164-modda. Sud muhokamasining muddati
Sud muhokamasi ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak.
172-modda. Sud majlisida tanaffus
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra sud majlisida tanaffus e’lon qilishi mumkin.
Sud majlisida tanaffus uch kundan oshmagan muddatga e’lon qilinishi mumkin. Tanaffus haqida sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
190-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Hal qiluv qarori noaniq bo‘lgan taqdirda, ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga ko‘ra, hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirishga haqlidir.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini, sudning hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud tomonidan ko‘riladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |