Iqtisod-moliya
O‘quv jarayonini tashkil qilish, talabalar bilimini sinash va
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
10.3. O‘quv jarayonini tashkil qilish, talabalar bilimini sinash va
baholashda jahon amaliyotini qo‘llash 354 Hozirgi taraqqiyot darajasi global miqyosda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirishga, ta’lim olishning uzluksizligini ta’minlashni asosiy vazifaga aylanishiga olib keldi. Keyingi yillarda avval ko‘rsatib o‘tganimizdek: 1) generatsiya tizimi va bilim berish murakkablashdi; 2) mavjud bilim va axborot tizimi bir necha barobar o‘sdi; 3) bilimda eskirish tezligi yuqori. Shuning uchun olingan fundamental, asosiy bilim ma’lum davrda qo‘shimcha ta’lim dasturi bilan to‘ldirib turilishi va malaka oshirib turilishini talab qiladi. Ma’lumki, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar o‘z navbatida ishchi kuchi malakasi, mahoratini yuqori bo‘lishini, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga moslashuvchan, o‘z malakasini oshirishga intiluvchan bo‘lishni talab etadi. Mehnat bozori ishchi kuchini moslashuvchanligiga alohida talablar qo‘yadi. Shuning uchun jahon tajribasida: * o‘qish va ish jarayonini yaqinlashtirish va moslashuvchanligini ta’minlash, ularni bir-biri bilan bog‘lash; * ishchi kuchi safarbarligini ko‘tarish; * ta’lim berish va bandlikning moslashuvchan shakllarini qo‘llash; * ish vaqti va ta’lim vaqtini bog‘lash, ta’lim vaqti muddatiga va boshqalarga e’tibor berilmoqda. Talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish obyektiv zaruriyatga aylandi. Buning uchun talabalarni mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni taqqoslash, tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish lozim. Shuning uchun jahon pedagogikasida e’tibor talabalarda ana shu xislatlarni hosil qilish va tarbiyalashga qaratildi. Tajriba talabalarda aynan ana shu xislatlar, ko‘nikmalarni hosil qilishda dars berishning interaktiv metodlarini qo‘llash ijobiy natija berishini ko‘rsatdi. Bu uslublar dars o‘tishni dialog tarzida amalga oshirishga, ayniqsa, talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlashga qaratilgan. Jahon tajribasida o‘qituvchi yuqori darajada darsni tashkil qilishi, bilimi, talabalarni o‘z faniga qiziqtira olishi, shu fanning tayyorlanayotgan mutaxassislik bo‘yicha naqadar zarurligi jihatidan raqobat qila olishiga katta e’tibor beriladi. O‘qituvchining asosiy vazifasi: 355 1. Talabalarni mustaqil ishini tashkil etish, ularni semestr davomida o‘z ustida ishlashga o‘rgatish. 2. Turlicha dars berish metodlarini qo‘llab, talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlash. Talabalarni mustaqil ishini tashkil qilish va o‘z ustida uzluksiz ishlashi, izlanishini ta’minlashda jahon tajribasida “Sillabus” muhim o‘rin tutadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling