Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’lim uzluksiz ta’limni amalga oshirishning muhim shartidir.
- Mustaqil ta’lim olish mustaqil ishlashni tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.
- Talabaning mustaqil ishidan maqsad
mustaqil ta’lim –
uzluksiz ta’limning muhim shakli bo‘lib, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Mustaqil ta’lim uzluksiz ta’limni amalga oshirishning muhim shartidir. Mustaqil ta’lim – bu talabaning mutaxassis sifatida mehnat faoliyatiga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakani mustaqil ravishda tizimlashtirilgan holda o‘zlashtirishning natijasidir. Mustaqil ta’lim o‘rganilayotgan mavzu, savol, masala, muammoni talabalar tomonidan o‘qituvchi yoki mutaxassdan davriy maslahat olgan holda yoki ularsiz mustaqil o‘rganishga qaratilgan talabaning tizimli mustaqil o‘quv faoliyatidir. Mustаqil tа’lim shахsning o‘zi tоmоnidаn bоshqаrilishi sаbаbli, o‘z оldigа qo‘ygаn mаqsаdigа ko‘rа bu fаоliyat bilаn shахs erkin hоldа vа istаgаn vаqtidа mаnbаlаrdаn o‘zi tаnlаb, shug‘ullаnishi mumkin. Mustaqil ta’lim olish mustaqil ishlashni tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash o‘qituvchining ijodkorlik mahoratini, qolaversa, mas’uliyatini yanada oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi o‘qitish emas, balki ularni mustaqil o‘qishga o‘rgatishdir. Demak, ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olish malakasini shakllantirishda, muhim omil hisoblanadi. Talabaning mustaqil ishidan maqsad – o‘qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, ijodiy ishlash ko‘nikmasini hosil qilishdir 291 O‘quvchi-tаlаbаlаrni o‘z ustidа mustаqil ishlаshizlаnishgа yo‘nаltirishdа ulаrni mustаqil fаоliyatgа undоvchi оmillаrgа diqqаt qаrаtish muhim аhаmiatgа egа. O‘quvchi-talabani mustaqil ihlashga undovchi omillar rasmda ko‘rsatilgan bolib, ularning har biri o‘ziga xos ahamiyatga ega. Lekin ulardan eng muhimlari ehtiyoj, motivatsiya, zaruriyat, o‘zini-o‘zi boshqarish bo‘lib, o‘qituvchi ularga alohida diqqat qaratishi zarur. Chunki mustaqil ishlash uchun o‘quvchi-talabaning o‘zida ehtiyoj sezishi, motivatsiya bolishi, zaruriyatni his qilishi, ishni bajarish uchun o‘zini-ozi boshqara olishi kerak. Demak, o‘qituvchi ana shu omillarni ishlashi uchun muhit yaratishi zarur. Ta’limning baholash tizimi, ayniqsa, o‘qish jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklar, axborot hajmining kattaligi talabalardan mustaqil ishlash va vaqtdan to‘g‘ri foydalanishni, uni tejalashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Talabaning mustaqil ish vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; • kerakli ma’lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash; • axborot manbalaridan samarali foydalanish; • an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash; • elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash; • internet tarmog‘idan samarali foydalanish; • berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish; • ma’lumotlar bazasini tahlil etish; • topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish; • natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko‘rsatilgan kamchiliklarni qayta ishlash; • ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida himoya qilish va boshqalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling