Ipakchilik va tutchilik


-rasm:Laboratoriya sharoitida tut urug‘ini tozaligini va ko‘karuvchanligini aniqlash


Download 295.48 Kb.
bet16/21
Sana24.06.2023
Hajmi295.48 Kb.
#1653985
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2

6-rasm:Laboratoriya sharoitida tut urug‘ini tozaligini va ko‘karuvchanligini aniqlash.
Chuqurchalarning har qaysisiga qo‘yilgan urug‘ qalamning uchi yki boshqa narsa bilan astagina bostiriladi. Urug‘lar joylanib bo‘lgach, vannachani extiyotlik bilan termostatga qo‘yiladi. Undagi harorat doim +28+320С daraja doirasida saqlanadi va vannachaga vaqti-vaqti bilan suv quyib turiladi. Vannachadagi urug‘lar 3-5 kundan keyin una boshlaydi. Har kuni ma’lum bir soatda ungan (ildizning uzunligi urug‘ning bo‘yi bilan teng yoki 2mm ga yetgach) urug‘lar sanalib, hisoblash jurnaliga yozib qo‘yiladi. Bunda har 100 t urug‘dan ungan va unmaganlari alohida-alohida hisoblanadi. Hisoblash jurnalida har kungi ungan urug‘larning soni kasr chiziqning suratiga va hali unmaganlari mahrajiga yoziladi. Urug‘larning unishi to‘xtagandan keyin namuna uchun olingan har 100 urug‘ning necha foiz unib chiqqanligi aniqlanadi. Urug‘ning o‘rtacha unib chiqish foizini topish uchun har 100 urug‘dan unib chiqqanlarning umumiy soni jonlanib, natijasi 4 ga bo‘linadi.
Urug‘ning unish foizi quyidagi formula yuzasidan hisoblab chiqariladi.


=
bu formulada:
r-urug‘ning unib chiqishi % ;
r 1-vannachaga ekilgan 400 ta urug‘ning soni;
r 2-shundan unib chiqqan urug‘larning sonini ifodalaydi. Masalan, Toshkent Davlat agrar universitetining Ipakchilik va tutchilik kafedrasi ma’lumotiga asosan, bir partiya urug‘dan olingan namunani tekshirish natijasida urug‘ning unib chiqish % i quyidagicha bo‘lgan.
Bir partiya urug‘ning o‘rtacha unish % i yuqoridagi formuladan foydalanish tufayli quyidagicha topiladi.
r= = =90%
Bizning misolimizda urug‘ning unishi 90% ga teng ekan. Urug‘larni vannochadagi filtr qog‘ozda ko‘kartirish orqali ularning o‘rtacha unish % ini topish mumkin. Buning uchun ko‘p vaqt (10-12 kun) talab qilinsa ham, u asosiy usul hisoblanadi. Bu vaqt oralig‘ida urug‘ning o‘rtacha tinchlik davri va ko‘karish kuchini aniqlashga imkon bo‘ladi. Keyingi ikki ko‘rsatkich bir xil unish % iga teng bo‘lgan ikki guruh urug‘ga baho berishda katta ahamiyatga egadir. Chunki, urug‘ ekilgandan keyin uning tinchlik davri qanchalik qisqa va ko‘karish energiyasi kuchli bo‘lsa, bunday urug‘lar tez va qiyg‘os ko‘karib nihollar baquvvat hamda jadal o‘sadi.
2-jadvalda berilgan ma’lumotlardan foydalanib, misolimizdagi bir guruhda urug‘ning o‘rtacha tinchlik davri va ko‘karish energiyasini hisoblab chiqiladi.Urug‘ning unish kunini ungan urug‘ soniga ko‘paytirilib, natijasi unish foiziga bo‘linsa, urug‘ning o‘rtacha tinchlik davri quyidagiga teng bo‘ladi.
= =6.3 kun,
Ko‘karish energiyasi esa 0+0+4+8+15+25=52% ni tashkil etadi.
Urug‘ning unib chiqish foizini Nelyubov tomonidan tavsiya etilgan ikkinchi usulda ya’ni 13056.7-68 Davlat standarti bo‘yicha murtakni bo‘yash yo‘li bilan juda tez (1 yoki 2 kunda) aniqlash mumkin(4-jadval).

Download 295.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling