143-modda. Sud buyrug‘ini berish tartibi va muddati
Sud buyrug‘i sudya tomonidan sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdorni chaqirtirmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda beriladi.
Sud buyrug‘i kreditor tomonidan arizaning ko‘chirma nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach beriladi.
146-modda. Sud buyrug‘ining qonuniy kuchga kirishi
Sud buyrug‘i u berilganidan so‘ng o‘n kunlik muddat o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
147-modda. Sud buyrug‘ini bekor qilish
Agar qarzdor uzrli sabab bilan o‘z vaqtida kreditorning talabiga qarshi e’tiroz bildirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda o‘sha sudga sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risida ariza berishga haqli. Sud bunday holda buyruqni bekor qilishga haqli, shundan keyin kreditorning talabi da’vo ishini yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin.
156-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs da’vo arizasi yuzasidan da’voga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining hamda ularda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |