Ipk 119-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash


-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar


Download 24.12 Kb.
bet6/22
Sana09.01.2022
Hajmi24.12 Kb.
#261641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2 5393172682487368074

203-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar

Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va u imzolangan kundan e’tiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni yoki undagi ma’lumotlarning to‘liq emasligini ko‘rsatgan holda yozma fikr-mulohazalar berishga haqli.

Bayonnoma yuzasidan berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqadi va ushbu fikr-mulohazalarga qo‘shilsa, ularning to‘g‘riligini tasdiqlaydi hamda sud majlisining bayonnomasiga qo‘shib qo‘yadi.

Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.

Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq ularning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.

Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni o‘tkazib taqdim etilgan yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga ma’lum qilinadi.

Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari bilan tanishish huquqiga ega.

Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlarining ko‘chirma nusxalari iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilariga ishni ko‘rib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi.




Download 24.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling