Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan iboralarning stilistik xususiyatlari Turg’unova Guldona Sadriddin qizi


Download 81 Kb.
bet2/2
Sana20.12.2022
Hajmi81 Kb.
#1038395
1   2
Bog'liq
Ibora stilistikasi. Turg\'unova Guldona

Iqbol Mirzo

she’rlarida qo’llanilgan

sinonim iboralar

Mum tishlamoq

Tilini tishlamoq

Gapirmaslik

Dili qonga to’lmoq

Jigar-bag’ri qon

G’am-alamli

Ko’ngli to’q

Ko’zi to’q

Nafsigaiito’q

Yaxshi ko’rmoq

Xush ko’rmoq

Yoqtirmoq

Bag’ri qon

Yuragi qon

G’am-alamli

Qalbiga nish urmoq

Zahrini sochmoq

Dilini og’ritmoq

Ko’nglini og’ritmoq

Bag’rini tilmoq

Ranjitmoq

Ko’ngli ezildi

Bag’ri ezildi

Ko’ngli og’ridi

Yuragi potirlamoq

Yuragi o’ynamoq

Bezovtalanmoq

Ko’zi to’rt bo’lmoq

Dili qo’msamoq

Sog’inmoq

Qon yig’ladi

Ko’z yoshi sim bo’ldi

Qattiq azoblandi

Dili kuyinmoq

Ko’ngil so’ramoq

Achinmoq

2.Ibora bilan so’z sinonimik munosabatga kirishadi. Bu leksik-frazeologik sinonimlikdir. Buni quyidagi jadval asosidada Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan iboralarning leksemalar bilan sinonimligida ko’rib chiqamiz.





Ibora

Leksema(so’z)

Tiz cho’kmoq

Mag’lub bo’lmoq

Yurak-bag’ri yara

Alamli

Chap bermoq

Uddaburon

Ko’zi giryon

Intizor

Ko’nglini qitiqlamoq

Shubhalanmoq

Dunyoga jar solmoq

Bo’rttirib xabar tarqatmoq

Sir tutmoq

Yashirmoq

Dunyodan uzilgan

Chetda qolib ketmoq

Yuragi qurtlamoq

Nasfiga qul

Ko’ngli yarim

Yetim

Bag’rini ochmoq

Qabul qilmoq

Bir sinonimik uyani tashkil qiluvchi iboralar o’zaro obrazlilik darajasi, ma’nolarning kuchayib borishi(gradatsiya) bilan bir-biridan farqlanadi.Buni quyida Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan iboralar misolida ko’rib chiqamiz:


Yuragi ingradi – Yuragi titradi – Yuragi to’kildi;
Xush ko’rmoq – yaxshi ko’rmoq – Ko’ngil bermoq;
Ko’nglini og’ritmoq – Zahrini sochmoq – Bag’rini tilmoq – Qalbiga nish urmoq;
Yuragi qon – Bag’ri qon – Dili qonga to’lmoq – Jigar bag’ri qon;
Ko’ngli ezildi – Bag’ri ezildi – Yuragi to’kildi;
Dili qo’msamoq – Yuragi oqmoq – Ko’zi to’rt bo’lmoq;
Ko’ngli to’lmadi – Dili qo’zg’aldi – Yuragini qon qildi.
Shoir she’rlarida sinonim iboralardan tashqari bir-biriga antonim bo’la oladigan iboralar ham qatnashganini ko’ramiz.

Tomirida qon muzlamoq

Qoni qaynamoq

Ko’ngli to’lmoq

Ko’ngli to’lmaslik

Yuragi to’lmoq

Yuragi o’ynamoq

Oqko’ngil

Ko’ngli tosh

Tin olmoq

Yuragi potirlamoq

Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan iboralarni tahlil etish jarayonida shunisi aniq bo’ldiki shoir she’rlarida dil, ko’ngil, yurak, bag’ir hamda qon so’zlari ko’p qo’llanilgan. Bular somatik iboralardir. Ko’ngil, yurak, dil, bag’ir so’zlari o’zaro sinonimdir. Ushbu dil, yurak, bag’ir, yurak, qon komponentli iboralar insonning ichki tuyg’ulari, kechinmalari va his-hayajoni, ruhiy holatini ifodalashga xizmat qiladi.


Ularning asosiy qismi ot+fe’l tuzilishiga ega bo’lgan ikki hamda uch komponentli fe’l iboralardir: dili qo’zg’aldi, dili qo’msadi, dili qonga to’lmoq, ko’ngil so’ramoq, ko’ngli to’lmoq, ko’nglini qitiqlamoq, yuragi ingradi, yuragini qon qilmoq, yuragi o’ynamoq, bag’rini ochmoq, bag’ri ezilmoq, qoni qaynamoq, qoni muzlamoq kabi.
Dil, ko’ngil, yurak, bag’ir komponentli iboralarning ma’lum qismi sifat birikmalar bo’lib, struktura jihatdan ot+sifat tuzilishiga ega. Masalan, dili vayron, dili dog’, dili uyg’oq,ko’ngli yarim, ko’ngli to’q, ko’ngli tosh, bag’ri qon, bag’ri tosh. Bu iboralarning barchasi shaxsning fe’l-atvori, ichki ruhiy holatini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Tahllillar davomida yana shunisi aniq bo’ldiki shoir she’rlarida “Yurak-bag’ri…”, “Jigar-bag’ri…” ko’rinishidagi iboralar ko’p qo’llanilgan. Bunday ko’rinishli iboralar shaxsning g’oyat darajada ruhiy azoblanishi,g’am-alamlari, iztiroblarini kuchaytirib ko’rsatib bergan. Masalan, yurak-bag’ri yara, jigar-bag’ri qon, yurak-bag’ri qon, yurak-bag’rini qon qilmoq, yurak-bag’rini tirnamoq kabilar.
Bir paradigma doirasida birlashgan iboralar ma’nosida semantik umumiylik bo’lishiga qaramasdan, ular funksional-stilistik jihatdan bir-biridan farqlanadi. Shu sababli, ularning biri o’rnida ikkinchisini qo’llash hamma vaqt ham mumkin bo’lmaydi. Chunki ular ifoda ottenkasiga ko’ra bir-biridan ajralib turadi.3
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдуазизов А. Тилшунослик назариясига кириш. –Тошкент, 2010
2. Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman. – Toshkent, 2007.
3. Quvvatova D. Iqbol Mirzo she’riyatining poetic xususiyatlari.// O’zbek tili va adabiyoti.2018.№5.
4. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. – Тошкент: Қомуслар бош таҳририяти, 1992.
5.iRashidova U. O’zbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik tahlili.:Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori diss.avtoref.-Samarqand 2018.
6. Yo’ldoshev B.Frzeologik uslubiyati asoslari. –Samarqand, 1999.


1  Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. – Тошкент: Қомуслар бош таҳририяти, 1992, 3-бет.
2 Абдуазизов А. Тилшунослик назариясига кириш. – Тошкент, 2010, 88-бет.

2



3 Rashidova U. O’zbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik tahlili.:Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori diss.avtoref.-Samarqand, 2018.


Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling