Ipakchilik va tutchilik


Urug‘ning unib chiqish foizini hisoblash (suratda ungan va maxrajda unmagan urug‘lar soni)


Download 295.48 Kb.
bet17/21
Sana24.06.2023
Hajmi295.48 Kb.
#1653985
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2

Urug‘ning unib chiqish foizini hisoblash (suratda ungan va maxrajda unmagan urug‘lar soni).
4-jadval

Duragay tut nomi va partiya nomeri

Urug‘larning unish kunlari

Har bir qaytarilish bo‘yicha unishga qo‘yilgan 100 dona urug‘dan kuni
ga va jami ungan urug‘lar soni.

1

2

3

4

jami

SANIISh x Pioner
16-partiya



1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12

0/100
0/100
4/96
8/88
16/72
23/49
14/35
10/25
9/16
3/13
2/11
0/11

0/100
0/100
5/95
9/86
15/71
24/47
12/35
12/23
11/12
2/10
1/9
0/9

0/100
0/100
0/100
7/93
13/80
27/53
15/38
14/24
7/17
2/15
1/14
1/13

0/100
0/100
7/93
8/85
16/69
26/43
16/27
10/17
9/8
1/7
0/7
0/7







Jami ungani

89

91

87

93

360




Jami unmagani

11

9

13

7

40



Vannachadagi filtr qog‘ozga ekilgan o‘rtacha 100 dona urug‘larning har kungi unish miqdori.
5-jadval

Urug‘larning unish kunlari

100 dona urug‘dan kuniga

Unganlarining soni

Unmaganlarining soni

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12

0
0
4
8
15
25
14
12
9
2
1
0

100
100
96
88
73
48
34
22
13
11
10
10

Jami:

90

10

Bu usul ishlab chiqarishda kam qo‘llaniladi. Bunda ham 100 tadan sanab, 400 ta namuna urug‘ olinadi. Urug‘ning qobig‘i yaxshi yumshab, murtakni olish oson bo‘lishi uchun, urug‘ Petri chashkasi, stakan yoki probirkadagi toza (distillangan) suvda 1-2 kecha-kunduz davomida ivitiladi so‘ngra urug‘ lupaning tagiga quyilib, uning qobig‘i igna yoki nishtar yordamida ochiladi va ichidagi murtak extiyotlik bilan ajratilib olinadi. Tajribali odam bir necha soat ichida 300-400 ta urug‘dan murtakni ajratib oladi. Murtaklar bo‘yoqqa solinguncha qurib qolmasligi uchun toza suv qo‘yilgan idishcha solib qo‘yiladi. 400 ta urug‘ning murtaklari olib bo‘lingach, idishdagi suv to‘kilib, uning o‘rniga oldindan tayyorlab qo‘yilgan 0,05% li indigokarmen yoki tetrozolon (0,5 l tlza suvga 0,25 g) eritmasi qo‘yiladi. Murtaklar eritmada 5-7 soat turgach, bo‘yog‘i ketguncha toza suv bilan yaxshilab yuviladi. Murtakning tirik yoki o‘likligini, uning bo‘yalishiga qarab aniqlanadi. Agar u umuman bo‘yalmagan bo‘lsa tirik, ya’ni ko‘karuvchan urug‘ hisoblanadi, chunki tirik hujayraning po‘sti o‘zidan rangni o‘tkazmaydi. Murtakning u yoki bu qismi nuqtaga o‘xshash bo‘yalgan bo‘lsa ham u normal ko‘karuvchan hisoblanadi, chunki bunday nuqta murtak olish vaqtida nishtardan shikastlangan qismlarigagina tushadi. Murtakning hamma qismi bo‘yalsa bunday urug‘ o‘lik hisoblanadi. O‘lik xujayralarning po‘stigina o‘zidan rangni o‘tkazib yuboradi. Urug‘ning unish foizi ana shu yo‘llar bilan aniqlanadi.


Shunday qilib laboratoriyada tekshirilgan va ekishga yaroqli oq tutga taluqli urug‘lar13056.7-68 Davlat standarti bo‘yicha sinfga bo‘linadi:
1-chi sinfga unib chiqish qobiliyati 95% dan yuqori va tozaligi kamida 96% bo‘lgan;
2-chi sinfga unib chiqish qobiliyati 75%, tozaligi kamida 96% bo‘lgan urug‘lar;
3-chi sinfga unib chiqish qobiliyati 65%, tozaligi kamida 96% bo‘lgan urug‘lar kiritiladi.
Unib chiqish qobiliyati 65% dan kam bo‘lgan tut urug‘lari ekishga yaroqli hisoblanmaydi va Davlat agrosanoat komitetining maxsus ruxsati bilangina ekiladi. Urug‘larning guvoxnomasi bo‘lmasa, bunday urug‘larni tarqatish va ekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Urug‘ning sifatiga 13056.10-68 Davlat namunasi bo‘yicha hujjat beriladi.
Tut urug‘ini sifatini tekshirishda tayyorlangan har bir partiya urug‘idan tekshirish uchun 25 grammdan ikkita namuna urug‘ olinib, shundan bittasi tekshiriladi, yana kerak bo‘lsa ishlatish uchun ikkinchisi saqlanadi. Namuna urug‘ olishda 100 g li qopchaning olti joyidan; ikkita ustki, ikkita o‘rta va ikkita pastki qismidan g‘allachilikda ishlatiladigan kichkina kurakcha yordamida olinadi, so‘ngra yaxshilab aralashtirilgan namunalardan tekshirish uchun torozida tortib olinadi.
Olingan 25 grammli namuna urug‘idan 3-5g og‘irlikdagi tekshirish urug‘ olish uchun quyidagi usuldan foydalaniladi;
-dastlab yaxshilab aralashtirilgan namuna urug‘ to‘rtburchakka bo‘linadi. Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikkita burchakdagisi qoldirilib, qolgan ikkitasi yuqori va pastkisi olib tashlanadi.

Olinadigan qarama-qarshi
urug‘lar
125 g

Olinadigan


qarama qarshi urug‘lar
125 g


Olinadigan
qarama qarshi
urug‘lar
62.5 g

Olinadigan


qarama qarshi
urug‘lar 62.5 g



Download 295.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling