Ipk 119-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash


-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish


Download 24.12 Kb.
bet18/22
Sana09.01.2022
Hajmi24.12 Kb.
#261641
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5393172682487368074

342-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish

Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan obyektiv holatlar mavjud bo‘lganda sud davlat ijrochisining, undiruvchining yoki qarzdorning arizasiga ko‘ra sud hujjatining ijrosini kechiktirishga yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etishga, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirishga haqli.

Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, agar vakolatli davlat organining qarori yoki taraflarning kelishuvi bilan boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir yildan oshmagan muddatga berilishi mumkin.

Sud qarzdorga hujjatni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish imkonini berganda sud hujjatining ijro etilishini ushbu Kodeksning 8-bobida nazarda tutilgan tartibda ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkin.

Sud hujjati ijrosini kechiktirish haqidagi yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish haqidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda sud tomonidan sud majlisida ko‘rib chiqiladi.


Download 24.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling