Ipakchilik va tutchilik
Download 295.48 Kb.
|
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2
III. ASOSIY QISM:
3.1.TUT DARAXTI URUG‘CHILIGINI ASOSIY MAQSADI VA AMALIY AHAMIYATI Tut daraxtining mahsuldor duragaylarini ko‘paytirish fermer va tutchilik xo‘jaliklarida ipak qurtining mustahkam oziqa bazasini ta’minlash imkonini beradi. Respublikamiz xo‘jaliklarida tutzorlar barpo etish, yakka holda qatorlab ekish uchun yiliga 80—85 million tut nihollari yetkazib beriladi. Bunday ko‘p miqdordagi ekish materialini tut daraxtining urug‘idan ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tut daraxti urug‘chiligining vazifasi, duragay urug‘lar yetishtnrib, undan o‘zining kuchli o‘sishi (geterozis va yuqori hayotchanligi) bilan ajralib turadigan birinchi bo‘g‘in duragay nihollarini va ko‘chatlarini olishdan iboratdir, perspektiv onalik daraxtlarini tanlashdan iboratdir. Seleksiya va urug‘chilikning asosiy vazifasi, tut daraxti-ning barg hosili yuqori bo‘lgan, tabiiy sharoitga moslashgan perspektiv onalik daraxtlarini tanlashdan iboratdir. Urug‘chilikning dastlabki bosqichi. Urug‘chilikning birinchi bos-qichida otalik-onalik daraxtlari sifatida Yaponiyadan keltirilgan va tabiiy sharoitda o‘sgan quyidagi tut daraxtlari ishlatilgan: M. multicaulis Regg, M. Bombucis Koidz, M.Kagauamae Koidz x M. alba Linn.Bunda onalik sifatida «Pobeda» va SANIISh-14, Kokuso-70, Kokuso-13, Qarshi-1 qatnashgan. Changlatuvchi erkak daraxtlar sifatida Xasak 11, Xasak 58, Xasak 120 dan foydalanilgan. SANIISh-14, SANIISh-15, Sioziso, Nezumigaesi va yuqorida nomlari qayd etilgan otalik-onalik daraxtlarining hammasi payvandtag Xasakda o‘sgan. Urug‘chilik ustida olib borilgan ishlarning ikkinchi bosqichida birinchi bo‘g‘in duragaylarni tekshirish uchun dastlabki material sifatida urug‘chi navlardan SANIISh-14, SANIISh-15, SANIISh-17, «Lixi»-1, «Lixi»-5, Tojikiston serbarg tu-ti va changlatuvchi sifatida tanlangan Xasak-130, SANIISh-14 va Qashi-1 murakkab duragay olingan. Tut daraxtining ikki uyli navlaridan urug‘chilik tutzorlar barpo qilish uchun tanlashda ularning biologik va xo‘ja-lik xususiyatlari; sovuqqa chidamliligi, yaxlit bargliligi, ser-bargligi hamda meva berishga qodirligi tekshirilgan. Tekshirilgan navlardan eng yaxshilari urug‘ olish uchun mo‘ljallangan tutzorlar barpo qilish maqsadida Xasak tutiga payvand qilingan. Urug‘chilik uchun ajratilgan chetdan keltirilgan turlar Morus multicauiis Perr Sioziso navi, M. Kagauamae Koidz (Kinriu) va boshqalar bargining yuqori hosilligi bilan ustun tursada, lekin sovuqqa chidamsiz bo‘lgan. Shuning uchun ham yuqorida keltirilgan otalik-onalik daraxtlari faqat O‘rta Osiyo issiq iqlimli hududlari uchun tavsiya etilib kelingan edi. Tut daraxtining bir jinsli, lekin ikki uyli shakllari ham uchraydi. Bu esa tabiiy ravishda tashqaridan changlanadigan otalik-onalik daraxtlarining duragay urug‘larini yig‘ib, ulardan yetishtirilgan ko‘chatlar ichidan ham yaxshilarini tanlab olish imkonini beradi. Shunday qilib, duragay urug‘chilikni tashkil etish O‘rta Osiyoning agroiqlim sharoitiga mos tushadigan otalik-onalik daraxtlarini tanlashga bog‘liq.Tutchilikda otalik-onalik daraxtlarini tanlashda quyidagilarga ahamiyat berish kerak. Ma’lumki, tut daraxtining ko‘pchiligi ikki uyli, ya’ni bir daraxtda faqat urug‘chi gullar, ikkinchisida changchi gullari joylashadi. Ularning bir uyli shakllari ham uchraydi (Xasak, Murasaki-Vase). Ularda bir daraxtda, hatto bir tup gulda ikkala jins ham joylashgan bo‘ladi. Bunday navlarni urug‘chilik uchun otalik-onalik daraxtlari sifatida tanlamaslik kerak, chunki bunday navlar avlodi sifatining pastligi bilan farqlanadi. Turlararo, navlararo va geografik jihatdan uzoq joylashgan shakllar tashqi sharoitga ko‘proq moslashgan bo‘ladi. Madaniy, serhosil, sovuqqa chidamli duragaylar olish uchun onalik daraxti sifatida yuqori mahsuldor navlarni tanlash kerak. Ammo, bunday navlarning ko‘pchiligi M. multicaulis Regg, M.Kagauamae Koidz sovuqqa chidamsizdirlar. Bularni changlatish uchun changlatuvchi si-fatida albatta tabiiy sharoitga moslashgan M. alba Jinn turiga taalluqli biror navni tanlash kerak bo‘ladi. Agar otalik-onalik daraxtlari ham Yaponiyadan keltirilgan turlarga oid navlardan iborat bo‘lsa, ulardan paydo bo‘lgan duragaylar sovuqqa chidamsiz bo‘ladi. Otalik-onalik daraxtlarini tanlashda bargning butunligi, kattaligi, serbargligi, bo‘g‘in oraliqlarining qisqaligi, tez o‘sishi, ko‘p meva tugishi, mevasiiing bir vaqtda pishishi, kasalliklarga chidamliligi va boshqa xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan belgilariga ham e’tibor berish kerak. Tut daraxtining navli xususiyatini saqlash maqsadida payvandlash, qalamchalash va parxishlash usuli bilan ko‘paytirish bir qancha afzalliklarga ega bo‘lsada, lekin O‘zbekistonda hozirgi vaqtgacha va bundan keyin ham tutni urug‘idan ko‘paytirish asosiy usullardan bo‘lib qolaveradi. Chunki, pillachilikni tobora rivojlantirish uchun yil sayin bir necha o‘n millionlab tut ko‘chatlarini uning urug‘idangina yetishtirish mumkin. Seleksion navlarni payvandlash orqali ko‘paytirishda ham payvandtag ko‘chatlar urug‘idan yetishtiriladi, faqat qalamchalash va parxishlash usullaridagina urug‘idan ko‘kartirilgan ko‘chatlar talab qilinmaydi. Binobarin, tutni urug‘idan ko‘paytirish pillachilikning oziq bazasini kengaytirishda katta imkoniyatga egadir. Avvallari tut urug‘i jaydari Xasak tutdan tayyorlanar edi, natijada ulardan ko‘paytirilgan tutlar mayda bargli, juda kam hosilli bo‘lardi. Endilikda maxsus urug‘chilik tutzorlar tashkil qilinib, ularga tanlab olingan erkak va urg‘ochi gullariga ega bo‘lgan navdor tutlar ekiladi. Bunday tutzorlarda serbarg va oziq sifati yaxshi bo‘lgan duragay tut urug‘lari tayyorlanadi. 1984 yildan boshlab, O‘zbekistonning barcha tutchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar va pillachilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarda ana shunday maxsus urug‘chilik tutzorlarda tayyorlangan duragay tut urug‘ini ekmoqdalar. A.S.Didichenko tomonidan otalik-onalik navlari shunday tanlandiki, bunda ular chatishtirilganda duragay bo‘g‘imda onalik tutning ustunligiga erishildi. Buning natijasida geterozis (kuchli usuv) ga ega bo‘lgan nihol va ko‘chatlar yetishtirilib, ulardan tashkil qilingan tutzorlar serhosil va bargi to‘yimli bo‘ldi. Bunday ota-ona juft tutlarga Qarshi-1 x Pioner va ayniqsa SANIISH-15 x Pioner duragaylari kiradi. A.S.Didichenko urug‘lik otalik-onalik daraxtlarini joylashtirish sxemalarini va bunda 75% ni urg‘ochi, 25% ni erkak tutlar xisobida olishning afzalligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga urug‘lik tutzorlarni parvarish qilish agrotexnikasini ishlab chiqdi. Urug‘lik tutzorni mo‘l va to‘yimli barg hosili beradigan, har xil zararkunanda va kasalliklarga hamada sovuqqa bardosh bera oladigan tut navlaridan tashkil qilish lozim.O‘rta Osiyo mahalliy tutning chatishtirishdan olingan Oq tut (M.alba L) tut turiga ta’aluqli duragay tutlar sovuqqa ancha chidamli bo‘lgani holda, chet davlatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) dan keltirilgan navlari yoki serhosil tutlarga qarashli navlarni bir-biriga chatishtirib yetishtirilgan duragaylar esa sovuqqa nisbatan chidamsiz.Duragay tutlar mahalliy navlarga va ayniqsa jaydari Xasak tutga nisbatan tez o‘sib, mo‘l barg beradi, juda kam shoxlaydi va hatto shoxlamasdan surx novda hosil qiladi, bargining sathi katta bo‘ladi. Yangi duragay tutlarning bargi chetdan keltirilgan tut navlarining va hatto mahalliy Xasak tutning bargiga nisbatan ipak qurtiga to‘yimli oziqa hisoblanadi. Bu duragaylarning bargi bilan boqilgan qurtlar mo‘l pilla hosili beradi va bir kilogramm pilla yetishtirish uchun kam miqdorda barg sarflanadi. O‘rta Osiy ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti urug‘lik tutzorlarga ekish uchun quyidagi urg‘ochi va erkak nav yoki duragay juftlarni tavsiya etiladi. Download 295.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling