Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari
Download 105.39 Kb.
|
Dorivor amaliy qismi (0)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot
9-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Dorivor o’simliklarni yig’ish, damlama va qaynatmalar tayyorlash Dars maqsadi: Talabalarning dorivor o’simliklarni yig’ib olish vaqtlari, sharoitlari va usullari to’g’risidagi maruza darsida olgan bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. Talabalarda darsga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish va maso’uliyat hissini shaklantirish. Umumiy ma’lumot: Dorivor mahsulot sifatida o’simlikning hamma organlari (bargi, guli, mevasi, urug’i, po’stlog’i, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozboshi) ayrim-ayrim holda yoki hammasi birgalikda (o’simlikning butun yer ustki qismi) qo’llanishi mumkin. Ba’zan o’simlik organlaridan birlamchi ishlov berish yo’li bilan (efir moylari, yogo’lar, shira, sharbat) yoki o’sib turgan o’simlikdan (smola, daraxt yelimlari, daraxt shirasi) olingan moddalar ham dorivor mahsulot bo’lib xizmat qiladi. Dorivor mahsulotlar tarkibida biologik faol moddalar ko’p to’plangan, yao’ni sifati oshgan davrda dori tayyorlanadi. Shunga ko’ra, mahsulotlar o’simliklardan turli fasllarda yig’iladi va ular o’z qimmatini yo’qotmasligi uchun zudlik bilan quritiladi yoki quritilmay farmatsevtika zavodi, fabrika va laboratoriyalariga yuboriladi. Ho’lligicha ishlatilmaydigan mahsulotlarni o’z vaqtida quritilmasa, o’simlik organlari namlik va issiqlik ta’sirida qizib, tarkibidagi biologik faol moddalar parchalanadi, dorivor o’simliklar o’z qimmatini yo’qotadi. Barglari, odatda, o’simlik gullashidan oldin yoki gullaganida juda ehtiyotkorlik bilan, iloji boricha zarar yetkazmasdan yig’ib olinadi. O’simlikning yer ustki qismi (o’ti) o’simlik gullaganida poyasining eng tagidagi bargi oldidan o’rib olinadi. Bo’yi baland bo’lgan o’simliklarning esa poyasining tepa qismi (10-25 sm uzunlikda) va shoxlari kesib olinadi. Kurtaklari erta bahorda, o’simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan vaqtda, ochilmasdan oldin yig’iladi. Kurtaklar, odatda, qo’l bilan terib olinadi yoki kurtakli shoxlari qirqib olinib, quritiladi va asta qoqib yig’ib olinadi. Po’stloqlari ham erta bahorda, o’simlik tanasida suyuqlik yurishib, yogo’och qismidan oson ajraladigan davrda poyasi bilan yo’go’on shoxlaridan shilib olinadi. Gullari o’simlik qiygo’os gullaganida alohida-alohida yoki mayda gullari bilan gul to’plamining hammasi kesib olinadi. Bao’zi gullarning faqat ayrim qismlari (gultoj barglari yoki savatchadagi tilsimon gullari) yig’ib olinadi. Meva va urug’lari to’liq pishib yetilganda qo’l bilan terib yoki yogo’och yordamida qoqib olinadi. Ko’pchilik o’t o’simliklarning mayda meva va urug’lari don o’simliklari singari o’rib, xirmonda quritiladi, so’ngra yanchiladi va yelpib ajratib olinadi. Yer ostki organlari (ildizpoyasi, ildizi, tuganagi va piyozlari) o’simlik o’zining o’sish davrini tugatib, uyquga kirgan vaqtida — kech kuzda yoki uyqudan uyg’onmasdan burun — erta bahorda, ketmon, belkurak, tesha va boshqa asboblar bilan kovlab olinadi yoki katta maydonlarda juda ko’plab o’sib, yer ostki organlari yaxshi taraqqiy etgan bo’lsa, plugli traktor yordamida haydab yig’ib olinadi. Yig’ib olingan yer ostki organlarini loy, tuproq, qum hamda barg va poyadan tozalab, suvda yuvib, yiriklarini mayda bo’laklarga qirqiladi va quritishga tayyorlanadi. O’simlikning yer ustki qismini (bargi, guli, o’ti) havoning ochiq vaqtida ertalabki shudring va nam ko’tarilgandan so’ng yig’iladi. Aks holda gul va barg ustidagi namlik quritish vaqtida o’simlik rangining o’zgarishi, qorayib yoki sargo’ayib ketishiga, ularning sifati buzilishiga olib keladi. Yig’ilgan mahsulotlarni keraksiz qismlardan, qum-tuproqlardan tozalagandan so’ng tezlik bilan kuritish lozim. Chunki nam mahsulotlar bir yerda yig’ilib tursa qizib, chiriy boshlaydi, tarkibidagi biologik faol moddalar parchalanadi. Natijada dorivor o’simliklar o’z shifobaxsh xususiyatini yo’qotadi. O’simliklarning guli, bargi, yer ustki qismi va kurtaklari soya (shiyponda, chordoqlarda yoki xonalarda) va havo yaxshi o’tib turadigan yerda, biror narsaning (faner, kogo’oz, berezent, qoplar va boshqalar) ustiga yupka qilib yoyib quritiladi. Zarurat tug’ilsa, harorati 50—60° li quritgichlarda kuritiladi. O’simliklarning qolgan qismi (mevasi, urug’i, po’stlog’i, ildizpoyasi, ildizi, tuganagi, piyozi va boshqalari) ochiq joyda, oftobda biror narsaning ustiga yoyib quritiladi. Mahsulotlar yaxshilab quritilgandan so’ng qop, yashik, paketlarga solinib, quruq, soya, salqin va havo kirib turadigan joyda saqlanadi. Ma’lumki, dorivor o’simlik mahsulotlari turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Buning uchun ulardan turli usulda dori tayyorlanadi. Uy sharoitida tayyorlanadigan d a m l a m a va q a y n a t m a shular jumlasidandir. Uy sharoitida dorilar faqat zaharli bo’lmagan dorivor o’simliklardan tayyorlanadi. Odatda, dorivor o’simliklarning yupqa va nozik qismlaridan — bargi, yer ustki qismi, guli va bao’zi meva hamda urug’laridan damlama, yer ostki organlari, po’stlog’i, qattiq poyasi, mevasi, urug’i va bao’zi qalin barglaridan qaynatma tayyorlanadi. Zaharli bo’lmagan dorivor o’simliklardan damlama va qaynatma 1:10 nisbatda tayyorlanadi, yao’ni og’irligi 10 qism mahsulotdan dokada siqib suzib olingandan so’ng hajmi 100 qism damlama yoki qaynatma olinishi kerak. Damlama va qaynatma tayyorlash usullari. Suv hammomida 15 minut qizdirilgan shisha yoki sirlangan idishga (kichik kastryulkaga) yirik maydalangan dorivor o’simlik mahsulotidan kerakli mikdorda solib, ustiga kerakli miqdorda uy haroratidagi suv quyiladi, qopqog’i yopiladi va yana qaynab turgan suv hammomida tutib turiladi (damlama 15 minut, qaynatma 30 minut). Qizdirish vaqtida mahsulot tez-tez chayqatib turiladi. So’ngra damlamali (yoki qaynatmali) idishni suv hammomidan olib uy haroratida 45 minut (qaynatma 10 minut) sovutiladi. So’ng ikki qavat dokada siqib suziladi. Damlama (yoki qaynatma) odatda ko’rsatilgan miqdorda sovuq yoki iliq holida ichiladi. Suv hammomi o’rnida suv quyib qaynatilgan har qanday idishdan foydalanish mumkin. Download 105.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling