Ыпррамитпартпрпат
Download 124.28 Kb.
|
6.Болгалаш-амалий
2-Аmaliy mashg`ulot
Mavzu: Pokovkaga (bolg`alanadigan buyum) mexanik ishlov berish uchun quyimlar, bolg‘alash uchun dopusk va ortiqcha quyimlarni hisoblash. Temirchilik sexlarida tayyorlanadigan pokovkalar xomaki va taxt qilingan pokovkalarga bo‘linadi. Xomaki pokovkalarga bundan keyin yana mexanik ishlov beriladi, taxt qilingan pokovkalarga esa kayta ishlov berilmaydi. Xomaki pokovkalarni tayyorlash uchun tayyor detallar yoki xomaki ishlangan tayyorlanmalar chizmasi asosida pokovka chizmasi tuziladi. Pokovka o‘lchamlari, ya’ni bolg‘alash uchun nomiinal o‘lchamlar tayyor detallar o‘lchamidan va mexanik ishlov berish uchun qoldirilgan quyim kattaligidan iboratdir. Quyim detallarga nominal mexanik ishlov berishni nazarda tutib, o‘lchamlariga nisbatan, pokovka o‘lchamlarini ortig‘i bilan olishdir. Quyim kattaligi detalpnpg talab qilingan o‘lchamlarini olishni va uning sirtining toza bo‘lishini ta’minlashi lozim. Temirchi qanchalik aniq ishlamasin, detalning o‘lchamlari bolg‘alash protsessida pokovkaning nominal o‘lchamiga nisbatan u yoki bu tomonga qarab chetga chiqadi. Shu sababli pokovka nominal o‘lchamiga nisbatan chetga chiqish darajasini cheklash uchun, pokovka chizmasida chetlanish dopuski qo‘yiladi; bu temirchining noaniq ishlashini chegaralaydi. Demak, pokovka o‘lchamidagi dopuska deb, pokovkaning yo‘l qo‘yiladigan eng katta va eng kichik 2 – rasm. Bolg‘alangan dstalning tashqi o‘lchamlariga quyim va dopusklarni qo‘yilishi. | o‘lchami orasida farqqa aytiladi. Pokovkaning nominal o‘lchami kattalashgan tomon yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishga yuqorigi chetga chiqish deyiladi. Yuqorigi chetga chiqish – pokovkaning eng katta chegara o‘lchami bilan uning nominal qiymati o‘rtasidagi farqdir.Ko‘rsatilgan pokovka nominal o‘lchamidan kichrayish tomon yshl qo‘yiladigan chetga chiqishga pastki chetga chiqish deyiladi.Boshqacha aytganda, pastki chetga chqish – pokovka nominal o‘lchami bilan uning pastki chegara o‘lchami orasidagi farqdir. Chetga chiqishlarni nazarda tutib, ishlov berish uchun qoldiriladigan quyimlar minimal, nominal va maksimal qiymatga ega bo‘lishi mumkin. 3 – rasmda detalning tashqi o‘lchamlari uchun quyim va dopusklarning(GOST – 7062 – 54 bo‘icha) joylashish sxemasi keltirilgan. Bu yerda A – detalning nominal o‘lchami, δ – A o‘lcham uchun nominal quyim; B – pokovkaning B = A + δ ga teng bo‘lgan eng kichik chegara o‘lchami; a – A o‘lcham uchun δ + ga teng bo‘lgan nominal quyimdir. V – pokovkaning A + a ga teng bo‘lgan nominal (hisoblangan) o‘lchamidir. Δ – dopusk; – pokovkaning nominal o‘lchami uchun chetga chpqish; G – pokovkaning ga teng bo‘lgan eng katta chegara o‘lchami. Misol. Valning diametri A = 200 mm nominal o‘lchamga ega. Qo‘yim a =15 mm ga, dopusk Δ = ±5 mm ga teng. Valning eng katta va eng kichik chegara diametri aniqlansin. Pokovkaning nominal (hisoblangan) o‘lchami B = 200 + 15 = 215 mm ga teng bo‘ladi. Pokovkaning eng katta chegara o‘lchami esa G = ga teng bo‘ladi. Pokovkaning eng kichik chegara o‘lchami B = A+δ, bu yerda (δ)= a – yoki B = 200+ (15 — 5) =210 mm ga teng bo‘ladi. Demak agar pokovka 220 mm ga teng bo‘lgan eng katta diametr bilan yoki 210 mm ga teng bo‘lgan eng kichik diametr bilan tayyorlangan bo‘lsa, ishga yaroqli hisoblanadi. Taxt qilingan pokovka uchun faqat bolg‘alash uchun belgilangan chetga chiqish ko‘rsatiladi; mexanik ishlov berish uchun quyim belgilanmaydi, chunki taxt qilingan pokovkalarga mexanik ishlov berilmaydi. Har bir temirchi yuqorigi chetga chiqishi va quyimi juda kichik bo‘lgan pokovka tayyorlashga intilishi lozim. Yuqorigi chetga chiqishva quyim qancha kichik bo‘lsa, pokovkalar tayyorlash uchun metall shuncha kam talab qilinadi va unga mexanik ishlov berishga shuncha kam vaqt ketadi. Binobarin, maxsulot arzonga tushadi. Shuni esda tutish kerakki, bolg‘alash uchun belgilangan yuqorigi chetga chiqish pokovka o‘lchamini kattalashtirishning eng oxirgi chegarasidir. Maksimal yuqorigi chetga chiqishni oshirmaslik kerak aksincha, u yoki bu detalni bolg‘alash protsessida bunday chetga chiqishni kamaytirish lozim. Pokovka chizmasini tuzishda ko‘pincha pokovkaning ayrim joylarida ortiqcha quyim (ko‘proq metall) qoldirib, uning shakli (konfiguratsiyasi)ni soddalashtirishga to‘g‘ri keladi. Ortiqcha quyim detallar konturiga mos keladigan pokovkalar tayyorlashning imkoni yoki maqsadga muvofiq bo‘lmasligi tufayli pokovkalar konfiguratsiyasini soddalashtirish uchun quyimnp orttirishdir. Ortiqcha quyim hisobiga detalga mexanik ishlov berish uchun zarur bo‘lgan metall miqdori va vaqt ko‘payadi, hozirgi vaqtda uglerodli va legirlangan po‘latlardan erkin bolg‘alash yo‘li bilan tayyorlanadigan pokovkalar uchun quyimlar, chetga chiqishlar va ortikcha quyimlar erkin bolg‘alash bolg‘alarida GOST 7829 – 66 bo‘yicha va presslarda GOST 7062 – 54 bo‘yicha belgilanadi, detallarning konfiguratsiyasi, shakli, kesimi va og‘irligiga qarab pokovkalar gruppalarga bo‘linadi. Download 124.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling