekshirish mumkin. Birinchisida urug‘ vannacha (plasimassali yoki sirlangan to‘rtburchakli idishlar) ga yoki Petri idishchasiga ekiladi, ikkinchisida urug‘ning murtagi bo‘yab ko‘riladi. Birinchi usulda 13056.6-67 Davlat standarti bo‘yicha dastlab urug‘ ekiladigan vannacha yoki Petri idishchasi tayyorlanadi. Buning uchun vannachaning ustiga oddiy oyna parchasi qo‘yib, bu vannachaning bo‘yidan 3-4 sm uzunchoq, lekin eniga 2-3 sm kamroq bo‘lishi kerak; oyna ustiga, uning eniga baravar bo‘lgan 7-8 qavat ho‘llangan filtr (nam shimuvchi) qog‘oz qo‘yiladi. Bu filtr qog‘oz ustiga unga nisbatan 5-6 sm enliroq bo‘lgan, chetlari vanna ichiga tushib turadigan ikki qavat qog‘oz solinadi. Bu qog‘ozga kattaligi 5x5 mm bo‘lgan 400 ta katak chiziladi. Filtr qog‘ozlar orasidagi havo siqib chiqarilishi lozim. Chunki, qog‘oz orasidagi havo namni o‘tkazmaydi, ya’ni shu yerga qo‘yilgan urug‘ suv bilan ta’minlanmagani uchun, u unmaydi. Bu ishlar qilingach, vannaga suv vuyilib, oynaning ustidagi filtr, qog‘ozlar obdon namiqtiriladi. Bundan keyin urug‘ning yaxshi joylanishi va namlanishi uchun katakning kesishgan joylariga qalam yoki tumtoq igna yordamida chuqurcha qilinadi. Vannacha shu yo‘sinda tayyorlangach, toza urug‘dan jami 400 tasi yuzta-yuztadan, alohida-alohida sanab olinadi. So‘ngra urug‘lar vannachadagi qog‘ozning har qaysi chuqurchasiga bittadan qo‘yib chiqiladi. Shu tariqa, vannachaga hammasi bo‘lib 400ta urug‘ joylanadi. Download 295.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling