Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan iboralarning stilistik xususiyatlari Turg’unova Guldona Sadriddin qizi
Download 81 Kb.
|
Ibora stilistikasi. Turg\'unova Guldona
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan iboralarning stilistik xususiyatlari Turg’unova Guldona Sadriddin qizi SamDU Lingvistika:o’zbek tili yo’nalishi II kurs magistranti gsayfiddinova@list.ru Annotatsiya: Ushbu maqolada iboralar va ularning stilistik xususiyatlari haqida to’xtalib o’tilgan hamda Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan ba’zi iboralar stilistik jihatdan tahlil etilgan. Kalit so’zlar: ibora, sinonim iboralar, leksik-frazeologik sinonimiya, antonim iboralar, paradigma, somatik iboralar. O’zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi. Iboralarning ko’pligi nafaqat tilimizning boyligini, balki xalqimizning turmush tarzi, kundalik hayoti, nutq madaniyatidagi o’ziga xos xususiyatlarini ham ko’rsatib turadi. Ma‘lumki, frazeologizm deganda, ko’chma ma‘no anglatadigan, ibora yoki turg’un so’z birikmalari tushuniladi. Frazeologik birlikdan (iboradan) yaxlitligicha anglashiladigan ma‘no uning tarkibidagi so’z komponentlariga xos leksik ma‘nolarning oddiy yig’indisiga teng bo’lmaydi, iboraning ma‘nosi umumlashma ma‘no sifatida namoyon bo’ladi1. Iboralarning tarkibida nechta so’z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona umumiy ma‘no bilan birlashadi va emotsional-ekspressiv ma‘noni ifodalaydi. Iboralar badiiy adabiyotda obrazli va ta‘sirchan vosita sifatida qo’llaniladi.2 Tilimizning leksik boyligini tashkil etuvchi iboralar doimo tilshunoslarimizning diqqat e’tiborida diqqat bo’lib kelgan. O’zbek tilshunosligida bu sohada dastlabki ma’lumotlarni prof. Sh.Rahmatullayev e’lon qilganlar. Keyinchalik ko’plab tilshunos olimlarimiz tomonidan iboralar leksik-semantik, stilistik jihatdan o’rganildi. Jumladan Mamatov A, Jumabayeva S, Bozorboyev K, Yo’ldoshev B, Rashidova U, Shodiyev S va boshqa taniqli tilshunoslarimiz tomonidan iboralar uslubiyati chuqur o’rganildi. Bugungi kunga kelib bu ishlar qizg’in davom ettirilib, o’zbek tili frazeologiyasi yangidan yangi ma’lumotlar, qimmatli asarlar bilan boyib bormoqda. Iboralar uslubiyati o’rganilganda dastlab ular o’rtasidagi sinonimiya, omonimiya va antonimiya yaqqol ko’zga tashlanadi. Iboralarning sinonimiya hodisasiga boyligi ulardan foydalanishda katta stilistik imkoniyatlar yaratadi. Buni biz quyida Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan iboralar misolida ko’rib chiqamiz. 1.Ibora bilan ibora sinonimlikni yuzaga keltiradi. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling