Ыпррамитпартпрпат
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi
Download 124.28 Kb.
|
6.Болгалаш-амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi.
Ushbu o‘quv fani bo‘yicha o‘zlashtirilgan ma’lumotlarga, hamda o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, kimyo, nazariy mexanika, ekologiya) va umumkasbiy (mashina detallari, o‘zaro almashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar, konstruksion materiallar texnologiyasi, elektrotexnika, elektronika asoslari va elektryuritmalari, gidravlika va gidropnevmayuritmalar, bolg‘alash va shtamplash texnologiyasi asoslari va h.k.) fanlarini bilishga asoslanadi. Bu fan VII – semestrda o‘qitiladigan ixtisoslik fani bo‘lib, bitiruv malakaviy ishni bajarishda bazaviy bilim vazifasini o‘taydi. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni. Bolg‘alash va shtamplash ishlab chiqarish texnologiyasi turli pechlarda sifatli cho‘yan, po‘lat va rangli qotishmalardan quyma olishga imkon beradi. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari dasturni interaktiv usullarda o‘zlashtirishni taqozo qiladi. Bunda asosiy e’tibor auditoriya mashg‘ulotlarida va mustaqil ishda o‘zlashtiriladigan chuqurlashtirilgan nazariy bilimlarga, hamda ob’ektiv jarayonlar va hodisalarga nisbatan dunyoqarashni shakllantirishda ma’ruza mashg‘ulotlariga katta o‘rin ajratiladi. Dasturiy materiallarni o‘zlashtirish to‘rt xil: - muammoli tasnifdagi mavzular bo‘yicha; - mustaqil o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan bo‘limlar bo‘yicha; - ta’lim oluvchilarda alohida qiziqish uyg‘otuvchi bo‘limlar bo‘yicha; - oldinga siljigan (prodvinutie) ma’ruzalarni o‘qish yo‘li bilan; - mustaqil ta’lim olish va ishlash, kollokviumlar va munozaralar jarayonida o‘zlashtiriladigan bilimlar bo‘yicha ishbilarmonlar o‘yini o‘tkazish bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Fanni o‘zlashtirishda kompyuter yordamida va elektron plakatlardan foydalanib ma’ruza o‘qiladi, darslik, o‘quv qo‘llanmalari va ma’ruza matnlarining elektron versiyalaridan, ma’lumotlar elektron bazasidan hamda innovasion pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Dastur talabalar bilimini reyting – nazoratidan foydalaniladigan o‘quv jarayonini tashkil qilishning yangi prinsiplari asosida amalga oshadi. Download 124.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling