Ipakchilik va tutchilik
-rasm:Hosilga kirgan urug‘lik tutzorning va pishgan tut mevasini ko‘rinishi
Download 295.48 Kb.
|
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUT MEVASINI TERISH VA URUG‘INI TAYYОRLASH BO‘YICHA OLIB BORILADIGAN TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BAJARISH TARTIBI
4-rasm:Hosilga kirgan urug‘lik tutzorning va pishgan tut mevasini ko‘rinishi.
Aniqlanishicha, juda zich va soya joyda o‘sgan daraxtlar nimjonlashadi, bu esa urug‘ hosilining ancha kamayishiga sabab bo‘ladi. Daraxtlarnipg joylanish zichligi onalik daraxtlarning meva tugish muddati, mevasining kattaligiga ta’sir etibgina qolmay, urug‘iipg sifatiga ham ta’sir etadi. SANIISH xodimlari tomonidan olib borilgan kuzatishlarida ishlab chiqarish sharoitida o‘sayotgan 10- yoshdan 14- yoshgacha bo‘lgan Kokuso-70 navining bitta daraxtidan olinadigan urug‘ hosili har xil onalik tutlarida 185 dan 415 grammgacha bo‘lgan. Urug‘chilik tutzorlar 4x3m, 4x4m li sxemada joylashtirilganda va yomon parvarish qilinganda bir daraxtdan olinadigan urug‘ hosili kamayib 185-220g ni tashkil etgan, mevadan urug‘ chiqishi 2,6% bo‘lgan. Urtacha agrotexnika sharoitidagi urug‘chilik tutzorda Kokuso 70 navning har bir tupidan olinadigan urug‘ hosili ko‘chati o‘tkazilgandan keyin 5-yili 251g, 6-yili 293g, 7-yili 315g va 8-yili 336g. bo‘lgan. Duragay urug‘lar Xasak navi tut urug‘iga nisbatan ancha yirik bo‘lganligidan ularni absolyut og‘irligi ham yuqori bo‘ladi. Masalan: duragay urug‘larning absolyut (1000 donasini) og‘irligi Kokuso 70 navida 1,575 g, Payvandida -2,020, Katlamada-1,739, Darvoz tutda-1,440 g bo‘lgan holda Xasak tut urug‘iniki 1,496g bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, duragay urug‘larining absolyut og‘irligi yuqori. Sababi ular Xasak tutga nisbatan zapas oziq moddalari bilan ko‘proq ta’minlanadilar. Shuning uchun ham duragay urug‘lardan yetishtirilgan nihollar ko‘karish kuchining yuqoriligi va vegetativ massasining tez o‘sishi bilan farq qiladilar. TUT MEVASINI TERISH VA URUG‘INI TAYYОRLASH BO‘YICHA OLIB BORILADIGAN TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BAJARISH TARTIBI Pillachilikning oziq bazasini yil sayin mustahkamlash uchun shunga munosib ko‘chatlar yetkazish extiyojini voplaydigan darajada tut urug‘ini tayyorlash talab etiladi. Bugungi kunda O‘zbekistonning har bir viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasida urug‘lik tutzorlar mavjuddir. Darhaqiqat, tut daraxtlarida mevalarning yetilishi uning yoshiga, naviga, ekilish qalinligiga va ayniqsa iqlim sharoitiga bog‘liqdir. Yuqorida aytib o‘tganimizdek O‘zbekistonda mevaning pishishi, ayni vaqtda urug‘ning yetilishi, may oyining ikkinchi yarmidan boshlanadi. To‘p mevaning ilk pishish davri iqlim sharoitiga bevosita bog‘liqdir. Tut mevasi juda qisqa vaqtda, ya’ni 10-15 kun ichida pishib bo‘ladi. Pishgan mevalar salgina shamol bilan yerga to‘kiladi. To‘kilgan mevalarni yig‘ish juda qiyin bo‘lib, unga ko‘p mehnat sarf qilinadi. Shuning uchun mevalarini yig‘ish va urug‘ini ajratib olish uchun kerakli bo‘lgan asbob-uskunalarni mevasi pishguncha taxt qilib qo‘yish juda muximdir. Tut urug‘i tayyorlanadigan joyda kattaligi 4-6 m keladigan 15-20 ta chodir, 10-15 ta chelak, 20-25 ta yog‘och, mevani tashish uchun 20-30 ta yashik yoki savat zarur miqdorda transport vositalari tayyor bo‘lishi kerak. Tayyorlov punktida mevani tortib olish uchun bitta torozi, mevani yoyishga kerakli miqdorda siyrak to‘qilgan mato, tut mevasini ezib uruhini quritish uchun bitta VST-1,5 markali mashina yoki uzum ezgich (drobilka) va kichkina press mashina, ezilgan tut mevalarini solish uchun 2-3 mmli 10-15 ta va ko‘zi 1,0-1,5 mm li 5-6 ta sim to‘r hamda 5-6 ta katta cho‘mich, tut urug‘ini solish va saqlash uchun har bir tayyorlov punktida yetarli miqdorda qalin matodan tikilgan qoplar bo‘lishi kerak. Tut urug‘i tayyorlashni to‘g‘ri tashkil qilish uchun ikkita brigada tuziladi. Bitta brigada tut mevasini teradi, ikkinchi brigada esa tut mevalarini ezib, undan urug‘ini ajratib oladi. Tut mevasining pishishidan boshlab uni har kuni yig‘ish kerak. Buning uchun daraxt tagiga chodir yoyiladi, so‘ngra uzun xoda bilan tutning yo‘g‘on shoxlariga asta-sekin urib silkitiladi. Qattiq silkitish mumkin emas, chunki xom mevalari ham to‘kilishi mumkin. O‘zbekiston sharoitida tut mevasini yig‘ishga may oyining oxirida kirishilib, iyunning o‘rtalarida tamomlanadi. Uni yig‘ish, tashish va urug‘ini ajratib olish vaqtida navdor duragay tut urug‘lariga jaydari urug‘larni aralashtirib yuborish yaramaydi. Har kuni yig‘ishtirilgan mevalardan o‘sha kunning o‘zida urug‘i ajratilib olinishi kerak. Bu ishni ikkinchi kunga qoldirib bo‘lmaydi. Agar mevalar mo‘ljaldan ortiq miqdorda tayyorlangan bo‘lsa, ularni nobud qilmaslik uchun salqin joydagi to‘shama ustiga 3-5 sm qalinlikda yoyib qo‘yish yoki harorati 2 darajadan yuqori bo‘lmagan muzlatgichlarda saqlab, ertasiga birinchi navbatda shu mevalarning urug‘i ajratilishi kerak. Mevalar bir kecha kunduzdan ortiq turib qolmasligi lozim. Yozning issig‘ida keyingi kunga qoldirilgan mevalar bijg‘ib, undan spirt xosil bo‘ladi, bu esa urug‘ning unish qobiliyatini pasaytiradi. Tut mevasining urug‘i mashinada yoki qo‘lda ajratib olinishi mumkin. Bu amaliy jarayoni bajarishda Ipakchilik Ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan yangidan ishlangan VST-1,5 markali mashina bu ishni foydali bajarishda ancha yengillik tug‘diradi. Bu mashinada urug‘ni yuvish quyidagi texnologiya asosida bajariladi. Tutning to‘p mevalari transportyor yordamida mashinananing bunkeriga uzatiladi. Bunkerda aylanib turuvchi pichoqli parrak mevalarni ezadi va ayni vaqtda hosil bo‘lgan bo‘tqa (urug‘, sharbat, turpi va meva bandlari aralashmasi) to‘r barabanning ustki qismiga yo‘naltiriladi. U yerda aylanib turuvchi kurakchalar yordamida bo‘tqa suyultirilgan holda qayta eziladi va urug‘lar aralashmadan tozalanadi. So‘ngra urug‘ va mevalar turpi ustki barabanning teshikchasidan uning pastki bo‘limiga o‘tib, ustki barabanda qolgan bo‘tqadagi har-xil aralashmalar va meva bandlari tarnov orqali tashqariga chiqarilib tashlanadi. Barabanning pastki bo‘limidagi atalasimon massa aylanib turuvchi kurakchalar yordamida qayta ishlov berilib, urug‘lar tozalanadi va ular baraban oynachasiga o‘rnatilagan tarnov orqali qabul qiluvchi yashikchalarga to‘kiladi, mevalarning sharbati esa baraban teshigidan pastga o‘rnatilgan idishga oqib tushadi. Ho‘jalikda bu mashina bo‘lmasa, urug‘ ajratish uchun uzum ezgichdan foydalaniladi. Bu apparat bo‘lmasa mevalarni ko‘zlari 2-3 mm keladigan elakdan qo‘lda ezib o‘tkaziladi. Ayni vaqtda suv ham quyib turiladi. Urug‘ni o‘tkazib bo‘lgandan keyin suv quyilib, elak yuviladi. Shundan so‘ng bochka chayqatiladi va bir necha daqiqa o‘tgach, uning ichidagi suvdan qalqib chiqqan puch urug‘lar sekin asta to‘kiladi. Bochkaning tubiga cho‘kkan urug‘lar bir necha marta yuviladi va quritiladi. Download 295.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling